Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №32 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №32 InfoMaster May 1, 2024 106 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 7-sinf Biologiya №32 X bob. REPRODUKSIYA, O‘SISH VA RIVOJLANISH 10.2 va 10.3 Mavzu: Loyiha ishi va o‘simliklarning individual rivojlanishi 1 / 25 O’simlilarning ontogenizi nechta davrni o’z ichiga oladi? A) Uchta B) Bitta C) To’rtta D) Ikkita 2 / 25 Lub yog’ochlikka qaraganda _____bo‘ladi. A) Qalin B) Yupqa C) A va c to’g’ri D) Yo‘g‘on 3 / 25 Noto’g’ri jumlani toping. A) Bo‘lingan hujayralarning ko‘p qismi kambiydan ichki tomonga qarab o‘sib, yog‘ochlik hujayralariga aylanadi. B) Oziq moddalar va suv bilan ta’minlangan kselema hujayralari bo‘lina boshlaydi. C) Agar poyaning uchi kesib (chilpib) tashlansa, o‘simlik bo‘yiga o‘smaydi. Bu hol ko‘plab yosh yon novdalar ning o‘sib chiqishiga sharoit yaratadi. D) Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga qarab o‘sadi va lub (floema) hujayralariga aylanadi. 4 / 25 Qaysi o‘simliklarning ildizlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha kurtaklardan yangi o‘simlik – ildiz bachkilar rivojlanadi? A) Kartoshka, topinambur B) Lola, nargis, boychechak C) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak D) Yalpiz, shirinmiya, qamish 5 / 25 Shakli o‘zgargan yerosti novdalarning qanday ahamiyati bor? A) O‘simlikni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi. B) Shakli o‘zgargan yerosti novdalar o‘simlikning vegetativ ko‘payishiga xizmat qiladi. C) O‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi. D) Barchasi xos 6 / 25 Qarilik davrda nima kuzatiladi? A) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi B) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. C) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. D) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. 7 / 25 Qaysi o‘simliklar tugunaklari yordamida ko‘paytiriladi? A) Kartoshka, topinambur B) Yalpiz, shirinmiya, qamish C) Lola, nargis, boychechak D) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak 8 / 25 Qaysi o‘simliklarning ildiz poyasidagi kurtaklaridan yangi o‘simlik rivojlanadi? A) Lola, nargis, boychechak B) Kartoshka, topinambur C) Olcha, malina, olxo‘ri, na’matak D) Yalpiz, shirinmiya, qamish 9 / 25 Jinsiy ko‘payadigan ko‘p hujayrali organizmlarda ontogenez nimadan boshlanadi? A) Embriondan B) Tug’ulishdan C) Embrionning bo’linishidan D) Zigotadan 10 / 25 Yuvenil davrda nima kuzatiladi? A) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi B) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. C) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. D) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. 11 / 25 Kompas nima A) O’simlilarni yoshini aniqlaydigan asbob B) Yillik halqani aniqlaydigan asbob C) Qutb tomonlarni niqlaydigan asbob D) O’simliklar o’sadigan joyini belgilaydigan osbob 12 / 25 Koleus nima? A) hayvon nomi B) O’simlik nomi C) Hosil qiluvchi to’qima D) Ajratuvchi to’qima 13 / 25 Qaysi usul yozda qilinadi? A) Iskana payvand. B) Kurtak payvand. C) Naycha payvand D) Qalamcha payvand. 14 / 25 Ichki omillarni qaysi to’qima ishlab chiqaradi A) Ajratuvchi to‘qimalar B) Hosil qiluvchi to‘qimalar C) O’tkazuvchi to‘qimalar D) Mexanik to‘qimalar 15 / 25 Ildiz tuproqqa tobora chuqurroq kirib boradi va murtakning kurtakchasidan _____rivojlanadi. A) O’q ildiz B) Poya C) Novda D) Popuk ildiz 16 / 25 Embriogenez davrda nima kuzatiladi? A) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. B) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi C) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. D) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. 17 / 25 Qanday payvandlashda payvandtag qismi T shaklida kesib olinadi. A) Qalamcha payvand. B) Naycha payvand C) Kurtak payvand. D) Iskana payvand. 18 / 25 Osish konusi qayerda joylashgan? A) Novdaning yonki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida B) Novdaning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida C) Ildizning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida D) Poyaning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida 19 / 25 Payvandtag va payvandust kesilib, ustma-ust joylanganida kambiy kambiyga, po‘stloq po‘stloqqa mos tushishi kerak. Ushbu qaysi usul hisblanadi? A) Qalamcha payvand. B) Naycha payvand C) Iskana payvand. D) Kurtak payvand. 20 / 25 Shakli o‘zgargan yerosti novdalarga nimalar kiradi? piyozbosh, tugunak va ildizpoya A) Gajak, tugunak va ildizpoya B) Piyozbosh, tugunak va ildizpoya C) Tugunak, gajak va ildizpoya D) piyozbosh, tugunak va gajak 21 / 25 Yillik halqalarga mos keluvchi javobni belgilang. A) Barcha jumla mos keladi B) Oldingi yillari hosil bo‘lgan yog‘ochlikni tashqi tomondan o‘rab oladi. C) Har yili bahordan kuzgacha yangi yog‘ochlik qavati halqasi hosil bo‘ladi D) Kuzga borib, kambiy hujayralari bo‘linishdan to‘xtaydi, kelgusi yil bahorda bu jarayon yana takrorlanadi. 22 / 25 Ontogenez so’zining ma’nosi? A) yunoncha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan B) Forscha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan C) Lotincha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan D) Englizcha onton – “mavjudot”, genezis – “rivojlanish” so‘zlaridan olingan 23 / 25 Qaysi o’simlik bargi yordamida ko’payodi? A) Lola B) Binafsha C) Gunafsha D) Begoniya 24 / 25 Qaysi mevali daraxtlarni ko‘paytirishda payvandlash usulidan foydalaniladi A) Tol,terak, anor,limon B) Olma, olxo‘ri, nok,olcha C) Olma, olxo‘ri, nok,o’rik D) Olma, olcha, nok 25 / 25 Yetuklik davrda nima kuzatiladi? A) Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota bo‘linishi tufayli murtak rivojlanadi B) Murtak o‘sishi va rivojlanishi natijasida o‘simlikning vegetativ organlari shakllanadi. C) O‘simlikning generativ organlari rivojlanadi, urug‘lanish sodir bo‘ladi. D) O‘simlik rivojlanishdan to‘xtaydi, so‘ng nobud bo‘ladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz