Geografiya attestatsiya №16 Fevral 9, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №16 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 434 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Geografiya attestatsiya №16 Attsetatsiya 2024 Geografiya fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Negroid irqiga xos xususiyatni ko’rsating. A) qirra va o’rta yapasqi burun, jigarrang tusli teri B) tekis soch, jigarrang tusli teri, jag’ining ajralib chiqqanligi C) och tusli teri, yumshoq soch, qirra burun D) qattiq, jingalak qora tusli soch, yapaloq burun 2 / 50 2. Shri-Lanka, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Madagaskar. Bu davlatlarni qanday xususiyat birlashtirib turadi? A) dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo’lmagan davlatlar B) orol davlatlari C) quruqlik qirg’og’ida joylashgan davlatlar D) yarim orol davlatlari 3 / 50 3. Tuxumdan bola ochib, suti bilan boqadigan hayvonlarni belgilang. A) Koala, Lirodum B) Lemming, Rosomaxa C) Bug’u, kenguru D) Yexidna, O’rdakburun 4 / 50 4. Quyidagi rasmda << 1 >> raqami bilan qaysi daryo havzasi berilgan? A) Nil B) Zambezi C) Niger D) Kongo 5 / 50 5. Eng katta deltasi bor materikni ko’rsating. A) Yevrosiyo B) shimoliy Amerika C) Avstraliya D) Afrika 6 / 50 6. Tog’larda balandlik tomon tabiat komplekslarining almashinib kelishiga nima deyiladi? A) ritmiklik B) zonallik C) balandlik mintaqalari D) tabiat hodisasi 7 / 50 7. Qadimgi Gondvana materigidan ajralmagan materikni belgilang. A) Janubiy Amerika B) Avstraliya C) Shimoliy Amerika D) Antarktida 8 / 50 8. Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra, jahon mamlakatlarining birinchi guruhini belgilang. A) ko’p turlari B) ayrim turlari C) taminlanmagan D) mineral boyliklar bilan taminlangan 9 / 50 9. Sanskritchada “Hind” so’zining ma’nosini belgilang. A) qo’ltiq B) okean C) dengiz D) daryo 10 / 50 10. “Batial” so’zining ma’nosini belgilang. A) chuqur B) tubsiz C) botiq D) sayoz 11 / 50 11. Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) yozuvli B) tushuntirish C) chiziqli D) masshtabsiz 12 / 50 12. Janubiy Amerika tropik iqlim mintaqasining qaysi qismi passat shamollari ta'sirida bo’lib, yog’in ko’p bo'ladi? A) janub B) sharq C) g'arb D) shimol 13 / 50 13. Quyidagi rasmda << 3 >> raqami bilan berilgan osmon jismiga xos xususiyatni belgilang. A) uning radiusi -1738 km, massasi -7,35·10²² kg B) ma’lum bir shaklga ega bo‘lmagan, qirrali, qattiq jismlar C) tarkibida vodorod 70 %, geliy esa 27 % ni tashkil etadi D) Pifagor sharsimon shaklda ekanligi haqida fikr bildirgan 14 / 50 14. Tabiiy Landshaftlarni ko’rsating. A) qishloqlar, muzlar, cho’llar B) baland tog’lar, cho’llar, muzliklar C) muzlar, qumlar, yaylovlar D) baland tog’lar, shaharlar, lalmikor yerlar 15 / 50 15. Kichik sayyoralar guruhini belgilang. A) Merkuriy, Venera, Saturn, Uran B) Yupiter, Neptun, Yer, Mars C) Yupiter, Saturn, Neptun, Uran D) Mars, Yer, Merkuriy, Venera 16 / 50 16. Janubiy o’rmon mintaqasiga tegishli davlatni belgilang. A) Avstraliya B) Argentina C) JAR D) Kolumbiya 17 / 50 17. Ekvatordan qutblar tomon qanday yo’nalishdagi oqimlar harakatlanadi? A) tayfun B) sunami C) tub sovuq D) yuza iliq 18 / 50 18. Xitoyda IESlarda yoqiladigan yoqilg’ining 3/4 qismi qaysi yoqilg’idan iborat? A) ko’mir B) mazut C) tabiiy gaz D) torf 19 / 50 19. Kimyogarlar va mashinasozlar shahrini belgilang. A) Olmaliq B) Chirchiq C) Quvasoy D) Taxiatosh 20 / 50 20. Yer osti suvlari qanday hosil bo’ladi? A) okean suvlarining shimilishidan B) yog’inlarning shimilishidan C) qorlarning erishidan D) aysberglarning erishidan 21 / 50 21. Qaysi sayyoh janubiy qutbni birinchi bo’lib zabt etdi? A) F. Bellinsgauzen B) R. Skot C) R. Amundsen D) M. Lazarev 22 / 50 22. Antarktida materigida hozirgi muzliklar necha yil ilgari hosil bo‘lgan? A) 10 mln yil avval B) 40 -50 mln yil avval C) 20 mln yil avval D) 30 mln yil avval 23 / 50 23. Bobotog’da o’suvchi daraxt turini belgilang. A) bodom B) xandonpista C) shakarqamish D) archa 24 / 50 24. Molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar qaysi cho’l uchun xos? A) Sahroi Kabir B) Viktoriya C) Somali D) Namib 25 / 50 25. Aniqlanishicha, geografik qobiqning pastki chegarasi qayerga to‘g‘ri keladi? A) Astenosfera B) Mantiya C) Gipotsentr D) G‘ovak jinslarining tag qismi 26 / 50 26. Ixtisoslashuv bu Nuqtalar o’rnini to’ldiring. A) ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli B) ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan muhim shakli C) ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planishi D) tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli 27 / 50 27. Dengiz soyligi va chuqur cho’kmalar ostida qaysi qatlam yo’q? A) granit B) magmatik C) cho’kinda D) bazalt 28 / 50 28. Dunyoda birinchi bosmaxona nechanchi asrda tashkil qilingan? A) XV asr B) XX asr C) X asr D) XIX asr 29 / 50 29. Bir yilda 10 mln sayyoh tashrif buyuruvchi sharsharani ko’rsating. A) Niagara B) Viktoriya C) Anxel D) Iguasu 30 / 50 30. Quyidagi qaysi hududda cho’llashish jarayoni kuzatilmoqda? A) shimoliy Yevropa B) g’arbiy Amerika C) Rossiyaning shimoliy qismi D) janubiy Osiyo 31 / 50 31. Nyufoundlend orolida joylashgan shaxarni belgilang. A) Sent-jons B) Galifaks C) Cherchill D) Ferbanks 32 / 50 32. Quydagi tabiiy geografik kichik o'lkalardan qaysi biri janubiy qozog'iston cholari o'lkasi bilan chegaradosh A) Markazi tyanshan B) Qozog'iston past tog'lari C) To'rg'oy supsimon o'lkasi D) Ustyurt platosi va mang'shloq 33 / 50 33. Mamlakatimizda qishda yillik yong'inning necha foyizi yog'adi A) 45 B) 35 C) 40 D) 30 34 / 50 34. O'zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga qachon a'zo bo'lgan? A) 2003-yil B) 1996-yil C) 2001-yil D) 1998-yil 35 / 50 35. Abu Rayxon Beruniy o'zining Hindiston asarida Amerika quriqligining mavjudligi X.Kolumb kashfiyotidan qancha oldin aytib o'tgan A) 450 yil B) 550 yil C) 500 yil D) 600 yil 36 / 50 36. Fikrlash jarayonining mustaqilligini yuqori darajada talab etuvchi vaziyat turi. A) Baholash uchun vaziyat B) Ko’rsatmali vaziyat C) Tasvirlovchi vaziyat D) Muammoli vaziyat 37 / 50 37. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati C) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. D) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. 38 / 50 38. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Avtoritar ,demokratik. B) Avtoritar, liberal, demokratik. C) Liberal, demokratik, trening. D) Demokratik, intelektual. 39 / 50 39. Talim tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan faylasuf. A) Sitseron B) Suqrot C) Platon D) Demosfen 40 / 50 40. Muomalada verbal ta’sir? A) So’z orqali ta’sir etish. B) Nutqsiz ta’sir etish. C) Ko’z qarashlari va xissiy ifoda. D) Xatti-harakatlar orqali ta’sir etish. 41 / 50 41. Zig-zak metodiga to’gri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Tushuncha, tikish, chiziq. B) Siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri. C) Solishtirish, taqqoslash, mustahkamlash. D) Ilonizi, uzun chiziq, solishtirish. 42 / 50 42. Mahorat bu – A) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. B) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. C) Pedagogik mehnat samarasi. D) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. 43 / 50 43. Muloqot bu – A) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni B) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni C) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni D) Shaxslararo munasobatlar tizimi. 44 / 50 44. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) B) Pedagogikada monitoring C) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi D) O’zaro ta’sirlar 45 / 50 45. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Arra» B) «Aqliy hujum» C) «Birgalikda o’qiymiz» D) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» 46 / 50 46. Kеys-stadi ilk marta qayеrda va qachon qo’llanilgan edi? A) Oksford univеrsitеtining huquq maktabida 1880 yilda B) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1830 yilda C) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda D) Manchеstеr univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda 47 / 50 47. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. B) Inter- nofaol, faol-harakat C) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. D) «Inter» - metod, «act» - harakat. 48 / 50 48. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. C) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. D) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. 49 / 50 49. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish B) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim C) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot D) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim 50 / 50 50. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. B) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. C) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. D) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya