9-sinf Biologiya olimpiada №5

0

9-sinf Biologiya olimpiada №5

2022-yil 4-noyabr:

2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 15

Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang.

1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus

2 / 15

Odam skeletidagi uzun g‘ovak suyaklarning nechtasi ko‘krak qafasida (a) va nechtasi qo‘l suyaklarida (b) joylashgan?

3 / 15

Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari.

4 / 15

Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating?

5 / 15

Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan?

6 / 15

Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi.

7 / 15

Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang.

8 / 15

Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz

9 / 15

10 / 15

11 / 15

Dala qirqbo‘g‘imi va zuhrasoch qirqqulog‘ining hayot sikli uchun umumiy bosqichlar ketma- ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.

12 / 15

Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi; 2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi; 3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi; 4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi; 7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi; 8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi.

13 / 15

Selluloza qobig‘iga ega bo‘lmagan organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot (a) va hayotning hujayraviy shakli bo‘lmagan (b) organizmlarni aniqlang. 1) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; 2) ensefalit qo‘zg`atuvchisi; 3) vertisill; 4) nozema; 5) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 6) qutirish qo‘zg`atuvchisi; 7) leshmaniya; 8) vabo qo‘zg‘atuvchisi

14 / 15

Oq shuvoq (a), oddiy g‘o‘za (b) va no‘xat (c) o‘simliklariga xos bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

15 / 15

Jayron (a) va miqqiy (b) uchun tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) miyacha po‘stlog‘ida burmalari mavjud; 2) jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; 3) urg‘ochisi geterogametali; 4) bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi; 5) oshqozoni to‘rt bo‘lmadan iborat; 6) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat; 7) gomoyoterm organizm; 8) yuragi ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tashkil topgan; 9) embrional rivojlanish davri tashqi muhitda amalga oshadi; 10) ichki urug‘lanish kuzatiladi; 11) yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri ichagi bo‘lmaydi; 12) buyraklari nefronlardan tashkil topgan

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0