Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 InfoMaster May 4, 2023 433 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №7 32-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Quyidagi omillardan qay biri Shayboniyxonning Movarounnahrga qarshi yurishini tezlatib yuboradi? A) Sulton Husayn Boyqaro o'tkazgan yig'inning natijasiz tugashi B) Temuriyiar o'rtasidagi o'zaro kurashing qaytadan avj olishi C) Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi D) Dashti Qipchoq hukmron tabaqalarining norozilik harakatlari 2 / 40 2. Qaysi mansabga xon sulolasiga yaqin kishilardan tayinlangan? A) muhtasib B) qo'shbegi C) raiskalon D) ko'kaldosh 3 / 40 3. Subhonqulixon davrida tibbiyot rivojlanib qayerda “ Dor-ush-shifo “ qurildi ? A) Buxoro B) Samarqand C) Toshkent D) Karmana 4 / 40 4. Buxoro amirlarining hokimiyat boshqaruvida turgan yillaridan no`to`g`risini aniqlang A) Muhammad Rahim ( 1756-1758 ) B) Doniyolbiy otaliq ( 1758-1785 ) C) barchasi to`g`ri keltirilgan D) Amir Shohmurod ( 1785-1800) 5 / 40 5. Bir yilda hukmronligi tugagan shaxslarni belgilang A) Amir Shohmurod va Rizoquli B) Abulfayzxon va Nodirshoh C) Muhamad Rahimbiy va Nodirshoh D) Ivan IV va Ubaydullaxon II 6 / 40 6. Quyida berilganlardan qaysi biri shayboniy Ubaydullaxon hukmronligining so`nggi yili sodir bo`lgan ? A) Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlandi B) Navro`z Ahmadxon amakivachchasi Abdulatifxon bilan birlashib Buxoroni egalladi C) Abdullaxon II amalda hokimyatni egalladi D) Abdulatifxon vafot etdi 7 / 40 7. Muhammad Rahimxon I davrida paydo bo`lgan Oliy Kengash tarkibidagi barchani aniqlang 1) mehtar 2) qo`shbegi 3) devonbegi 4) naqib 5) shayxulislom 6) bosh qozi 7) inoq 8) otaliq 9) biylar 10) xonning yaqin qarindoshlari A) 3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 C) 1,2,4,5,6 D) 1,3,4,5,6,7,8 8 / 40 8. Atamalarni to`g`ri tartibda joylashtiring 1)barot 2) salg`ut 3) zakot 4) beggar a)rasman 12 kunlik mehnat majburiyati b)soliqni yilning boshida yoki bir necha yillik soliqni avvaldan undirilishi c) yer solig`I d) hunarmand,savdogar va chorvador to`lagan soliq A) 1-a,2-c,3-d,4-b B) 1-b,2-c,3-d,4-a C) 1-c,2-b,3-d,4-a D) 1-b,2-d,3-c,4-a 9 / 40 9. Qoraqalpoq harbiy qismlari kim tomonidan boshqarilgan? A) Yuzboshi B) Tumanboshi C) Botirlar D) Biylar 10 / 40 10. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko‘chib kelib, qozoqlarning Kichik Juz xonligi tarkibiga kirgan sanani belgilang. A) 1723-yil B) 1556-yil C) 1653-yil D) 1572-yil 11 / 40 11. Qo'qon xoni Xudoyorxon davrida qaysi holat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo'lib, xonlikda hukmronlarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish xavfini tug'dirdi? 1)qipchoqlarning Qo'qonga yoppasiga ko'chib kela boshlashlari; 2)qipchoqlar mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ularning uy-joylariga o'rnashib ola boshlashlari; 3)qipchoqlar tomonidan sug'orish inshootlarini qo'lga kiritildi; 4)aholi suv uchun soliq to'laydigan bo'lishlari; 5)Xudoyorxon yosh bo'lganligi tufayli xonlikni qaynotasi Musulmonqul ruslar homiyligida boshqarishi; 6)Xudoyorxonning o'z mavqeyini yo'qotmaslik uchun ruslar bilan aloqa o'rnatishgaintilishi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 5, 6 D) 1, 4, 6 12 / 40 12. Quyidagi qaysi Qo'qon xonini ruhoniylar turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ'ibot olib borishgan? A) Umarxonni B) Xudoyorxonni C) Olimxonni D) Muhammad Alixonni 13 / 40 13. Olimxon muntazam qo'shinining asosini kimlar tashkil qilgan? A) minglar B) tog'li tojiklar C) qipchoqlar D) qirg'iz va uyg'urlar 14 / 40 14. 1845-yilda xonlik taxtiga o'tirgan Xudoyorxon kimning o'g'li hisoblanadi? A) Sheralixon B) Erdonabiy C) Norbo'tabiy D) Hojibek 15 / 40 15. Qaysi shahar Shohruxbiy qarorgohiga aylantirilgan? A) Marg'ilon B) Chodak C) Tepaqo'rg'on D) Uchtepa 16 / 40 16. Muhammad Alixon davrida qaysi hududlar Qo'qon xonligiga qoshib olingan? A) O'ratepa, Qarshi va Turkiston B) Qorategin, Ko'lob va Darboz C) Qarshi, Shahrisabz, va Karmana D) Jizzax, Xo'jand va O'ratepa 17 / 40 17. XIX asrda xonlik qo'shinidagi tartib-qoidalar berilgan variantni aniqlang. 1)Askarlik ro‘yxatiga olingan kishi o'z xohishiga ko‘ra undan chiqib keta olmagan; 2)Askarlik xizmatida bo'lganlar mansab darajasiga qarab oylik olishgan; 3)Muntazam qo'shinga olish meros tarzida bo'lib, ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo'lib qolsa, o'rniga o‘g‘li chaqirilgan; 4)Tinchlik vaqtlarida har kuni askarlarning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko'rishib kelishga ruxsat etilgan; 5)Oiladan yolg'iz erkak bo'lsa ham xizmatga chaqirilgan; 6)Qaysi hududning qancha askar yuborishi hukumat tomonidan avvaldan belgilab qo'yilgan; A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5, 6 18 / 40 18. Qo'qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi? A) I.Buxgols B) V.Velyaminov-Zernov C) T.Burnashev D) A.Beznosikov 19 / 40 19. Amir Nasrulloning Qo'qon xonligiga qilgan ikkinchi yurishi nima sababdan muvaffaqiyatsiz tugadi? A) Qo'qon xonligiga Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlarning yordamga kelishi B) Buxoroda amirga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon C) Qishning erta kelishi va amir qo'shiniarining yurishdan bosh tortishi D) Xiva xoni Olloqulixonning Buxoroga qilgan yurishi 20 / 40 20. Buxoro amirligidan farqli ularoq, Qoqon xonligida ... lavozim egalarining nufuzi nihoyatda yuqori bo'lgan. A) mahalliy B) harbiy C) diniy D) devon 21 / 40 21. Qo'qon xonligi asoschisi kim? A) Shohruxbiy B) Rahimxon C) Abdurahimbiy D) Erdona 22 / 40 22. Qay tariqa O'rta Osiyoda keyinchalik Qo'qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi? A) ming sulalasidan bo'lgan aslzodalarning Turkiston va Taroz hududlarini Buxoro xonligidan mustaqil deb e’lon qilishlari natijasida B) din peshvolari tomonidan chodaklik shayxlarning Qo'qon shahridagi hokimiyatini ag'darishi natijasida C) Chodak qishlog'i shayxlarining Ubaydullaxon hokimiyatiga bo'ysunmasdan, o'z mulklarini mustaqil deb e’lon qilishlari natijasida D) minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag‘darib, Farg'ona vodiysida hokimiyatni o'z qo'llariga olishi natijasida 23 / 40 23. XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoda eng katta davlatni aniqlang. A) Afg'oniston B) Buxoro amirligi C) Xiva xonligi D) Qo'qon xonligi 24 / 40 24. Harbiy xizmatchilarga unvoniga qarab bir yilga ….. A) 100 tangadan 10 ming tangagacha pul va 20 botmondan 2 ming botmongacha g'alla berilgan B) 200 tangadan 8 ming tangagacha pul va 20 botmondan 2 ming botmongacha g'alla berilgan C) 2,5 ming tilladan 10 ming tillagacha pul va 10 botmondan 2 ming botmongacha g'alla berilgan D) 500 tangadan 5 ming tangagacha pul va 20 botmondan 2 ming botmongacha yer berilgan 25 / 40 25. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etilishi uchun ... A) mustaqil pul birligini muomalaga kiritadi B) Rossiya imperiyasi tomonidan tan olinganligi to'g'risida yorliq olib keladi C) Buxoro xonligidan mustaqil ravishda chet el davlatlari bilan aloqalar o'rnatadi D) Sulolasining kelib chiqishi Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalanadi 26 / 40 26. Qaysi Qo'qon xoni davrida ayrim diniy arboblar imtihon qilinib, yolg'onchiligi fosh etilganlari jazolangan? A) Umarxon B) Shohruxbiy C) Muhammad Alixon D) Olimxon 27 / 40 27. Rivoyatlarga ko'ra, shayboniylardan yengilgan Bobur Mirzo Movarounnahrni tark etayotganda bir farzandli bo'ladi va ushbu farzandini beshikka belagan holda xizmatkorlardan biri bilan Farg'ona vodiysiga tashlab ketadilar. O’sha davrda bola tashlab ketilgan joyda o‘zbeklarning qaysi urug‘lari ovullari bor bo'lgan? A) qirg'iz, qipchoq, ming, qirq B) ming, qipchoq, qirq, qozoq C) ming, qozoq, mang'it D) qipchoq, qozoq, qaipoq, yuz 28 / 40 28. Soliqlarning haddan tashqari og'irligidan norozi bo’lgan O’sh xalqi nechanchi yil qo‘zg‘a!on ko'tardi? A) 1845-y. B) 1851-y. C) 1842-y. D) 1831-y. 29 / 40 29. Наг bir harbiy okrugdagi uruglar va ko'chmanchi qabilalami ro'yhatga olish tartibi xonga agarda zarurat taqozo etganda qancha askarni va qancha miqdordagi oziq-ovqat ortilgan aravani tezda yig'ish imkonini bergan? A) 12 ming arava, 60 ming askar B) 22 ming askar, 30 ming arava C) 24 ming arava, 50 ming askar D) 12 ming askar, 60 ming arava 30 / 40 30. XVIII asr boshlarida Farg'ona vodiysidagi ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undayotgan tazyiqlar qaysi tashqi kuchlar tomonidan bo'layotgan edi? 1) Rossiya imperiyasi; 2) Sin imperiyasi; 3) Buxoro xonligi; 4) Jung'orlar; 5) Qozoqlar. A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 5 31 / 40 31. Ma’lumki, Norbo'tabiy vafotidan so‘ng xonlikda bir- biriga qarama-qarshi bo'lgan bir necha guruh vujudga kelgan. Ulardan biri bo'lgan Xo'jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh kimni qo'liab- quvvatlaydi? A) Muhammad Aminbekni B) Umarxonni C) Olimxonni D) Rustambiyni 32 / 40 32. Qo'qon xonligida mehtar lavoziminidagi shaxs... A) ijroiya va harbiy ishiar uchun javob bergan mingboshining o'rinbosari edi B) soliq ishlari uchun javobgar bo'lgan qo'shbegining o'rinbosari edi C) mahalliy hokimliklar uchun javob bergan okrug raisining o'rinbosaro edi D) moliya ishlari uchun mas’ul bo'lgan devonbegining o'rinbosari edi 33 / 40 33. 1709-yilda Farg'ona vodiysi mustaqil davlat sifatida ajralib chiqan bo'lsa-da, ammo qaysi omil hududning hali ham Buxoro xonligi tarkibida turganidan dalolat beradi? A) Xonlik aholisining hanuz Buxoro xonligi davlat xazinasiga soliq to'layotganligi B) Xonlik hududida Buxoro xonligining puli muomalada saqlanib turganligi C) Xonlikning alohida harbiy qo'shinga ega emasligi D) Mustaqil ravishda tuzilgan dargoh va devon tizimiga ega bo'lmaganligi 34 / 40 34. Xonlikdagi harbiy qal’alar ahamiyati va katta- kichikligiga qarab nechta guruhga ajratilgan? A) besh B) ikki C) to'rt D) uch 35 / 40 35. Olimxon davrida zarb etilgan kumush tanga pul qanday nomlangan? A) dirham B) tanga C) dinor D) fals 36 / 40 36. Xonlikdagi 500 tadan 1000 tagacha askardan iborat qo'shin qanday nomlangan? A) hazora B) tug‘ C) bayroq D) tabl 37 / 40 37. Norbo‘tabiy o‘ziga qarshi muxolifatning qarshiligini susaytirish uchun qanday yo‘lni qo'llaydi? A) muxolifatchi kuchlar rahbarlarini xonlikdagi yuqori lavozimlarga tayinlanadi B) Jung'or va qipchoq qabilalari bilan ittifoq tuzadi C) O’zidan norozi bo'lgan shahzodalarni turli viloyat va tumanlar hokimi etib tayinlaydi D) O'ziga rasman xon unvonini qabul qiladi 38 / 40 38. Xonlikdagi muntazam qo'shin qancha muddatda harbiy ko'rikdan o'tkazib turilgan? A) oyiga ikki marta B) yiliga 4 marta C) ikki yilda bir marta D) yiliga ikki marta 39 / 40 39. Ashtarxoniylar hukmdori Abulfayzxon quyidagi tarixiy shaxslardan qay biriga “otaliq” unvonini bergan edi? A) Rajab Sulton B) Muhammad Rahimbiy C) Shohruxbiy D) Jovshon qalmoq 40 / 40 40. Erdonabiy hokimiyatining inqiroziga nima sabab bo'lgan? A) Qo‘qon xonligining xitoyliklar hujumiga uchrashi B) Xonlik qarashli viloyatlardagi qo‘zg‘alonlar C) qipchoqlaming talonchiligi va zo'ravonligi D) Buxoro xonligining hujumlari Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz