Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 571 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 -yilda viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Agar jismning massasi 4 kg va tezligi 5 m/s ga teng bo’lsa, uning kinetik energiyasini hisoblang. A) 20 J B) 50 J C) 25 J D) 40 J 2 / 25 2. Massasi 200 kg bo’lib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqdan massasi 50 kg bo’lgan bola gorizontal yo’nalishda 7 m/s tezlik bilan sakradi. Bola qayiqning uchidan harakat yo’nalishi bo’yicha sakrasa qayiqning tezligi moduli qanday bo’ladi ? A) 1 m/s B) 0,5 m/s C) 0,25 m/s D) 0,05 m/s 3 / 25 3. Qorong’u xona 3 ta bir hil lampalar yordamida chizmada ko’rsatilganidek 2 xil usulda yoritilmoqda. Qaysi xolda xona yorug’roq bo’ladi? A) 1 – usulda B) Lampalarning qarshiliga bog’liq C) Bir hil D) 2 – usulda 4 / 25 4. Ideal gazning bosimi ham, hajmi ham 3 martadan oshirilganida uning harorati 800 K ga oshgani ma’lum bo’lsa, shu gazning oxirgi haroratini (℃) aniqlang. A) 500 B) 400 C) 623 D) 650 5 / 25 5. Bikrligi 400 N/m rezinali rogatkaning o’rtasiga tosh qo’yib uni 5 sm ga cho’zish uchun necha N kuch sarflash lozim? A) 80 B) 88 C) 89 D) 90 6 / 25 6. Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjirining A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 6 B) 9 C) 5 D) 4 7 / 25 7. Uchta ishchi bir jinsli to’sinni ko’tarib ketishmoqda. Bunda bir ishchi to’sinning bir uchidan, qolgan ikkisi to’sinning ikkinchi uchidan biror x masofada ko’tarib olishgan. To’sinning og’irligi barcha ishchilarga bir hil taqsimlangan ekanligi ma’lum. Agar to’sinning uzunligi 4 m bo’lsa, x ni (m) aniqlang. A) 1 B) 0.5 C) 2 D) 3 8 / 25 8. Elektr zanjirining umumiy sig’imini toping. A) 9?/8 B) 3?/2 C) 16?/9 D) 18? 9 / 25 9. Avagadro sonining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Birligi yo’q B) ??? C) 1/??? D) kg 10 / 25 10. Tomoni 1m va massasi 800√3 kg bo’lgan bir jinsli kub yerga bir uchiga tayantirilgan holda joylashtirildi, bunda katta dioganali yerga nisbatan perpendikulyar bo’lib qoldi. Bunda uning potensial energiyasi necha kJ ga teng bo’ladi? ? = 10 ?/?². √3 ≈ 1.7; √2 ≈ 1.4 A) 10 B) 11 C) 12 D) 9 11 / 25 11. Massasi 88 g bo’lgan CO₂ ideal gazi normal sharoitda qanday hajmni (litr) egallaydi? A) 22.4 B) 450 C) 62.5 D) 44.8 12 / 25 12. Induksiyasi 200 mT bo’lgan magnit maydon chiziqlariga tik joylashgan 35 sm uzunlikdagi o’tkazgichga maydon tomonidan tas’sir etuvchi kuch140 mN ga teng bo’lsa, o’tkazgichdan qanday tok o’tmoqda? A) 0.5 A B) 1 A C) 2 A D) 1.5 A 13 / 25 13. Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Harakatning oxirgi sekundida qanday masofa (m) o’tadi? ? = 10 ?/?² A) 50 B) 40 C) 35 D) 45 14 / 25 14. Chizmada ko’rsatilgan jismlar tinch holatda bo’lsa tekislikda joylashgan jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday maksimal qiymatida jismlarning vaziyati o’zgarnaydi? Yuqoridagi jismning massasi 3m, osilgan jismniki esa m. A) 10/3 B) 1/4 C) 1/2 D) 1/3 15 / 25 15. Jumlani to’ldiring : “Suyuqlik yoki gazlardagi atom va molekulalarning to’xtovsiz va tartibsiz harakati …… deb ataladi.” A) Aylanma harakat B) Mehanik harakat C) Xaotik harakat D) Ilgarilanma harakat 16 / 25 16. Vodorod gazining harorati 223℃ haroratdagi molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligini aniqlang. A) ≈ 3500 B) ≈ 4000 C) ≈ 2500 D) ≈ 3000 17 / 25 17. k ∗ NA ifodaning qiymati qanday nomlanadi? k − Bolsmann doimiysi, NA − avagadro soni. A) Universal gaz doimiysi B) Puasson doimiysi C) Gravitatsiya doimiysi D) Loshnidt soni 18 / 25 18. Tennischi raketkaga 3m/s tezlikda uchib kelayotgan sharchani urib yuborishi natijasida sharcha orqaga 15 m/s tezlik bilan uchib ketdi. To’qnashishni absolyut elastik va sharchaning massasi raketkaning massasidan juda kichik deb olsak, raketkaning to’qnashish momentidagi tezligi necha m/s ga teng bo’ladi? A) 19 B) 10 C) 9 D) 1 19 / 25 19. Ikki nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir kuchi qanday ataladi? A) Arximed kuchi B) Amper kuchi C) Gravitatsiya kuchi D) Kulon kuchi 20 / 25 20. Bir jinsli magnit maydoniga perpendikulyar uchib kirgan proton va alfa zarraning kinetik energiyalari teng bo’lsa, harakat trayektoriyalarining radiuslari (Rα/Rp) nisbati nimaga teng? A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 21 / 25 21. Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Agar ikki jism o’z harakatini bir nuqtadan va bir hil yo’nalishda boshlagan ekanligi ma’lum bo’lsa, 5 s da ular orasidagi masofa necha m ga teng bo’ladi? A) 62.5 B) 48 C) 32.5 D) 25 22 / 25 22. Odam tanasi elektr tokiga nisbatan yaxshi o’tkazgich hisoblanadi. Javoblarda keltirilgan necha V kuchlanishli elektr tarmog’i inson organizmi uchun xavfli hisoblanadi? A) 25 B) 35 C) 45 D) 15 23 / 25 23. Elektr maydon kuchlanganligi 400 kV/m bo’lgan bir jinsli vertikal maydonga kiritilgan +1,5nC nuqtaviy zaryad shu maydonda muallah turgan bo’lsa, uning massasini (g) aniqlang. ? = 10 ?/?² A) 6 B) 600 C) 0.06 D) 0.6 24 / 25 24. Deformatsiyalanmagan prujinani 5 sm ga cho’zish uchun A ish bajarildi, shu vaziyatdan yana 10 sm masofaga cho’zish uchun qanday ish bajariladi? A) 4A B) 8A C) 9A D) 2A 25 / 25 25. 110 W quvvatga ega elektr lampa 220 V kuchlanish tarmog’iga mo’ljallangan bo’lsa, lampaning qarshiligi necha Om? A) 2 B) 24200 C) 0.5 D) 440 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6