10-sinf Geografiya olimpiada №2 Iyun 21, 2022Iyun 21, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Geografiya olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 5 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Geografiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +12°C B) +19°C C) +15°C D) +13°C 2 / 25 2. Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Chirchiq B) Olmaliq C) Urganch D) Jizzax 3 / 25 3. Tabiat zonalligi ta’limoti kim tomonidan yaratildi? A) Layel B) Dokuchayev C) Grigoryev D) Vernadskiy 4 / 25 4. Yer aylanishining burchak tezligi hecha daraja? A) 66,5° B) 15° C) 23,5° D) 90° 5 / 25 5. Biosfera ta’limoti kim tomonidan yaratilgan? A) Vernadskiy B) Layel C) Grigoryev D) Dokuchayev 6 / 25 6. Botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik- bu qaysi hududning xillari hisoblanadi? A) tabiat yodgorliklari B) qo’riqxona C) milliy bog’ D) buyurtmaxona 7 / 25 7. Belligerativ landshaft sinflariga kiradigan landshaft turlarini ajrating. 1)shaharlar 2) qishloqlar 3)terrikonlar 4)okoplar 5)baliqchilik hovuzlari 6)qo’riqchilik tepalari 7)sanatoriyalar 8)qal’alar A) 4,6,8 B) 3,4,6 C) 3,4,8 D) 1,4,7 8 / 25 8. Yer aylanish o’qi orbita tekisligiga nisbatan nech daraja burchak hosil qiladi? A) 15° B) 90° C) 66,5° D) 23,5° 9 / 25 9. Afrika materigining chekka janubida qaysi tabiat zonasi keng tarqalgan? A) Dag`al bargli doimiy yashil o`rmon va butazorlar B) Savannalar C) Nam musson o`rmonlar D) Nam ekvatorial va subekvatorial o`rmonlar 10 / 25 10. Geoxronologik jadval qaysi shaharda tasdiqlangan? A) Bolonya B) Bordo C) turin D) Rim 11 / 25 11. Supereonlarni ajrating. A) xades va arxey B) proterozoy va xades C) tokembriy va fanerozoy D) fanerozoy va kriptozoy 12 / 25 12. Yer-Oy umumiy og’ilik markazi Yerning ichki qismida , uning markazidan radiusining qancha qismi masofada joylashgan? A) 1/2 ι B) 1/3 ι C) 2/3ι D) 3/4 ι 13 / 25 13. Shimoliy Muz okeanining qaysi dengizlari Shimoliy Amerika materigining qirg`oqlarini yuvib turadi? A) Chukotka, Kara B) Chukotka, Bofort C) Grenlandiya, Barens D) Kara, Bofort 14 / 25 14. Chuqurlikni o’lchash uchun 1-marta kim batometrni qo’llaydi? A) leybnits B) Ch.Layel C) E.Lens D) V.A.Vernadskiy 15 / 25 15. O’rta Osiyoda, Kavkaz, G’arbiy Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikaning tog’li o’lkalarida tez-tez sodir bo’ladigan tabiiy-geografik hodisa qaysi? A) karst B) eroziya C) nurash D) sel 16 / 25 16. Yer po’sti va mantiya orasidagi chegara nima deyiladi? A) basalt B) moxo chegarasi C) riftogen chegara D) astenosfera 17 / 25 17. Aholisi soniga ko’ra 2-o’rinda turadigan region A) Yevropa B) Afrika C) Amerika D) Osiyo 18 / 25 18. Yer yuzi maydoni necha mln. Km. kv. Ni tashkil etadi? A) 361 B) 149 C) 510 D) 610 19 / 25 19. 17 jilddan iborat “Geografiya ” asarini kim yozgan? A) Aristotel B) Ptolomey C) Eratosfen D) Strabon 20 / 25 20. Davlatlari soniga ko’ra Osiyodagi eng yirik subregion A) Janubi-sharqiy Osiyo B) Janubiy Osiyo C) )janubi-g’arbiy Osiyo D) sharqiy Osiyo 21 / 25 21. Qaysi shaharda o’zbeklar jamoasi hozirgi vaqtda faoliyat ko’rsatmoqda A) Xobart B) Sidney C) Melburn D) Kanberra 22 / 25 22. Qaysi viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20% ni beradi? A) Farg’ona B) Namangan C) Andijon D) Toshkent 23 / 25 23. Geokriologiya fani nimani o’rganadi? A) ko’llarni B) ko’p yillik muzloq yerlarni C) qor va muzliklzrni D) suvlarni 24 / 25 24. Glyatsiologiya nimalarni o’rganadi? A) qor va muzliklzrni B) ko’p yillik muzloq yerlarni C) suvlarni D) ko’llarni 25 / 25 25. Janubi-sharqiy Osiyoda moy nimadan olinadi A) kokos B) guruch C) yeryong’oq D) paxta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Geografiya olimpiada