Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 9 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta 2 / 25 2. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining burchoqdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping. 1) gultojbarglari qo‘shilgan; 2) gullari gajak to‘pgulda joylashgan; 3) gulkosachabarglari 5 ta, qo‘shilgan; 4) gultojbarglari 3 xil; 5) daraxt formalar uchraydi; 6) bitta umumiy gulbandida bir nechta gul joylashadi; 7) changchilari gultojbarglarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nay ichida joylashgan A) 4, 5 B) 2, 7 C) 1, 3, 6 D) 3, 6, 7 3 / 25 3. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 64 B) 128 C) 256 D) 512 4 / 25 4. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. . A) 2,4, 6, 8, 10 B) 2, 3, 5, 8, 10 C) 1,4, 6, 7, 9 D) 1, 3, 5, 7, 9 5 / 25 5. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 B) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 C) )a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 D) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 6 / 25 6. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 5, 7 C) 1, 2, 7 D) 2, 5, 6 7 / 25 7. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang. A) 4 B) 8 C) 2 D) 6 8 / 25 8. Qaysi javobda oshqozoni to‘rt kamerali tuyoqli hayvonlarto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) arxar; 2) maral; 3) zubr; 4) qulon; 5) g‘izol; 6) tapir;7) muflon; 8) tarpan; 9) bizon; 10) xongul; 11) karkidon;12) sayg‘oq. A) 1, 3, 6, 8, 11, 12 B) 2, 5, 7, 9, 12 C) 3, 6, 7, 8, 10 D) 1, 4, 5, 9, 11 9 / 25 9. Sariq ilonning chipor ilondan farqlanuvchi belgilarni juftlab ko‘rsating. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi;3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi vapastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘I bo‘lmaydi; 6) tullaganda terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chadi;7) ayrili tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) boshskeletlilar kenja tipiga kiradi; 9) sovuqqonli hayvon A) 4, 5, 7 B) 1, 6 C) 2, 8, 9 D) 3, 8 10 / 25 10. Xo`rozlarning bo`ynida patning bo`lmasligi qaysi hodisaga kiradi? A) fenotipik-ontogenetik B) genotipik-mutatsion C) fenotipik-modifikatsion D) genotipik-rekombinativ 11 / 25 11. Xorda butun umri davomida saqlanadigan umurtqalilarni toping? 1.beluga; 2.latcha; 3.oq amur; 4.qizilquyruq; 5.agama; 6.gekkon; 7.lansetnik; 8.oqbiqin; 9.strelyad A) 1,7,9 B) 8,9,7,1 C) 7 D) 1,4,3,7 12 / 25 12. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 3, 5, 7, 9 B) 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 6, 10 D) 1, 5, 8, 9 13 / 25 13. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang. A) a-2, b-1080 B) a-5, b-2700 C) a-8, b-8640 D) a-7, b-5040 14 / 25 14. Qaysi javobda qizilto‘sh yuragining o‘ng yurakbo‘lmasida (a), chap yurak bo‘lmasida (b), chapqorinchada (c) va o‘ng qorinchada (d) qanday qon bo‘lishito‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) arterial; 2) venoz; 3) aralash. A) a-2, b-1, c-1, d-2 B) a-2, b-1, c-1, d-3 C) a-1, b-2, c-1, d-2 D) a-1, b-2, c-3, d-1 15 / 25 15. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-mutatsion B) genotipik-rekombinativ C) fenotipik-ontogenetik D) fenotipik-modifikatsion 16 / 25 16. Drozofila pashshasida tanasining kulrang bo‘lishi, ensiz qanot va tukchalarning bo‘lishi dominant holda irsiylanadi. Tana rangi va qanot shaklini aniqlovchi genlar to‘liq birikkan autosom genlardir. Tukchalarning mavjudligi boshqa autosomada joylashgan gen orqali aniqlanadi. Trigomozigota sariq rangli, ensiz qanotli va tukchalarsiz drozofila barcha belgilar bo'yicha gomozigota kulrang tanali, normal qanotli, tukchalarga ega drozofila bilan chatishtirildi. F I duragaylarini o‘zaro chatishtirishdan olingan avlodning qancha qismi kulrang tanali, ensiz qanotli, tukli bo'ladi? A) 3/8ι B) 1/2 ι C) 3/16 ι D) 1/4 ι 17 / 25 17. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 4; b - 6; с – 5 B) a - 4; b - 5; с – 2 C) a - 2; b - 1; с - 5 D) a - 3; b - 4; с - 1 18 / 25 18. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari. A) 1, 2, 8 B) 3,4, 8 C) 3, 4, 6 D) 5, 6, 7 19 / 25 19. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi A) a-3,2,6 b-1,4,5 B) a-4,5,6 b-1,2,3 C) a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-1,2,5 b-3,4,6 20 / 25 20. Postembranal davri to`gri kechmaydigan(a) va to`g`ri kechuvchi(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi A) a-1,5,6 b-2,3,4 B) a-2,3,4 b-1,5,6 C) a-2,4,5 b-1,3,6 D) a-2,4,6 b-1,3,5 21 / 25 21. Mitozni anafazasi va meyozni anafaza II si uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.bo`linish urchug`ini qisqarishi 2.xromatinlarni mustaqil xromosomaga aylanishi 3.xromosoma va xromatinlar sonini tenglashishi 4.o`ng qutubga tarqalayotgan ota va onani xromosomasini teng bo`lishi 5. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni bittadan bo`lishi 6. qutubga tarqalayotgan xromosomlar barchasi bir-birga nogomologik bo`lishi 7. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni ikkitadan bo`lishi 8.2n2c bo`lishi 9.bir-birga o`xshash xromosomalarni 4 tadan bo`lishi A) 4,5,7,9 B) 7,6,3,4 C) 8,9,2,4 D) 6,8,4,9 22 / 25 22. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi. A) a-9, 2, 3, 4; b-9, 5, 7, 8; c-1, 3, 6 B) a-1, 2, 4; b-5, 1, 8, 7; c-10, 3, 9, 6 C) a-1, 2,4; b-5, 1, 8, 7, 10; c-3, 9, 6 D) a-lv2,4, 10; b-1, 5, 7, 8; c-3, 9, 6 23 / 25 23. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i A) 2,5,4,8,9 B) barchasi C) 1,9,3,2,7 D) 1,3,6,7,9 24 / 25 24. Emuni embrional rivojlanishiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 1,2,5 B) 1,2,6 C) 2,3,4 D) 3,4,6 25 / 25 25. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi. A) a-3,4,8; b-1,6; c-2,7 B) a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 C) a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 D) a-3,5,8; b-1,6; c-2,7 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz