9-sinf Fizika olimpiada №2

0

9-sinf Fizika olimpiada №2

2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Faradeyning ikkinchi qununi ifodasidagi    A/Z nisbat qanday ataladi?

2 / 25

2. 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil 5 m/s^{2} tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib to’xtadi. Bu tormozlanish jarayonida avtomobil qancha yo’l bosgan.(m)

3 / 25

3. Chizmada 4 ta bir xil g’ishtning silliq sirt bo’ylab birinchisiga qo’yilgan F kuch ta’siridagi harakati tasvirlangan.  4-g’ishtga qanday kuch ta’sir etadi?

4 / 25

4. Qayiqning oqim bo’ylab tezligi 3 m/s ga, oqimga qarshi tezligi esa 2 m/s gat eng. Oqim tezligi qanday (m/s)?

5 / 25

5. Ventelator 1 s da 10 marta aylanyapti. U chiqarayotgan tovush to`lqinlari turini aniqlang.

6 / 25

6. Bo’yi 1,83m bo’lgan odam miyasidagi va tovonidagi qonining gidrostatik bosimlari farqi (kPa) topilsin. Odam qoningzichligi1060 kg/m³

7 / 25

7. Avtomobil dvigateli parragining harakat trayektoriyasi: a) avtomobil bilan bog’langan sanoq sistemasiga b) Yer bilan bog’langan sanoq sistemasiga nisbatan qanday shaklga bo’ladi?

8 / 25

8. Suvli stakanda ichida muzlagan tosh bor muz parchasi suzib yuribdi. Muz erigandan keyin stakandagi suvning sathi qanday o’zgaradi?

9 / 25

9. Jezning tarkibida 63% mis va 37% rux bor. Jezning zichligi (g/sm³) topilsin. Misning zichligi 8,9g /sm³, ruxning zichligi 7,1 g /sm³

10 / 25

10. Massasi 200 kg bo’lib, 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqdan massasi 50 kg bo’lgan bola gorizontal yo’nalishda 7 m/s tezlik bilan sakradi. Bola qayiqning uchidan harakat yo’nalishi bo’yicha sakrasa qayiqning tezligi moduli qanday bo’ladi ?

11 / 25

11. Baland silindrsimon idishga issiq suv quyilgan. Suv soviganda uning idish tubiga bosimi qanday o’zgaradi?

12 / 25

12. Asos yuzi 10 sm² bo’lgan silindrik idishga 200 ml suv quyilgan. Suv idish devorining idish tubidan 15 sm masofadagi nuqtasiga qanday bosim (Pa) ko’rsatadi?

13 / 25

13. Agar richagningbirinchi yelkasi ikkinchi yelkasidan 45% ga uzun bo’lsa, richag muvozanatda bo’lishi uchun yelkalarga qo’yilgan kuchlar qanday munosobatda bo’lishi kerak?

14 / 25

14. Nuqtaviy zaryadning potensiali 3 marta kamayadigan masofada elektr maydon kuchlanganligi qanday o’zgaradi?

15 / 25

15. Jism R radiusli aylana bo’ylab harakatlanayapti. Aylananing 1/6 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi?

16 / 25

16. Berk idishda bir mol ideal gaz bor. Tajriba natijasida P/T=371 Pa/K munosabat aniqlandi.Bu gazning konsentrasiyasini aniqlang?

17 / 25

17. Yer atrofidagi harakatiga taaluqli masalalarga nima uchun Oyni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin, chunki …

18 / 25

18. Jismning mexanik harakatini o’rganishda koordinatalar sistemasi nima maqsadda beriladi?

19 / 25

19. Idishdagi suvda yarmi suvga botgan holda shar suzmoqda. Agar bu idish og’irlik kuchi yerdagidan 2 marta katta bo’lgan sayyoraga ko’chirilsa, sharning suvga cho’kkan qismining hajmi qanday o’zgaradi?

20 / 25

20. Shishani yung bilan ishqalaganda shish 8·10⁻¹² C zaryad oldi. Necha elektron va qaysi moddaga o’tdi?

21 / 25

21. Hajmi 4 sm ³, qo’rg’oshindan yasalgan g’ovak shar suv ichida suzib yurishi uchun uning massasi qancha bo’lishi lozim?

22 / 25

22. Kub shaklidagi idish suvga to’ldirilgan. Undagi suvning massasi 64 g bo’lsa, suvning idish tubiga bosimi qanday (Pa) bo’ladi?

23 / 25

23. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilano’tdi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping.

24 / 25

24. Piyodaning tezligi υ₁=6km/h Undant₁=45 minut keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani t₂=9 minutda quvib yetishi uchun qanday υ2(km/h)tezlik bilan harakatlanishi kerak?

25 / 25

25. Velosipedchi va yo’lovchi bir nuqtadan bir-biriga tik ravishda 1 minut harakat qilganda, ular orasidagi masofa 150 m bo’ldi. Agar velosioedchining tezligi yo’lovchinikidan 3 marta katta bo’lsa, velopedchining tezligini toping (m/s).

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0