Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 11-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 48 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) 2 marta kamayadi 2 / 25 2. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 3/2 B) 5/2 C) 1/1 D) 7/2 3 / 25 3. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi? A) 2-metilbutan B) 2-brom-3-metilbutan C) 2,3-dibrom-2-metilbutan D) 2-brom-2-metilbutan 4 / 25 4. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang. A) 1000 B) 1002 C) 1001 D) 999 5 / 25 5. O‘ng tomondagi rasmlarda CH3CH2F → CH2=CH2 + HF reaksiya uchun tegishli ma’lumotlar keltirilgan: R – tegishli yadrolar orasidagi masofa, ∆R – yadrolar orasidagi masofaningboshlang‘ichga qaraganda qanchaga o‘zgarishini bildiradi. RHF, RCM va RCC masofalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini (A, B, C, D) aniqlang. A) RHF – D, RCM – A, RCC – C B) RHF – B, RCM – C, RCC - A C) RHF – A, RCM – D, RCC - B D) RHF – B, RCM – D, RCC - C 6 / 25 6. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang. A) 16 B) 9.6 C) 12 D) 7.2 7 / 25 7. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang. A) formaldegid B) atsetaldegid C) butanal D) propanal 8 / 25 8. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi? A) H₂SO₄ B) H₂S₂O₆ C) H₂S₂O₈ D) H₂S₂O₃ 9 / 25 9. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J) 235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol A) 3,58 B) 4,86 C) 2,49 D) 6,26 10 / 25 10. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi A) 1-a, 2-a B) 1-c, 2-b C) 1-a, 2-b D) 1-b, 2-a 11 / 25 11. Etilatsetat (CH3COOC2H5) belgilangan kislorod tutuvchi suv (H218O) bilan gidrolizlansa, qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi? A) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅OH B) CH₃COOH va C₂H₅¹⁸OH C) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅¹⁸OH D) CH₃COOH va C₂H₅OH 12 / 25 12. Qaysi qatorda Cu+ ionining elektron konfiguratsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? ⁴⁵⁷⁸ ¹ A) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s² B) 1s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° C) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° D) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s¹ 13 / 25 13. Butenning izomerlaridan biriga kislotali sharoitda suv biriktirilganida oksidlovchilar bilan ta’sirlashmaydigan spirt hosil bo‘ladi. Uglevodorodni aniqlang. A) buten-1 B) metilsiklopropan C) buten-2 D) 2-metilpropen 14 / 25 14. Quyidagi moddalardan qaysilari natriy bilan ta’sirlashib gaz ajrata oladi: 1) etilen 2) etanol 3) sirka aldegidi 4) fenol 5) sirka kislotasi? A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 4, 5 D) 2, 5 15 / 25 15. 19,2 g kalsiy karbididan qancha hajm (ml) benzol (ρ = 0,876 g/ml) olish mumkin? Har bir bosqichning reaksiya unumi 50%. A) 3,236 ml B) 2,226 ml C) 4,236 ml D) 2,326 ml 16 / 25 16. PZR (Polimerazali Zanjir Reaksiyasi) (COVID-19 pandemiyasida barchaga tanilib ulgurgan!) usulida DNK molekulasidan juda ko‘p marotaba nusxa olinadi. 1-siklda 1 ta DNK dan 1 ta nusxa, 2-siklda 2 ta DNK: har biridan 1 tadan, jami 2 ta nusxa, 3-siklda 4 ta DNK dan jami 4 ta nusxa olinsa, DNK molekulalari soni 100 tadan oshishi uchun nechanchi siklni bajarish kerak? A) 8 B) 9 C) 6 D) 7 17 / 25 17. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi? A) 28 ml B) 112 ml C) 224 ml D) 56 ml 18 / 25 18. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi? A) 13.6 B) 40.8 C) 10.2 D) 6.8 19 / 25 19. Havodagi azotning sanoatda o‘zlashtirilishi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshadi: N2 → NH3 → NO → NO2 → HNO3 → NH4NO3. Sxemadan ayon bo‘lyabdiki, ammoniy nitrat tarkibidagi ham ammoniy kationi, ham nitrat anioni havo tarkibidagi azotdan hosil bo‘lmoqda. 1 tonna ammoniy nitrat sintez qilish uchun qancha m3 (n.sh.da) havoni qayta ishlash kerak? (Havodagi azotning hajmiy ulushini 80% deb qarang) A) 250 B) 450 C) 550 D) 350 20 / 25 20. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang. A) 0.625 B) 0.025 C) 0.833 D) 3.75 21 / 25 21. 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3CO2 Ushbu jarayon qaysi moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi? A) alyuminiy(III) xlorid va karbonat kislota B) alyuminiy(III) sulfid va kaliy karbonat C) alyuminiy(III) sulfat va natriy karbonat D) alyuminiy(III) gidroksid va karbonat kislota 22 / 25 22. 25°C da 100 g suvda 0,17 mg AgCl erishi ma’lum bo‘lsa, erish reaksiyasining (AgCl ↔ Ag+ + Cl-) muvozanat konstantasini hisoblang. Tuz qo‘shilganida suvning hajmi o‘zgarmaydi deb qarang. A) 1·10⁻¹³ B) 3·10⁻¹⁰ C) 1·10⁻¹⁴ D) 1·10⁻¹⁰ 23 / 25 23. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang. A) O2 B) H2O C) HF D) Fe 24 / 25 24. AlCl3 suyuqlanmasi 6,4 A tok kuchi bilan 30 minut davomida elektroliz qilinganida katodda hosil bo‘ladigan metallning massasini (g) aniqlang. A) 5.37 B) 1.07 C) 3.21 D) 1.79 25 / 25 25. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring. A) z = x∙y B) z = 2x + y C) z = x + y D) z = x²∙y 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz