5-sinf Ona tili 3-chorak yuzasidan TEST Mart 26, 2021Mart 27, 2021 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 5-sinf Ona tili 3-chorak yuzasidan TEST ga 4 fikr bildirilgan 91 OMAD YOR BO'LSIN! 5-sinf Ona tili va adabiyot 3-chorak Test muallifi: Xatirchi tuman 54-maktab ona tili va adabiyot o'qituvchisi Turdimurodov Uyg'un 1 / 25 Ezopning qaysi masalida “Yangi do’stni topganda eskidan kechmoq kerak” maqolining ma’nosi o’z aksini topgan? A) ’’Eshak bilan baqalar” B) ’’Bo’ri bilan Laylak” C) ’’Kiyik bilan tokzor” D) ’’Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” 2 / 25 Ezop asli qayerlik edi? A) Gretsiya B) Frigiya C) Makedoniya D) Frakiya 3 / 25 Ko`k yuzida pag`a bulut oq bulut, Oq bulutdan sut yog`armi yoki qut? Misralari bilan boshlanuvchi ushbu she`r muallifi kim? A) Olimjon B) Mirtemir C) Oybek D) Oripov 4 / 25 Qo`shma so`zlar nechta so`zdan tashkil topadi? A) uchta so`zdan B) ikki va undan ortiq C) bir so`zdan D) ikki so`zdan 5 / 25 Ezop yashagan davr va joy? A) Yunoniston, eramizdan avvalgi IV asrda B) Yunoniston , eramizning VI asrida C) Yunoniston , eramizdan avvalgi VI asrda D) Daniya, eramizdan avvalgi VI asrda 6 / 25 Dona sonlar sanoq sonlargaqo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi. A) –tacha B) –da C) –tadan D) -ta 7 / 25 «Maqol», aslida, arabcha, «…» degan ma’noni bildiradi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) ertak B) gap C) matal D) so‘z 8 / 25 Qaysi qatordagi gapda olmoshning I shaxs birlikdagi shakli qo’llangan? A) Biz O’zbekiston farzandimiz. B) Siz O’zbekistonning qaysi shaharlarida bo’lgansiz? C) Ular ta’tilda Samarqandga borishmoqchi. D) Men Buxoroda tug’ilganman. 9 / 25 Aqlni ishlatish, qiyinchlikka sabrli bo’lish kerak degan xulosa qaysi masalda ifodalangan? A) ’’Kiyik bilan tokzor” B) ’’Burgut, zag’cha va cho’pon” C) ’’Eshak bilan baqalar” D) ’’Ustiga tuz yuklangan eshak” 10 / 25 Undosh tovushlar nechta? A) 24 ta B) 29 ta C) 25 ta D) 23 ta 11 / 25 O`zbek tilida undosh tovushlar yozuvda nechta harf bilan ifodalanadi? A) 20 ta B) 29 ta C) 28 ta D) 23 ta 12 / 25 To'g'ri yozish qonun-qoidalarini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limiga nima deyiladi? A) leksikologiya B) TJY C) Orfoepiya D) orfografiya 13 / 25 ’’Ko’rpanga qarab oyoq uzatgin” degan tanbeh qaysi masal xulosasiga to’g’ri keladi? A) ’’Burgut,zag’cha va cho’pon” B) ’’Kiyik bilan tokzor” C) ’’Eshak bilan baqalar” D) ’’Ustiga tuz yuklagan eshak” 14 / 25 «Hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degan ma’noni bildiruvchi so‘z qaysi javobda berilgan? A) muhaddis B) imom C) sanad D) sahih 15 / 25 Gap tarkibidagi bir so'zning boshqalarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga nima deyiladi? A) gap urg'usi B) bo'g'in C) Imlo D) so'z urg'usi 16 / 25 Rang–tusni ifodalovchi so’zlar qatnashgan qatorni toping. A) Kitobni ko’k javonga qo’ydim B) Oynaga parda osilgan. C) Xona o’rtasida stul turibdi D) Mebel do’konida mebel sotiladi. 17 / 25 Bo`g`inlar necha turli bo`ladi? A) 2 xil B) 5 xil C) 4 xil D) 3 xil 18 / 25 Majoziy xarakterdagi qisqa nasriy yokiy she’riy shakldagi hikayacha? A) Matal B) Masal C) Ertak D) Maqol 19 / 25 Harf deb nimaga aytiladi? A) tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq B) tovushning yozuvdagi ifodasi C) To’g’ri javob yo’q D) so`zlash va yozish orqali ma`lum fikr bayon qilish 20 / 25 O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan? A) 1996 – yil 15 – dekabr B) A va B javob to`g`ri C) 1989 – yil 21 – oktyabr D) 1989 – yil 10 – noyabr 21 / 25 Quyidagi so`zlarda sodir bo`ladigan o’zgarishni toping? Son – sana,Ong- angla, Bo`ya – bo`yoq A) tovush ortishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi D) hech qanday o`zgarish yo`q 22 / 25 Nuqtalar o’rnini to’ldiring. .... ko’chani kesib o’tayotganda ehtiyot bo’ling. A) Uzun B) Novcha C) Katta D) Kichik 23 / 25 Farzand, sust, go'sht kabi so'zlar talaffuzida qanday o'zgarish sodir boiadi? A) Oxirgi undosh talaffuz qilinmaydi B) Hech qanday o'zgarish sodir bo'lmaydi C) So'z o'rtasida bitta unli tovush orttiriladi D) So'z boshida bitta unli tovush orttiriladi 24 / 25 Qaysi qatordagi so'zlarda bo'g'iz undoshi h ishlatiladi? A) hind, hiyobon B) barcha javoblar noto'g'r C) baht, muhtaram D) halq, taht 25 / 25 Safarning birinchi kechasida to‘ng‘ich botir nimani o‘ldiradi? A) sherni B) ajdarni C) dinozavrni D) qaroqchi o‘g‘rilarni 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot choraklik Teglar:5-sinf, ona tili, online test