Huquq attestatsiya №1 Yanvar 12, 2022Yanvar 12, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Huquq attestatsiya №1 ga fikr bildirilmagan. 0% 27 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Huquq fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Iborani davom ettiring. «O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi …….» A) Bo‘linmasdir B) Daxlsiz va bo‘linmasdir C) Daxlsiz va o‘zgartirish mumkin emas D) Daxlsiz va qo‘riklanadi 2 / 40 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni muallifi kim? A) Y.vohidov B) A.oripov C) M.burxonov D) A.qahhor 3 / 40 Kodeks - bu…? A) Inglizchadan tarjimasi “kitob”ni anglatadi B) Qonunlar to‘plami C) Lotinchadan tarjimasi “etirof etish”ni anglatadi D) Inglizchadan tarjimasi “qonun”ni anglatadi 4 / 40 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qaysi oshdan boshlab, qancha muddatda vaqtincha yashash vakolatnomasi beriladi? A) 18 yoshdan boshlab, 1 yildan oshmaydigan muddatda. B) 10 yoshdan boshlab, 1 yildan oshmaydigan muddatda. C) 16 yoshdan boshlab, 5 yildan oshmaydigan muddatda. D) 14 yoshdan boshlab, 6 yildan oshmaydigan muddatda. 5 / 40 Familiya tanlash huquqi er-xotinning qanday huquqi bo‘lib hisoblanadi? A) Xususiy huquqi. B) Shaxsiy huquqi. C) Siyosiy huquqi. D) Ijtimoiy huquqi. 6 / 40 Huquqbuzarga nisbatan qo‘llanishi kerak bo‘lgan davlat majburlov chora-tadbirlari belgilanadigan huquqiy meyorlar tuzilmaviy elementi qanday ataladi? A) Sanasiya B) Sanksiya C) Dispozisiya D) Gipoteza 7 / 40 O‘zbekiston Respublikasi davlat xokimiyatining birdan-bir manbai…….. A) Oliy majlis B) Xalq C) Xukumat D) Davlat 8 / 40 2009 yil 27 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo’lib o’tgan saylovlarda hududiy saylov okruglaridan ko’ppartiyaviylik asosida nechta deputat saylandi? A) 250 B) 150 C) 135 D) 220 9 / 40 Qishloqlarni va ovullarni tashkil etishni kim amalga oshiradi? A) Xalq deputatlari viloyat Kengashlari B) Toshkent shahar hokimligi C) Prezident D) Oliy majlis 10 / 40 Qonunga zidlik – bu…? A) Qonun va huquqiy meyorlar bilan belgilangan majburiy talablarning buzilishi B) Kundalik yurish-turish qoidalariga bo‘ysunmaslik C) Aybdorlik yuzaga kelishiga olib kelgan harakatlar qasddan bo‘lishi yoki ehtiyotsizlik tufayli sodir etilishi mumkin D) Bu majburlovchi chora 11 / 40 Quyidagilardan O‘zbekistonda ijtimoiy hayot nimalar asosida rivojlanishini aniqlang? A) Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida B) Siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va fikrlar xilma-xilligi asosida C) Davlat mafkurasi asosida D) Mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi asosida 12 / 40 Nikoh yoshini qisqartirish qanday hujjat asosida amalga oshiriladi? A) Mahalla roziligi bilan B) Tegishli tuman yoki shahar hokimining qarori. C) Sud qarori asosida. D) Tomonlarning rozilik arizasi. 13 / 40 O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi birinchi marta qachon o‘tkazildi? A) 1991 yil 29 dekabrda B) 1990 yil 24 martda C) 1991 yil 24 martda D) 1992 yil 29 dekabrda 14 / 40 Davlatning qaysi funksiyalari xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yonalishlarini tashkil etadi? A) Tashqi. B) Doimiy; C) Ichki; D) Vaqtinchalik; 15 / 40 Butun olam davlat va huquqning kelib chiqishi, xudoning irodasiga bog‘liq. Podsho va cherkov vakillari xudo irodasining ifodasidir. Ushbu tarif davlat va huquqning paydo bo‘lishi haqidagi qanday nazariya? A) Patriarxal B) Teologik (ilohiy) C) Materialistik D) Marksistik 16 / 40 Monarxiya respublikadan nimasi bilan farq qiladi? A) Hokimiyatning bir shaxs qo‘lida bo‘lib, uning meros qilib berilishi. B) Hukumatning parlament asosida tuzilishi; C) Prezident va parlament oldida hukumatning ikki yoqlama javobgarligi; D) Referendum va ommaviy saylov elon qilinishi; 17 / 40 O‘zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblandi? A) Oliy majlis; B) Vazirlar Mahkamasi C) Prezident; D) Oliy sud; 18 / 40 O‘zbekistonda Respublikasida demokratiya kanday printsiplarga asoslanadi? A) Umuminsoniy B) Tabiiy C) Milliy D) Fukaroviy 19 / 40 Huquq instituti – bu…? A) Huquq ijtimoiy munosabatlarga tasir ko‘rsatuvchi yollar, usullar va vositalar yig‘indisi B) Turli xil, ammo bir-biri bilan mustahkam bog‘langan huquqiy meyorlar yig‘indisidan iborat tizim C) Davlat tomonidan belgilangan va u tomonidan muhofaza etiladigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalari tizimi D) Qandaydir bir xildagi ijtimoiy munosabatlar, alohidalashgan guruhlarni tartibga solib turuvchi huquqiy meyorlar guruhi 20 / 40 O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, toponomik ob’ektlarga nom berish va nomini o’zgartirish to’g’risida”gi qonuni qachon qabul qilingan? A) 1998 y. 29 oktyabr B) 1994 y. 22 sentyabr C) 1996 y. 30 avgust D) 1998 y. 19 avgust 21 / 40 Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya qachon tuzilgan? A) 1991 yil sentyabr B) 1989 yil oktyabr C) 1990 yil iyun D) 1990 yil mart 22 / 40 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni joriy etish to’g’risidagi Prezident farmoyishi qachon e’lon qilingan? A) 2001 yil 4 yanvar B) 1994 yil 29 avgust C) 2003 yil 5 sentyabr D) 1998 yil 5 may 23 / 40 Bevosita demokratiya bu? A) Xalqning referendumida ishtirok etish huquqi B) Siyosiy huquqlarga egalik huquqi C) Bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz o‘zi hal qiladi D) Bunda xalq o‘z suveren huquqlarini o‘zining saylab qo‘ygan vakillari orqali amalga oshiradi 24 / 40 O‘zbekiston Respublikasida insonparvar xukukiy davlat barpo etish Konstitutsiyaning kaysi kismida ta’kidlangan? A) Davlat suvereniteti bobida B) Muqaddimada C) Xukukiy davlat qurish bobida D) Asosiy printsiplar bulimida 25 / 40 “Referendum” so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima? A) Umumxalq ovozi B) Masalani hal qilish C) Umumiy ovoz D) Ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan narsa 26 / 40 Quyidagilardan qaysi biri qonunchilik tashabbusi huquqiga ega? A) Notariuslar B) Shahar, tuman prokurorlari C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi D) Xalq deputatlari viloyat kengashlari 27 / 40 Xulq-atvor qoidalarining o‘zi shakllantiriladigan, huquq subektlari huquq va majburiyatlari belgilanadigan huquqiy meyorlar tuzilmaviy elementi qanday ataladi? A) Sanasiya B) Dispozisiya C) Sanksiya D) Gipoteza 28 / 40 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi” nomli ma’ruzasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga oid nechta yo’nalish bo’yicha o’z taklif mulohazalarini bildirgan? A) 6 B) 4 C) 3 D) 5 29 / 40 Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish kimning vakolatiga kiradi? A) Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan Oliy Majlisga B) Markaziy bank va Hisob palatasi vakolatiga C) Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan Senat vakolatiga D) Bosh Vazir taqdimiga binoan Oliy Majlisga 30 / 40 Xodimga qancha vaqt ishlaganidan so‘ng mehnat daftarchasi tutilishi shart? A) 5 kundan ortiq B) 10 kundan ortiq C) 12 kundan ortiq D) 1 kun 31 / 40 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi kim tomonidan taklif etiladi? A) O’zbekiston Respublikasi Senati tomonidan B) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan C) Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o’rinlarini olgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan D) Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya frakstiyalari yoki deputatlik guruhlari tomonidan 32 / 40 Vazirlar Mahkamasi qaysi organga o‘z dasturini taqdim etadi va o‘z ishi to‘g‘risida hisob berib turadi: A) Prezident devoniga B) Oliy Majlis qo‘mitalariga C) Oliy Majlis Kengashiga D) Oliy majlisga 33 / 40 Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi qay tartibda hal qilinadi? A) Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik organi qarori asosida B) Qoraqalpog‘iston xalqining umumiy referendumi asosida C) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori bilan D) O‘zbekiston Respublikasi xalqining roziligi bilan 34 / 40 Palatalarning qo‘shma majlislarida majlisga kim Raislik qiladi? A) Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi B) Qonunchilik palatasi Spikeri C) Senat Raisi D) Majlis Raisi saylab olinadi 35 / 40 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi? A) XIX bob B) XVIII bob C) XVI bob D) XVII bob 36 / 40 Qonunchilik palatasi majlislari o‘tkazilish tartibi qanday? A) Majlis o‘tkazish qonunchilik bilan belgilanmagan B) Majlislar ochiq va oshkora o‘tkaziladi, zarur hollarda yopiq holatda o‘tkaziladi C) Majlislar faqat yopiq holatda o‘tkaziladi D) Majlislar faqat ochiq va oshkora o‘tkaziladi 37 / 40 O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tashkil etilishi printsipini ko‘rsating? A) Xalq deputatlari kengashining cheksiz hokimiyatga egaligi B) Ijro etuvchi hokimiyatning har tomonlama mustahkamlanishi C) Qonun chiqaruvchi hokimiyatning ustunligi D) Hokimiyatning bo‘linishi 38 / 40 O‘z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, xavfsizligini taminlovchi qurolli kuchlariga ega bo‘la oladigan siyosiy tashkilotni aniqlang? A) Vazirlik B) Huquq C) Jamiyat D) Davlat 39 / 40 Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida nechta fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi? A) 10 ming B) 3 ming C) 20 ming D) 5 ming 40 / 40 Davlatda oily lavozimlarni egallab turgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish va lavozimdan chetlatish protsedurasi qanday ataladi? A) Denonsasiya B) Veto C) Impichment D) Diskreminasiya 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Huquq attestatsiya