5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 21, 2022Aprel 21, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 3 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) A. Qodiriy C) G’. G’ulom D) Shukrullo 2 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. 3 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. C) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. D) Izlaganga tole yor. 4 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) bir to’g’ri chiziq B) uzuq chiziq C) to’lqinli chiziq D) nuqtalardan iborat chiziq 5 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Ona tabiatni asraylik B) Qushlar – bizning do’stimiz C) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan D) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz 6 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol B) undalma, olmosh, ot, fe`l C) undalma,hol kesim, hol D) undalma, ega, hol, kesim, hol 7 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir B) «Ukam оldi»- dedi Sоbir C) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi D) Yoqimli kuy yangradi. 8 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Bolalik” B) “Turmush yo`lida” C) “Ulug` yo`l” D) “Nur qidirib” 9 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) hol 10 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) … xalq ertaklarini o’qigansiz? B) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? C) Ketsang, yana … kelasan? D) Bobo, … odobli? 11 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) vositasiz to’ldiruvchi B) aniqlovchi, ega C) ega D) qaratqich aniqlovchi 12 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) G’afur G’ulom B) Hamid Olimjon C) Oybek D) Abdulla Qahhor 13 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) egadan keyin tire qo’yiladi B) ega ifodalanmaydi C) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi D) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi 14 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) baxt, o`qish B) ona, uka C) yurak, qishloq D) kitob, daftar 15 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari B) so’roq olmoshlari va ohang C) so’roq yuklamalari D) ohang 16 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” B) ”Bo`ri bilan Laylak” C) ”Eshak bilan baqalar D) ”Kiyik bilan tokzor” 17 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. B) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” C) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” D) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” 18 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 24 B) 25 C) 29 D) 26 19 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Maktab B) Yangi C) Qurilgan D) Binosi 20 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) buyruq gap B) so’roq gap C) istak gap D) his-hayajon gap 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Ona tili va adabiyot olimpiada