Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Yanvar 7, 2022Yanvar 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 ga 1 fikr bildirilgan 0% 16 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Astrabod ” B) “So`nggi kun” C) “Singan umid” D) “Izlaganim” 2 / 40 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f B) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f C) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f 3 / 40 Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmabdi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug’ini ado etishni o’zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma’rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u irfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi A) Egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo’jayinlik qilmagan B) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan C) Koinot, olam, falak, osmon D) Tez o’tib ketadigan, doimiy, abadiy turmaydigan, saqlanmaydigan 4 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. B) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. C) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. D) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi 5 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. B) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. D) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. 6 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. B) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. C) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. D) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. 7 / 40 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 4 8 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Shohaziz B) Shokir qora C) Mo’minshoh D) Nazirbek 9 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Saddi Iskandariy” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat-ul abror” D) “Farhod va Shirin” 10 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) mevani ekmoq B) kuzdagi boychechak C) suv ichida cho`milmoq D) gulni barglari 11 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) Sabr, niyat, oqil, ro’mol B) Ulug’, cho’pon, el, botir C) Belbog’, dehqon, fikr, kishi D) G’isht, hayo, kasr, o’zbek 12 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. B) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. C) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. D) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. 13 / 40 Qaysi birliklar so‘z birikmasi deb ham, frazeologik ibora deb ham qaralishi mumkin? 1) ustidan chiqmoq; 2) kalishini to‘g‘rilamoq; 3) ko‘ngliga o‘tirmoq; 4) dumini bosmoq. A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 3.4 D) 1,2,4 14 / 40 Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan? A) Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi,beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qolmaydi B) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan edi. C) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim. D) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. 15 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush almashishi B) tovush tushishi va tovush almashishi C) tovush tushishi D) tovush almashishi va orttirilishi 16 / 40 Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping A) Xijolat, hijjalamoq, exson B) Hayol, hayot, harbiy C) Hasad, hasharot, hilqat D) Taxsin, tanbex, extirom 17 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... B) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. C) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. D) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. 18 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) chiroq – yiroq B) boshlamoq – boplamoq C) sanoq – sadoq D) xilof – g‘ilof 19 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Fe’lning o’zlik nisbati B) Noaniq fe’l C) Fe’lning kichraytirma nisbati D) Fe’lning orttirma nisbati 20 / 40 Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Shuni bilki, qiynalib erishgan narsalaringning qadri baland bo‘ladi. B) Hulkar ularni tanirdi, shuning uchun ularga yordamlashdi. C) Shunisi ma’lumki, mening kasb tanlashimga otam sababchi bo‘lgan. D) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. 21 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi B) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob C) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz D) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi 22 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. B) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. C) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. D) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. 23 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. B) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. C) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. D) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. 24 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. B) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. C) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. D) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. 25 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) sifatdosh B) sof fe’l C) ravishdosh D) harakat nomi 26 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 5 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 7 ta 27 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz B) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi C) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi D) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman 28 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) o‘shanday, shunaqa B) manmanlik, o‘zboshimcha C) har xil, shunchaki D) o‘zboshimcha, o'zbilarmon 29 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, B) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi C) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. D) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. 30 / 40 Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan? A) avayla+ylik B) avayla+y+lik C) avay+la+y+lik D) ava+y+la+y+lik 31 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. B) Egaligicha qoladi. C) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. D) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. 32 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. B) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. 33 / 40 Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? A) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak. B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. C) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. D) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi. 34 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. B) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. C) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. D) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. 35 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) Is'hoq, as'hob B) shu'la, ba'zan C) qat'iy, jur'at D) mo'jiza, mo'tadil 36 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 6ta 37 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa B) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan C) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa D) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 38 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Ammo, lekin, biroq, va B) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa C) Go'yo, hatto, ba’zan D) Hech kim, hech narsa 39 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 5ta B) 6ta C) 8ta D) 7ta 40 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. B) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. C) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. D) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. O'rtacha ball 58% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Ona tili va adabiyot attestatsiya
Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Yanvar 6, 2022Mart 3, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 ga 10 fikr bildirilgan 0% 56 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Navoiy” B) “Kecha va kunduz” C) “O`tkan kunlar” D) “Mehrobdan chayon” 2 / 40 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis B) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo C) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti D) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li 3 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) egasi yashiringan sodda yoyiq gap B) sodda yoyiq gap C) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap D) ergashgan qo’shma gap 4 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. B) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. C) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. D) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. 5 / 40 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) roman B) pyesa C) hikoyalar to’plami D) qissa 6 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat-ul abror” D) “Saddi Iskandariy” 7 / 40 T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi? A) Ahmad Yassaviy B) Lutfiy C) Amir Temur D) Otoyi 8 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot 9 / 40 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Shohdorxonning B) Qovushtixonning C) Odilxonning D) Jig`alixonning 10 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. B) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. D) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. 11 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. B) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. C) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. D) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. 12 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “O’tkan kunlar” romanida B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida C) “Mehrobdan chayon” romanida D) “Muzqaymoq” hikoyasida 13 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. B) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. C) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. D) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. 14 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. B) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. C) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. D) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. 15 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) E. Vohidov B) Zulfiya C) A. Obidjon D) A. Avloniy 16 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) on B) payt C) lahza D) fursat 17 / 40 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. B) Qush uyasida ko’rganini qiladi. C) Ko’p bilgan kam gapirar D) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. 18 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5 19 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4 20 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 9 ta 21 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 7 B) 6 C) 8 D) 5 22 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. B) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. C) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi D) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. 23 / 40 Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmabdi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug’ini ado etishni o’zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma’rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u irfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi A) Egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo’jayinlik qilmagan B) Tez o’tib ketadigan, doimiy, abadiy turmaydigan, saqlanmaydigan C) Koinot, olam, falak, osmon D) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan 24 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Mo’minshoh B) Shohaziz C) Nazirbek D) Shokir qora 25 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Bemor B) Shum bola C) Muzqaymoq D) Urushning so’nggi qurboni 26 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) l, 2 B) l, 2, 3 C) 4, 5 D) 3, 4 27 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. B) Bu – siz uchun katta sinov. C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. 28 / 40 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) C) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) D) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? 29 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Barchinoyning B) Xolbekaning C) Zulxumorning D) Gulanorning 30 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. 31 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. B) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. C) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. D) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. 32 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi B) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan C) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan D) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan 33 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 34 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Umarshayx mirzo B) Jahongir mirzo C) Shohrux mirzo D) Mironshoh mirzo 35 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 2 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta 36 / 40 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. B) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. C) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. D) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. 37 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) modernizatsiya B) brifing C) diversifikatsiya D) strategiya 38 / 40 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. B) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. C) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. D) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. 39 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) kuzdagi boychechak B) mevani ekmoq C) suv ichida cho`milmoq D) gulni barglari 40 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Izlaganim” B) “Astrabod ” C) “So`nggi kun” D) “Singan umid” O'rtacha ball 54% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Ona tili va adabiyot attestatsiya