Tarix attestatsiya №13 Yanvar 31, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix attestatsiya №13 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 246 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tarix attestatsiya №13 Attsetatsiya 2024 Tarix fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida B) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan C) zafarli yurishlar natijasida D) aholi sonining ko’payishi natijasida 2 / 50 2. Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. B) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. C) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. D) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. 3 / 50 3. Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) So’g’diyona B) Xorazm C) Parfiya D) Marg’iyona 4 / 50 4. Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 6 D) 1, 3, 6 5 / 50 5. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Perikl B) Oktavian C) Drakont D) Solon 6 / 50 6. Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 3, 4, 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 4, 3, 2, 1 D) 2, 1, 4, 3 7 / 50 7. Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik B) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik C) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik D) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik 8 / 50 8. Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. C) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. D) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 9 / 50 9. Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Naxshab va Badaxshonni B) Toxariston va Badaxshonni C) Toxariston va Chag’oniyonni D) Chag’oniyon va Ustrushonani 10 / 50 10. 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Kesh va Naxshab B) Buxoro, Samarqand, Karmana C) Samarqand, Buxoro va Kesh D) Samarqand, Xo’jand va Jizzax 11 / 50 11. Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Eftallar va Rimda B) Rim va Xorazmda C) Xorazm va Makedoniyada D) Rim va Xitoyda 12 / 50 12. Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Panjikent B) Afrosiyob C) Varaxsha D) Bolaliktepa 13 / 50 13. Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. B) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. C) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. D) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. 14 / 50 14. Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a B) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir C) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a D) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a 15 / 50 15. Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. B) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. C) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. D) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. 16 / 50 16. Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. B) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. C) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. D) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. 17 / 50 17. Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari B) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar C) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 18 / 50 18. Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 1, 3, 5, 6, 8, 11 B) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 19 / 50 19. Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi B) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi C) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi D) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi 20 / 50 20. Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3 21 / 50 21. Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kserks B) Doro I C) Kambiz II D) Kir II 22 / 50 22. V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga D) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga 23 / 50 23. Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) O’ratepa yaqinida B) Xo’jand yaqinida C) Sirdaryo yaqinida D) Jizzax yaqinida 24 / 50 24. Xato fikrni aniqlang. A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. B) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. C) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. D) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. 25 / 50 25. Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. B) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi C) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi D) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi 26 / 50 26. Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. B) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. C) Afinada demokratiya ravnaq topgan. D) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. 27 / 50 27. Xato javobni aniqlang. A) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. B) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. C) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. D) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. 28 / 50 28. Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. B) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. C) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. D) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 29 / 50 29. VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) xiroj va yasoq B) kafsan va dorug’a C) boj va yasoq D) o’lpon, yasoq 30 / 50 30. Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi B) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi C) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi D) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi 31 / 50 31. Sosoniylar nima uchun eftallarga qarshi yurish boshlanganlar? A) Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiraganligi uchun B) soliqlarni o'z vaqtida jo'natmaganligi uchun C) Turk xoqonligi xavfi kuchayib borayotganligi uchun D) karvonlarni eftallar tomonidan talanganligi uchun 32 / 50 32. Savol yuqorida! A) 1-c, 2-d,3-b, 4-e, 5-a B) 1-b, 2-c,3-d, 4-e, 5-a C) 1-b, 2-c,3-d, 4-a, 5-e D) 1-b, 2-a,3-d, 4-c, 5-a 33 / 50 33. Quyidagi ixtirolardan qysi birini xitoyliklar ixtiro qilganlar? 1) kompas; 2) shaxmat; 3) seysmograf; 4) shakarqamishdan shakar olishni; 5) qog'oz; 6) porox; A) 1,2,3,4 B) 2.4 C) 1,3,5,6 D) 1,2,5 34 / 50 34. Qaysi xalq jang boshl anganda markaz yolg ‘ondan chek ingan, dushman uni ta’qib eta boshlasa, qan otlardan hujumg a uchrar, chekinayotganlar ham to‘xtab, jangga kirishardi? A) arablar B) yaponlar C) xitoyliklar D) mo'g'ullar 35 / 50 35. Xitoyda «islohotlarining otasi» nomini olgan shaxsni aniqlang. A) Si Szinpin B) Xu Szintao C) Den Syaopin D) Szyan Szemin 36 / 50 36. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) B) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi C) Pedagogikada monitoring D) O’zaro ta’sirlar 37 / 50 37. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. C) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. D) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. 38 / 50 38. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Aqliy hujum» B) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» C) «Birgalikda o’qiymiz» D) «Arra» 39 / 50 39. O`qituvchi nutq qobilyati – A) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati B) Verbal qobiliyati C) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati D) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. 40 / 50 40. Metodika bilan pedagogik tehnologiya tushunchalarini izohi qaysi javobda ko`rsatilgan? A) Pedagogik tehnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi B) Metodika - bu o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasi; pedagogik tehnologiya – pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shahsini shakllantirish jarayonining loyihalash tashkiliy-pedagogik hatti-harakatlar majmuasi; C) Metodika – bu hususiy pedagogika, tehnologiya esa usullar majmuidir. D) Metodika – metod va usullar majmui, tehnologiya esa ta’lim tamoyillari va qonuniyatlaridir. 41 / 50 41. Mahorat bu – A) Pedagogik mehnat samarasi. B) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. C) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. D) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. 42 / 50 42. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) Inter- nofaol, faol-harakat B) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. C) «Inter» - metod, «act» - harakat. D) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. 43 / 50 43. Noverbal nutq turlari to’g’ri keltirilgan qatorni toping? A) So’z mimika aks sado axborot. B) Mimika, fantomimika, og’zaki nutq. C) Mimika, pantomimika nutq, signifikatsiya, daktilogik nutq, morze alifbosi D) Og’zaki va yozma nutq. 44 / 50 44. “Ta'lim tеxnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichlari necha bosqichdan iborat A) 2-bosqich B) 5-bosqich C) 4-bosqich D) 3-bosqich 45 / 50 45. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Demokratik, intelektual. B) Avtoritar, liberal, demokratik. C) Avtoritar ,demokratik. D) Liberal, demokratik, trening. 46 / 50 46. Muloqot bu – A) Shaxslararo munasobatlar tizimi. B) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni C) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni D) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni 47 / 50 47. Fikrlash jarayonining mustaqilligini yuqori darajada talab etuvchi vaziyat turi. A) Ko’rsatmali vaziyat B) Baholash uchun vaziyat C) Muammoli vaziyat D) Tasvirlovchi vaziyat 48 / 50 48. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. B) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. C) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. D) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. 49 / 50 49. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot B) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim C) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim D) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish 50 / 50 50. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. C) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. D) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Tarix attestatsiya