Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Noyabr 22, 2023May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 ga fikr bildirilmagan. 0% 7 1234567891011121314151617181920 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 20 1. Qaysi gap tarkibida gumon olmoshi qo‘llangan? A) Hech kim uni xunuk demaydi. B) Hamma xotirjam ... C) Birov uni bo‘gayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. D) Bu hovuz ikki odam bo‘yi chamasida chuqur edi. 2 / 20 2. Urg'u birinchi bo'g'inga tushadigan so'zlarni belgilang. A) respublika B) texnika C) hattoki D) albatta 3 / 20 3. Quyidagi birikmalarning qaysi birida tobe qism ko`chma ma`noda qo`llangan? A) tandirning og`zi B) achchiq gap C) iste`dodning so`nishi D) Sevaraning sayrashi 4 / 20 4. Bu kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida har kuni og’ziga mayda toshlarni soladi va she’rlar, turli matnlarni o’qish bilan…… .Ushbu gapdagi ko’p nuqta o’rniga qaysi birlikni qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) qiziqadi B) erishadi C) shug’ullanadi D) harakat qiladi 5 / 20 5. Qaysi juft so`z sanalmaydi? A) yaxshi-yomon B) qishin-yozin C) ustma-ust D) erta-kech 6 / 20 6. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) bezovta bo’lmoq B) og’riqni his etmoq C) shoshib qolmoq D) gumonsiramoq 7 / 20 7. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 8 / 20 8. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) ravishdosh B) sifatdosh C) Bsof fe’l D) harakat nomi 9 / 20 9. Qaysi so`zda yopiq bo`g`in mavjud emas? A) ijodiy B) asarlar C) sharshara D) kinochi 10 / 20 10. Mahallada oyoqlar tentirab qoldi, Qovjirab dilda ishqim armoni qoldi. She`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday gap bo`lagi bo`lib kelgan? A) ot kesim B) hol C) to`ldiruvchi D) ega 11 / 20 11. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. B) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. C) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. D) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. 12 / 20 12. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) taxlab chiqildi B) barpo qilindi C) qurildi D) farovon qildi 13 / 20 13. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. B) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. C) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. D) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. 14 / 20 14. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) sharoit, taraqqiyot B) xushmuomila, tushinmoq C) muovin, maxfiy D) qanoat, madad 15 / 20 15. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qo’ynidadir, ko’rinar B) osha, ko’rinar C) qishlog’im, olam D) qishlog’im, ko’rinar 16 / 20 16. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. B) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. C) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. D) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. 17 / 20 17. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) teleskop, sazoi B) diversifikatsiya, birifing C) tavakkal, taqriz D) mushoyira, mansabdor 18 / 20 18. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) to’q//qizil, dardi//sar B) dev//sifat, sovuq//mijoz, C) hamma//yoq, taklif//noma D) tim//qora, har//zamon 19 / 20 19. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. B) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. C) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. D) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. 20 / 20 20. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) ravnaq topmoq, rivojlanmoq B) sog’aymoq, tuzalmoq C) qizg’in tus olmoq, qizimoq D) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok