8-sinf O’zbekiston tarixi №7 May 4, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 ga fikr bildirilmagan. 92 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №7 32-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Shayboniyxonning otalig’i amir Boyshayx qaysi qavmdan chiqqan edi? A) qipchoq B) nayman C) uyg'ur D) mang‘it 2 / 40 2. Ubaydullaxon II davrida yirik yer egalari va Jo‘ybor shyxlari qanday huquqdan mahrum etiladi? A) soliq to'lamaslik B) qoracherikka bormaslik C) hasharlarga qatnashmaslik D) xususiy mulkka ega bo'lish 3 / 40 3. Buxoro amirlarining hokimiyat boshqaruvida turgan yillaridan no`to`g`risini aniqlang A) Muhammad Rahim ( 1756-1758 ) B) Doniyolbiy otaliq ( 1758-1785 ) C) Amir Shohmurod ( 1785-1800) D) barchasi to`g`ri keltirilgan 4 / 40 4. Mulk yerlar qanday shakllarda berilgan ? A) tanho va vaqf B) suyurg`ol va tanho C) faqat tanho D) mulki xos va mulki xolis 5 / 40 5. Buxoro amirligidagi harbiy harakatalar chog`ida aholidan olinadigan favqulodda soliq qanday atalgan ? A) ixrojot B) zobitona C) to`la D) jul 6 / 40 6. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Marv yaqinida B) Sirdaro bo`ylari C) Amudaryo qirg`oqlari D) Zarafshon daryosi bo`ylari 7 / 40 7. Buxoro va Xiva xonligi munosabatlarining sovuqligi asosiy sababi birinchi sababi nima edi ? A) g`anim bo`lgan xondonlarga mansubligi B) ikki davlatning ham Rossiya bilan bo`lgan munosabatlardagi raqobati C) etnik mojarolar D) xonliklarning bosqinchilik urushlari hisobiga o`z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga urinishlari 8 / 40 8. Xorazm xalqini mustaqilllik uchun kurashga ko`tarishda yana qaysi shaxs muhim rol o`ynadi ? A) ChinSo`fi B) Sayid Hisomiddin qattol C) Musulmonqul D) Xiva parvonachisi Niyozbek 9 / 40 9. Qachon va nimaning oqibatida qoraqalpoqlar quyi va yuqori deb nomlangan tarmoqlarga bo'linib ketdi? A) 1723-yil jung'orlarning Sirdaryo o'rta oqimini egallashi oqibatida B) 1731-yil qoraqalpoqlarning qipchoqlar hujumiga duchor bo'lishi natijasida C) 1726-yil qozoq xoni Abulxayrning hujumi hatijasida D) XVI asrda Shayboniylarning tazyiqi oqibatida 10 / 40 10. XIX asrda Qoqaqalpoqlarda nechta maktab bo'lgan? A) 103 ta B) 78 ta C) 318 ta D) 83 ta 11 / 40 11. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etilishi uchun ... A) mustaqil pul birligini muomalaga kiritadi B) Sulolasining kelib chiqishi Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalanadi C) Buxoro xonligidan mustaqil ravishda chet el davlatlari bilan aloqalar o'rnatadi D) Rossiya imperiyasi tomonidan tan olinganligi to'g'risida yorliq olib keladi 12 / 40 12. XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoda eng katta davlatni aniqlang. A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi C) Afg'oniston D) Qo'qon xonligi 13 / 40 13. Umarxon hukmronligi davrida din peshvolari qancha lashkarni kerakli qurol-yarog' va anjomlar, otlarini esa yem- hashak bilan ta’minlay olgan hukmdorni musulmonlar amiri deb atash haqida fatvo beradilar? A) 5 ming B) 12 ming C) 14 ming D) 24 ming 14 / 40 14. Qo'qon xonligida qachon qipchoqlar qirg'ini uyushtirilgan? A) 1854-yil 15-oktabrda B) 1852-yil 9-dekabrda C) 1853-yil 9-noyabrda D) 1852-yil 9-oktabrda 15 / 40 15. Xudayorxon davrida... A) Yordamchi harbiy bo'lirimalarni tashkil etilgan B) Nisbatan zamonaviy to'pchi qo'shin tuzilgan C) Muntazam qo'shin soni 12 mingga yetkazilgan D) Saralangan maxsus bo'lim, ya’ni galabotit va merganlar bo'limi tuzilgan 16 / 40 16. Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridagi oliy mansablardan biri bolgan “naqib” Qo'qon xonligida qanday nomlangan? A) muftiy zoda B) rais kalon C) qozi a’lam D) xo'ja kalon 17 / 40 17. Farg'ona vodiysiga jung'or ko'chmanchilarining ikkinchi hujumi vaqtida qaysi kuchlar birgalikda kurashishgan edi? 1) o'ratepaliklar; 2) qalmoqlar; 3) minglar; 4) yuzlar; 5)buxoroliklar; 6) qipchoqlar; 7) uyg'urlar; 8) qirg‘izlar. A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 5, 8 C) 1, 3, 4, 7, 8 D) 1, 3, 4, 6, 8 18 / 40 18. Muhammad Alixon qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1810-1822-yillar B) 1850-1863-yillar C) 1822-1841-yillar D) 1842-1850-yillar 19 / 40 19. Qo'qon xonligida katta- katta qishloq yoki kichik-kichik qishloqlar birlashmalari…. A) sarkorlik deb atalgan B) tuman deb atalgan C) amlokdorlik deb atalgan D) oqsoqollik deb atalgan 20 / 40 20. Quyidagi okruglardan qay biri eng muhim o'rin tutib, xon u yerga o'z qarindoshlarini yoki eng ishonchli kishilarini hokim etib tayinlagan? A) Toshkent B) Marg'ilon C) Qo'qon D) Andijon 21 / 40 21. Buxoro amirligidan farqli ularoq, Qoqon xonligida ... lavozim egalarining nufuzi nihoyatda yuqori bo'lgan. A) diniy B) devon C) mahalliy D) harbiy 22 / 40 22. Qo'qon xonlaridan qay birining nomiga “Sohibqiron” unvoni qo'shib yozilgan? A) Xudoyorxon B) С) Norbo'tabiy C) Olimxon D) Umarxon 23 / 40 23. Xonlikda qo'shin muftiysi tomonidan berilgan fatvo ijrosini ta’minlanishini nazorat qilgan amaldor qanday atalgan? A) qozi askar B) qozi muftiy C) qozi rais D) muhtasib 24 / 40 24. Xudoyorxon xonlik taxtiga o‘tirgunga qadar qayerning hokimi edi? A) Andijon B) Farg'ona C) Namangan D) Marg'ilon 25 / 40 25. Buxoro amiri amir Nasrullo o'z qo'shinlari bilan Farg'onaga hujum qilgan vaqtda Qo'qon xonligi taxtida kim o'tirgan edi? A) Muhammad Alixon B) Sulton Mahmudxon C) С) Sheralixon D) Umarxon 26 / 40 26. Qaysi Qo'qon xoni davrida kambag'al va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari berilib, ular mehnatga jalb qilingan edi? A) Olimxon B) Muhammad Alixon C) Xudoyorxon D) Umarxon 27 / 40 27. Olimxon muntazam qo'shinining asosini kimlar tashkil qilgan? A) qirg'iz va uyg'urlar B) minglar C) tog'li tojiklar D) qipchoqlar 28 / 40 28. Xonlikda tashqi siyosat masalalarida bosh maslahatchi vazifasini qaysi amaldor bajargan? A) devonbegi B) hokim C) dasturxonchi D) mingboshi 29 / 40 29. Umarxon davrida xonlikning shimoliy chegarasi Rossiya sarhadlaridan............................... A) Tatariston va Qoshg'arga ulandi B) Yorkent va Irtishga ulandi C) Ko'histon va Qashqarga ulandi D) Boshqirdiston va Qashqarga ulandi 30 / 40 30. Umarxon tomonidan ishg‘ol etilgan Turkiston shahri qaysi mamlakatga qaramligini e’tirof etgan edi? A) Xitoy B) Buxoro C) Rossiya D) Kichik juz 31 / 40 31. Olimxon davrida Qo‘qon xonligi hududi deyarli… marta kengaygan. A) uch B) ikki C) besh D) to'rt 32 / 40 32. Rossiya imperiyasi Qo'qon xonligiga qaysi tomondan xavf solib kelmoqda edi? A) shimol B) sharq C) janub D) g‘arb 33 / 40 33. Amir Nasrullo qachon Qo'qon shahrini egailagan? A) 1842-yilda B) 1843-yilda C) 1840-yilda D) 1845-yilda 34 / 40 34. Qo‘qon xonlaridan qay biri o‘ziga “Amir al-muslimin” unvonini qabul qilgan va bu haqida xutbada ham o'qitgan? A) Madalixon B) Olimxon C) Umarxon D) Erdonabiy 35 / 40 35. O’sh va O'zgan kimning hukmronligi davrida Qo‘qon xonligiga bo'ysundirildi? A) Norbo'tabiy B) Abdukarimbiy C) Abdurahinbiy D) Erdonabiy 36 / 40 36. Qo‘qon xonligining qaysi xon hukmronligidagi davri ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davr bo'lgan? A) Abdurahimbiy B) Norbo'tabiy C) Umarxon D) Erdonabiy 37 / 40 37. Bobur Mirzoning ming urug‘idan uylangan farzandi o‘g‘il farzand ko‘rib, unga qanday ism qo'yiladi? A) Abdurahim B) Davlatyor C) Oltinbeshik D) Tangriyor 38 / 40 38. Norbo‘tabiy o‘ziga qarshi muxolifatning qarshiligini susaytirish uchun qanday yo‘lni qo'llaydi? A) muxolifatchi kuchlar rahbarlarini xonlikdagi yuqori lavozimlarga tayinlanadi B) O'ziga rasman xon unvonini qabul qiladi C) Jung'or va qipchoq qabilalari bilan ittifoq tuzadi D) O’zidan norozi bo'lgan shahzodalarni turli viloyat va tumanlar hokimi etib tayinlaydi 39 / 40 39. Ma’lumki, Qo'qon xonlari mamlakatda barqarorlikni saqlash uchun o‘troq va ko‘chmanchi turli urug‘ va qabilalar o‘rtasida manfaatlar muvozanatini hisobga olishga majbur bo‘lishgan. Quyidagilardan qay birlari aynan mana shu jarayonni eng ko‘p darajada hisobga olishgan edi? 1) Umarxon; 2) Sheralixon; 3) Olimxon; 4) Norbo'tabiy; 5) Madalixon. A) 1, 5 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 2, 4 40 / 40 40. Qo'qon xonligida ham qo'shin bosh qo'mondoni, ham bosh vazir, ham butun ijro etuvchi hokimiyat rahbari vazifasini bajaruvchi mansabni aniqlang. A) qo'shbegi B) mingboshi C) parvonachi D) amirlashkar Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 8-sinf O'zbekiston tarixi