Fizika attestatsiya №9 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №9 ga fikr bildirilmagan. 0% 27 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №9 TOSHKENT 2022-MART ATTESTATSIYA da aynan tushgan testlar Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 ”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring. A) elektroliz B) hech nma qo`yiw wart emas C) magnit maydon D) elektr zaryadi 2 / 40 Massasi m bo`lgan jism ichi bo`sh konus ichida rasmdagidek joylashtirilgan. Konus o`z o`qi atrofida qanday burchak tezlik (rad/s) bilan aylansa jism tinch kolatini saqlaydi. Jism konus o`qidan 0.6 m masofada joylashgan. Ishqalanishni hisobga olmang. A) 4 B) (10/3)√2 C) 6 D) 2√5 3 / 40 Jism 36 m balandlikdan gorizontal otildi. Agar jismning uchish uzoqligi otilish balandligiga teng bo’lsa, jism yerga qanday tezlik bilan uriladi (m/s) ? A) 72 B) 40 C) 30 D) 36 4 / 40 Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m³ bo’lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m³ bo’lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielelektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping. A) 20 B) 15 C) 10 D) 25 5 / 40 X₁=5+2t, X₂=6t-15 (m) qonuniyat bo’yicha harakatlanayotgan jismlarning uchrashish vaqti t va uchrashish joyi s ni toping. A) t=3s; s=11m B) t=6s; s=21m C) t=4s; s=13m D) t=5s; s=15m 6 / 40 Massasi 2 tonna bo’lgan avtomabil qanday tezlik (m/s) bilan harakatlanganda qavariq ko’prikning eng yuqori nuqtasida vaznsiz holatda bo’ladi? Ko’prikning egrilik radiusi 40 m ga teng. g=10m/s² A) 40 B) 25 C) 30 D) 20 7 / 40 Ikkita jism harakat tenglamasi mos ravishda x=10−16t (m) va x=30+ 14t (m). Bu Jismlarning nisbiy tezligini toping (m/s). A) 26 B) 2 C) 30 D) 14 8 / 40 Q nuqtaviy zaryaddan birinchi nuqta r, ikkinchi nuqta 2r masofada joylashgan. Bu ikki nuqtadagi elektr maydon kuchlanganliklarining nisbati qanday? A) 32 B) 12 C) 4 D) 8 9 / 40 Magnit induksiya chiziqlari tik pastga yo‘nalgan. Bu maydonga perpendikulyar yo‘nalishda elektron uchib kirdi. Uning trayektoriyasi qanday? A) to'g'ri chiziq B) ellips C) parabola D) aylana 10 / 40 R1=200Ω bo’lsa, R3 ni toping (Ω)? A) R3=100Ω B) R3=200Ω C) R3=30Ω D) R3=300Ω 11 / 40 Induksiyasi 1T, yuzasi 250cm2, o‘ramlar soni 100 ta bo‘lgan simli ramka magnit maydonda 60o burchak ostida joylashgan. Unga 500mN·m aylantiruvchi moment ta’sir qilmoqda. Ramkadagi tok kuchi (A) qanday? A) I=0,6A B) I=0,4A C) I=0,8A D) I=0,10A 12 / 40 Rasmdagi blok F=20N kuch bilan tortilsa, prujina qanchaga uzayadi (cm)? Blok massasini hisobga olmang. k=200N/m A) 20 cm B) 15 cm C) 10 cm D) 5 cm 13 / 40 Rasmda K nuqtadan chiqqan ikkita bolaning daryodagi harakati ko‘rsatilgan. Daryoning ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tgan vaqtda bu bolalar orasidagi masofa qanday (m)? A) S=100m B) S=160m C) S=190m D) S=130m 14 / 40 Tushish burchagi kamaytirilsa, sinish burchagi qanday o‘zgaradi? A) O‘zgarmaydi B) TJY C) ortadi D) kamayadi 15 / 40 6Ω li 3 ta rezistor bor. Ulardan 4Ω li qarshilik hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak? A) 1 tasi ketma-ket, 2-si parallel B) 2 tasi ketma-ket, 3-si parallel C) 2 tasi ketma-ket, 1-si parallel D) 2 tasi ketma-ket, 1-si parallel 16 / 40 K va L nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 40V. 2µF sig‘imli kondensatordagi kuchlanishni toping (V). A) 32 V B) 30 V C) 24 V D) 28 V 17 / 40 Yutish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo‘lgan sirtga 900 W/m2 intensivlikli yorug‘lik nuri tushmoqda. Yorug‘lik bosimini aniqlang (µPa)? A) 5,4 B) 5 C) 4 D) 3,6 18 / 40 Yakorning o‘ramlar soni N1=200 dan N2=1000 taga ortdi. Agar EYuK Ɛ1=60V dan Ɛ2=120V gacha ortsa, magnit maydon o‘zgarish tezligi qanday o‘zgaradi? A) 2,5 marta kamayadi B) 5 marta kamayadi C) 2,5 marta ortadi D) 5 marta ortadi 19 / 40 Elektronni A nuqdatan B nuqtaga ko‘chirilganda bajarilgan ish A1, A nuqtadan C nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ish A2 ga teng. A1 va A2 ishlarning modullarini taqqoslang? A) A1<A2 B) A1=2A2 C) A1>A2 D) A1=A2 20 / 40 Jism o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qilib, ketma-ket 2 sekund vaqt oralig‘ida 26m va 18m masofalarni bosib o‘tdi. Jism boshlang‘ich tezligini toping (m/s)? A) 30 B) 26 C) 18 D) 90 21 / 40 Rasmda protonni qaysi nuqtaga joylashtirilsa, u eng katta energiyaga ega bo'ladi? A) 3-nuqtaga B) 2-nuqtaga C) 1-nuqtaga D) 1, 2-nuqtalarga 22 / 40 Gaz adiabatik ravishda kengayganda harorati qanday o‘zgaradi? A) tjy B) ortadi C) o'zgarmaydi D) Kamayadi 23 / 40 Vodorod atomidagi elektron 7-sathdan 3-sathga o‘tganda E energiyali foton nurlaydi. Elektron 7-sathdan 2-sathga o‘tganda qanday energiyali foton nurlaydi? A) 81E/32 B) E C) E/32 D) 9E/16 24 / 40 Har biri 10nC dan bo‘lgan 2 ta shar ingichka sim bilan tutashtirilsa, kichkina sharning zaryadi qanday? A) 6nC B) 16nC C) 4nC D) 8nC 25 / 40 K va N nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 25V bo‘lsa, L va N nuqtalar orasidagi kuchlanish qancha (V)? A) Ux=φ(LN)=10V B) Ux=φ(LN)=5V C) Ux=(φLN)=40V D) Ux=φ(LN)=50V 26 / 40 Massasi 16 µg bo‘lgan sharcha orasidagi masofa 5 cm bo‘lgan plastinkalar orasida rasmdagidek turib qoldi. Agar buchak 45o, zaryadi 32 µC bo‘lsa, plastinkalar orasidagi kuchlanish qanday (μV)? g=10m/s² A) 75 B) 125 C) 500 D) 250 27 / 40 Mikroskopda qanday tasvir hosil bo‘ladi? A) Mikroskopda aniq, teskari, kattalashgan tasvir hosil bo‘ladi B) Mikroskopda mavhum, teskari, kichiklashgantasvir hosil bo‘ladi C) Mikroskopda mavhum, teskari, kattalashgan tasvir hosil bo‘ladi D) Mikroskopda mavhum, to'g'ri, kattalashgan tasvir hosil bo‘ladi 28 / 40 Ideal gaz TV3=const qonun bo‘yicha hajmi 2 marta ortsa, bosim qanday o‘zgaradi? A) 16 marta kamayadi B) 2 marta kamayadi C) 8 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 29 / 40 Rasmdagi K mashina turgan joyni sanoq boshi va OX o‘qini mashinalarning harakat yo‘nalishida deb qabul qilib, K-mashina uchun koordinata tenglamasini yozing. A) X=60t B) X=40t C) X=20t D) X=80t 30 / 40 Og‘irligi 20N bo‘lgan richakka 2 ta yuk osilgan. P1=10N bo‘lsa, P2 necha N bo‘ladi? A) P2=30 N B) P2=20 N C) P2=40 N D) P2=50 N 31 / 40 Ipga osilgan musbat zaryadlangan sharcha vertikaldan 45o ga og‘ib turib qoldi. Agar musbat zaryadli sharcha massasi 160 mg bo‘lsa, sharchalar zaryad miqdori qancha (nC)? d=3cm A) 8 B) 4 C) 16 D) 12 32 / 40 Rasmdagidek harakatlanayotgan jismni 20s dan keyingi koordinatasini toping. A) X=106 m B) X=96 m C) X=126 m D) X=136 m 33 / 40 q3>0 bo‘lsa, q1 va q2 zaryadlarning ishorasi qanday? A) q1-manfiy, q2-musbat B) q2-manfiy, q1-musbat C) q1-manfiy, q2-manfiy D) q1-musbat, q2-musbat 34 / 40 X jism suyuqliklar solingan idishlarga tushurilganda, idishlardagi suyuqliklar balandliklari h bo‘lib muvozanatda qolmoqda. Bunga asosan, K, L, M nuqtalardagi suyuqlikning bosimlari PK, PL, PM orasidagi munosabat qanday? A) PL>PK>PM B) PL<PK>PM C) PL>PK<PM D) PL<PK<PM 35 / 40 I=5A, ampermetr 4A ni ko‘rsatmoqda. Rezistor qarshiligi ampermetr qarshiligidan necha marta katta? A) 6 marta katta B) 2 marta katta C) 8 marta katta D) 4 marta katta 36 / 40 Og‘irligi P bo‘lgan blokka A va B jismlar osilgan. Richak muvozanatda bo‘lishi uchun qancha F kuch qo‘yish kerak? Richak vaznsiz. A) 5p B) 6P C) 7,5p D) 10p 37 / 40 Elektronni qaysi nuqtaga joylashtirganda, u eng katta energiyaga ega bo‘ladi? A) 3-nuqtaga B) 2-nuqtaga C) 1-nuqtaga D) TJY 38 / 40 C=4µF sig‘imli 3 ta kondensator berilgan. 6µF sig‘im hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak? A) hammasini ketma-ket ulash kerak B) Ikkitasini o‘zaro parallel, qolgan bittasini ularga ketma-ket ulash kerak C) Ikkitasini o‘zaro ketma-ket, qolgan bittasini ularga parallel ulash kerak D) hammasini parallel ulash kerak 39 / 40 ν=3 mol ideal gazning hajmi 200 kPa o‘zgarmas bosim ostida 2 m3 dan 7 m3 gacha o‘zgardi. Ichki energiya o‘zgarishini aniqlang(J). Gaz ikki atomli A) 3 B) 6 C) 2,5 D) 5 40 / 40 Qaysi grafikda izotermik kengayotgan ideal gaz ifodalangan? A) 4-grafik B) 1-grafik C) 2-grafik D) 3-grafik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Fizika attestatsiya