5-sinf Ona tili 3-chorak yuzasidan TEST Mart 26, 2021Mart 27, 2021 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 5-sinf Ona tili 3-chorak yuzasidan TEST ga 4 fikr bildirilgan 91 OMAD YOR BO'LSIN! 5-sinf Ona tili va adabiyot 3-chorak Test muallifi: Xatirchi tuman 54-maktab ona tili va adabiyot o'qituvchisi Turdimurodov Uyg'un 1 / 25 B,M,P,V,F undoshlari qanday tovushlarga kiradi? A) til tovushlariga B) bo`g`iz tovushlariga C) burun tovushlariga D) lab tovushlariga 2 / 25 ’’Ko’rpanga qarab oyoq uzatgin” degan tanbeh qaysi masal xulosasiga to’g’ri keladi? A) ’’Kiyik bilan tokzor” B) ’’Ustiga tuz yuklagan eshak” C) ’’Eshak bilan baqalar” D) ’’Burgut,zag’cha va cho’pon” 3 / 25 Ko`k yuzida pag`a bulut oq bulut, Oq bulutdan sut yog`armi yoki qut? Misralari bilan boshlanuvchi ushbu she`r muallifi kim? A) Oripov B) Olimjon C) Mirtemir D) Oybek 4 / 25 “Behuda chiranish belni sindiradi” degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) “Bo’ri bilan laylak” B) “Kiyik bilan tokzor” C) “Burgut, zag’cha va cho’pon” D) “Eshak bilan baqalar” 5 / 25 Safarning birinchi kechasida to‘ng‘ich botir nimani o‘ldiradi? A) qaroqchi o‘g‘rilarni B) sherni C) dinozavrni D) ajdarni 6 / 25 Tutuq belgisining tushib qolishi natijasida so'z ma'nosi o'zgaradigan qatonri toping. A) qal'a, e'tibor B) ta'kid, ta'lim C) sa'va, da'vo D) ma'lumot, ra'no 7 / 25 Qaysi qatordagi gapda olmoshning I shaxs birlikdagi shakli qo’llangan? A) Ular ta’tilda Samarqandga borishmoqchi. B) Men Buxoroda tug’ilganman. C) Biz O’zbekiston farzandimiz. D) Siz O’zbekistonning qaysi shaharlarida bo’lgansiz? 8 / 25 O'zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan? A) 1989yil 29-avgustda B) 1991–yil 1 –sentabrda C) 1991yil 31 avgustda D) 1989-yil 21-oktabrda 9 / 25 Qaysi qatordagi so'zlarda bo'g'in ko'chirish qoidasi buzilgan? A) men-ga, tan-ga B) in-gliz, mao-rif C) daf-tar, aka-si D) si-ngil, de-ngiz 10 / 25 Asarda kim kenja botirni qamatib yuboradi? A) cho‘pon B) bog‘bon C) vazir D) dehqon 11 / 25 Aqlni ishlatish, qiyinchlikka sabrli bo’lish kerak degan xulosa qaysi masalda ifodalangan? A) ’’Eshak bilan baqalar” B) ’’Burgut, zag’cha va cho’pon” C) ’’Kiyik bilan tokzor” D) ’’Ustiga tuz yuklangan eshak” 12 / 25 Yangi o'zbek alifbosi qaysi yozuvga asoslanadi? A) lotin yozuviga B) kirill yozuviga C) rus yozuviga D) arab yozuviga 13 / 25 Quyidagi so`zlarda sodir bo`ladigan o’zgarishni toping? Son – sana,Ong- angla, Bo`ya – bo`yoq A) hech qanday o`zgarish yo`q B) tovush almashishi C) tovush ortishi D) tovush tushishi 14 / 25 Rang–tusni ifodalovchi so’zlar qatnashgan qatorni toping. A) Oynaga parda osilgan. B) Kitobni ko’k javonga qo’ydim C) Mebel do’konida mebel sotiladi. D) Xona o’rtasida stul turibdi 15 / 25 Totli, mazali, chuchuk so’zlari .... ifodalaydi. A) Manzil B) Rang–tus C) Maza–ta’m D) Istak 16 / 25 O'pkadan chiqayotgan havonmg to'siqqa uchramasligi natijasida hosil bo'ladigan tovushlar qatorini toping. A) o',q, g',i, u, e B) i, u, e, o',a, o C) j,k, l,r, q D) f, b, p, m, k 17 / 25 Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan? A) Katta, shirin, mazali B) Shirin, achchiq, qisqa C) yashil, mazali, nordon D) Katta, kichik, uzun 18 / 25 Tartib son raqam bilan ifodalanganda,raqamdan keyin qo’yiladi va deb o’qiladi. A) chiziqcha,(i)nchi B) chiziqcha,tacha C) nuqta,(i)nchi D) tire,(inchi) 19 / 25 O`zbek tilida nechta unli tovush va unli harf bor? A) 7 tovush 6 ta harf B) 5 tovush 5 ta harf C) 6 tovush 6 ta harf D) 6 tovush 10 ta harf 20 / 25 Fonetika nima haqida bahs yuritadi? A) so'z turkumlari B) nutq tovushlar C) so'z va uning ma'nolari D) gap va uning turlari 21 / 25 Qaysi qatordagi so`zlarga nuqtalar o`rniga A harfi qo`yilishi lozim? A) Q…don, Z…lom B) Z…mon, H…mon C) K…mil, K…mol D) H..li, H..zir 22 / 25 To'g'ri yozish qonun-qoidalarini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limiga nima deyiladi? A) orfografiya B) leksikologiya C) Orfoepiya D) TJY 23 / 25 Qaysi qatorda tovush o`zgarishlari kuzatilgan? A) bilan, stadion B) singli, ko`ngli C) tabiat, tantana D) brigada, zveno 24 / 25 Maqolni davom etiring. “Do’st – do’stning” A) ko’rki B) boyligi C) oynasi D) ishongan tog’i 25 / 25 Lab undoshlari deb nimaga aytiladi? A) tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo`lgan tovushlarga B) to`siqqa uchragan havoning burin orqali o`tishidan hosil bo`lgan tovushlarga C) o`pkadan chiqayotgan havoning bo`g`izga tiqilishidan hosil bo`lgan tovushlarga D) talaffuzda lab ishtirok etgan tovushlar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot choraklik Teglar:5-sinf, ona tili, online test