Sanoq sistemalari №1 Aprel 14, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Sanoq sistemalari №1 ga fikr bildirilmagan. 332 12345678910111213141516171819202122232425 Sanoq sistemalari №1 Sanoq sistemalari haqida 1 / 25 1. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9; ushbu raqamlar qanday sanoq sistemasi alifbosi elementlari? A) Ikkilik B) To’qqizlik C) O’nlik D) Beshlik 2 / 25 2. O‘nlik sanoq sistemasidagi 4 xonali eng katta sonni toping. A) 1000 B) 9999 C) 1111 D) 9000 3 / 25 3. Qadimgi Mayya xalqi qanday sanoq sistemasidan foydalangan? A) Yigirmatalik sanoq sistemasi B) O’nlik sanoq sistemasi C) Beshlik sanoq sistemasi D) Ikkilik sanoq sistemasi 4 / 25 4. Quyidagi sonni yoyiq ko‘rinishda yozing: 3641₁₀ A) 6 ∙10³ + 3 ∙10² + 4 ∙10¹ + 1 ∙ 10⁰ B) 3 ∙10⁴ + 6 ∙10³ + 4 ∙10² + 1 ∙ 10¹ C) 3 ∙10³ + 6 ∙10² + 4 ∙10¹ + 1 ∙ 10⁰ D) 3 ∙10² + 4 ∙10¹ + 1 ∙ 10⁰ 5 / 25 5. Sakkizlik sanoq sistemasining raqamlarni toping. A) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 C) 0, 1, 2, 3, 4, 5 D) 0, 1, 2, 3, 4 6 / 25 6. Quyidagi sonni yoyiq ko‘rinishda yozing: 1040310₅ A) 1 ∙5⁶ + 0 ∙5⁵ + 4 ∙5⁴ + 0 ∙5³ +3 ∙5² + 0 ∙ 5⁰ B) 1 ∙5⁶ + 0 ∙5⁵ + 4 ∙5⁴ + 0 ∙5³ + 1∙5¹ + 0 ∙ 5⁰ C) 1 ∙5⁶ + 4 ∙5⁴ + 0 ∙5³ +3 ∙10² + 1∙5¹ + 0 ∙ 5⁰ D) 1 ∙5⁶ + 0 ∙5⁵ + 0 ∙5³ +3 ∙5² + 1∙5¹ 7 / 25 7. O‘n oltilik sanoq sistemasining raqamlarni toping. A) 0, 1, 2, 3, 4, 5 B) 0, 1, 2, 3, 4 C) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F D) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 8 / 25 8. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8: ushbu raqamlar qanday sanoq sistemasi alifbosi elementlari? A) To’qqizlik B) Ikkilik C) Beshlik D) O’nlik 9 / 25 9. Quyidagi sonni ixcham ko‘rinishda yozing: 5 ∙ 12² A) 500₁₀ B) 500₁₂ C) 50₁₂ D) 5₁₀ 10 / 25 10. kkilik sanoq sistemasida 6 xonali eng kichik sonni yozing A) 100001 B) 111111 C) 100000 D) 10000 11 / 25 11. Pozitsiyali sanoq sistemalarida sonlarni yozishning qanday usullari bor? A) Ixcham B) Barcha javob to’g’ri C) Yoyiq 12 / 25 12. O‘nlik sanoq sistemasida berilgan son 30 ga teng. Shu son boshqa sanoq sistemasida 36 ga teng bo‘lsa, noma’lum sanoq sistemasi asosini aniqlang. A) 6 B) 8 C) 10 D) 7 13 / 25 13. Sanoq sistemasi asosi –…. Ta’rifni davom ettiring. A) sonlarni aniq qoidalar asosida belgilash tizimi. B) sanoq sistemasidagi jami raqamlar soni. C) Barcha ta’rif to’g’ri D) raqamlarning berilayotgan sondagi o‘rni. 14 / 25 14. Sanoq sistemasi –….Ta’rifni davom ettiring. A) Barcha ta’rif to’g’ri B) raqamlarning berilayotgan sondagi o‘rni. C) sanoq sistemasidagi jami raqamlar soni. D) sonlarni aniq qoidalar asosida belgilash tizimi. 15 / 25 15. Quyidagi sonni ixcham ko‘rinishda yozing: 2 ∙ 3³ + 2 ∙ 3¹ + 1 ∙ 3⁰ A) 221₃ B) 202₃ C) 2021₁₀ D) 2021₃ 16 / 25 16. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D; ushbu raqamlar qanday sanoq sistemasi alifbosi elementlari? A) To’qqizlik B) O’n ikkilik C) O’n oltilik D) O’n to’rtlik 17 / 25 17. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B; ushbu raqamlar qanday sanoq sistemasi alifbosi elementlari? A) O’n ikkilik B) Oltilik C) To’qqizlik D) O’n oltilik 18 / 25 18. Pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) Ikkilik sanoq sistemasi B) O‘nlik sanoq sistemasi C) O‘n oltilik sanoq sistemasi D) Misr o‘nlik sanoq sistemasi 19 / 25 19. Pozitsiyali sanoq sistemalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) O‘nlik sanoq sistemasi B) Ikkilik sanoq sistemasi C) Barcha javoblar to’g’ri D) O‘n oltilik sanoq sistemasi 20 / 25 20. Quyidagi sonni ixcham ko‘rinishda yozing: 4 ∙ 16² + 11 ∙ 16¹ + 1 ∙ 16⁰ A) 4B1₁₆ B) 4B1₁₀ C) 4111₁₆ D) 4111₈ 21 / 25 21. Agar sonlarni yozishda raqamning qiymati uning sondagi o‘rni (razryadi)ga bog‘liq bo‘lmasa, bunday sanoq sistemalari … deb yuritiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni tanlang. A) pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari B) pozitsiyali sanoq sistemalari 22 / 25 22. Agar sonlarni yozishda raqamning qiymati uning sondagi o‘rni (razryadi)ga bog‘liq bo‘lsa, bunday sanoq sistemalari … deb yuritiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni tanlang. A) pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari B) pozitsiyali sanoq sistemalari 23 / 25 23. O‘nlik sanoq sistemasida berilgan son 27 ga teng. Shu son boshqa sanoq sistemasida 30 ga teng bo‘lsa, noma’lum sanoq sistemasi asosini aniqlang. A) 7 B) 8 C) 10 D) 9 24 / 25 24. O‘nlik sanoq sistemasida berilgan son 24 ga teng. U boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazilganda, 18 ga teng ekanligi aniqlandi. O‘tkazilgan son qaysi sanoq sistemasida ifodalanganligini aniqlang A) 16 B) 10 C) 14 D) 15 25 / 25 25. 0, 1, 2, 3, 4, 5, ushbu raqamlar qanday sanoq sistemasi alifbosi elementlari? A) Oltilik B) To’qqizlik C) O’n oltilik D) Beshlik 0% Author: InfoMaster Sanoq sistemalari