Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 Aprel 16, 2024Aprel 25, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 366 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 Abituriyent uchun tarix fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan? A) 1990-yil 20-iyunda B) 1991-yil 31-avgustda C) 1990-yil 24-martda D) 1989-yil 21-oktyabrda 2 / 10 2. Miloddan avvalgi VII – VI asrlarga oid qadimiy Qiziltepa shahri qaysi viloyatda joylashgan? A) Qashqadaryo B) Xorazm C) Surxondaryo D) Farg‘ona 3 / 10 3. XX asr boshlarida yozilgan “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” pyesasi muallifi kim? A) Abdurauf Fitrat B) Abdulla Qodiriy C) Nusratilla Qudratilla o‘g‘li D) Hamza Hakimzoda Niyoziy 4 / 10 4. 2004-yil qaysi xorijiy universitetda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgan? A) Boku shahridagi Hazar universitetida B) Tokio shahridagi Soka universitetida C) Seul shahridagi Pohang universitetida D) Qohira shahridagi Al-Azhar universitetida 5 / 10 5. Marv va Miyonqol bekliklaridagi qo‘zg‘o-lonlar qaysi Buxoro hukmdori davrida yuz bergan? A) Doniyolbiy otaliq B) amir Haydar C) Subhonqulixon D) amir Nasrullo 6 / 10 6. “Shiroq” afsonasi qaysi yunon tarixchisi asarida keltirilgan? A) Strabon B) Arrian C) Poliyen D) Geradot 7 / 10 7. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yil-larigacha mavjud bo‘lgan bu davlat tarkibiga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, hozirgi Pokiston va Afg‘oniston hududlari ham kirgan. Poytaxtlari Buxoro viloyatidagi Varaxsha va Poykand shaharlari bo‘lgan. Ushbu matn qaysi davlat haqida? A) Eftaliylar davlati B) G‘aznaviylar davlati C) G‘arbiy Turk xoqonligi D) Xiyoniylar davlati 8 / 10 8. U 973-yil qadimiy Kat shahrida tug‘ilgan. Yoshligida Gurganj shahrida ta’lim olgan. 1017-yil Mahmud G‘aznaviy tomonidan G‘azni shahriga olib ketilib, 1048-yil u yerda vafot etgan. Uning “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Geodeziya” kabi 160 dan ziyod asarlari mavjud. Ushbu matn qaysi mutafakkir haqida? A) Ahmad al-Farg‘oniy B) Mahmud az-Zamaxshariy C) Mahmud Koshg‘ariy D) Abu Rayhon Beruniy 9 / 10 9. Qoraxoniylar davlati asoschisi kim? A) Alptegin B) Ismoil Somoniy C) Horun Bug‘roxon D) Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon 10 / 10 10. O‘rta Osiyodagi qaysi davlat 1920-yil 2-fevralda barham topgan? A) Turkiston general-gubernatorligi B) Xiva xonligi C) Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi D) Buxoro amirligi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix majburiy blok