Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Mart 11, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 108 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi so‘zdagi undoshlarning barchasi jarangli? A) jo‘xorizor B) mag‘lubiyat C) gapdonlar D) jig‘ibiyron 2 / 10 2. Ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni toping. A) Kvadratning tomonlari teng. B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. C) U akasiga qaraganda nimadir demoqchi bo‘ldi. D) Kiyik ovchini ko‘ra qochdi. 3 / 10 3. Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning (I. Sulton). Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) metonimiya B) kinoya C) vazifadoshlik D) metafora 4 / 10 4. Dasturxonga shira bog‘lagan oltin rang uzum qo‘yildi. Ushbu gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? A) ulamoq B) tugmoq C) yig‘moq D) o‘ramoq 5 / 10 5. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida nechta so‘zda tovush almashishi yuz bergan? A) 4 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta 6 / 10 6. Qaysi gapda olmoshning 4 ta turi qatnashgan? A) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. B) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. C) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi. D) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. 7 / 10 7. Ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang. A) So‘ng kampirning arang uyquga ketganini va uyqu aralash yig‘i tovushini eshitganini aytadi. B) Kultegin yayov otilib hujum qildi. C) Ey aziz Toshkentim, nega sen bugun bola kabi to‘polon qilding ertalab. D) Qovunlarni xonaga terib qo‘yganimizdan keyin u yerga bir kosa suv ham olib kirib qo‘yamiz. 8 / 10 8. Sinonimlar qatorida “begona” so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang. A) mangu, abadiy, umrbod B) ruxsat, javob, izm C) sabr, toqat, chidam D) nihoya, yakun, oxir 9 / 10 9. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qo‘llangan? A) Salim aytgan edi-yu bu ishga aloqasi yo‘qligini. B) U ilmga oshiq-u beqaror edi. C) Kitobni yopdi-yu, miyasida aylanayotgan savollarga javob izlay boshladi. D) Ovchi nihoyatda kechikkanini bildi-yu, umid uni o‘lja sari burdi. 10 / 10 10. Qaysi javobda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A) Qayerdaman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur... B) – Atayin o‘zlarini yo‘qlab keldim. Suratingizni ishlashim kerak. C) Miryoqub uning aqlini o‘g‘irlamoq maqsadida qichiq masaladan gap ochdi: – To‘yni nima qildik, xo‘jayin? – dedi u qo‘lini chayqab turib. D) Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok