Biologiya abituriyent testi №3 Mart 5, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya abituriyent testi №3 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 120 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya abituriyent testi №3 Abituriyent uchun biologiya fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi? A) IV B) I, II C) I, II, III, IV D) II, III 2 / 30 O‘rdakburun qayerga uya quradi? A) uya qurmaydi B) suv ostiga C) daryo qirg‘og‘iga D) ochiq dashtga 3 / 30 Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1) UAG; 2) UAS; 3) UAA; 4) UAU; 5) UGA; 6) UGS A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 4, 5, 6 4 / 30 Kapalaklarning xartumi nimalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? a)pastki jag‘; b) pastki lab; c) yuqori jag‘; d) yuqori lab A) a, b B) b, d C) a, c D) c, d 5 / 30 Quyidagi hayvonlarning qaysilari ochiq qon aylanish sistemasiga ega? A) ustritsa, nereida B) ipak qurti, taroqcha C) midiya, yomg‘ir chuvalchangi D) qizil chuvalchang, kulrang satir 6 / 30 Jag‘-jag‘ning ildiz bo‘g‘izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan A) 1-b, c; 2-a, d B) 1-c, d; 2-a, b C) 1-a, d; 2-b, c D) 1-a, b; 2-c, d 7 / 30 DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan ukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi? A) A−34, G−16, S−16 B) A−32, G−32, S−32 C) A−16, G−34, S−34 D) A−16, G−16, S−16 8 / 30 Ibn Sino qalamiga mansub ”Tib qonunlari” asarining 2- kitobida nimalar haqida ma’lumot berilgan? A) jarrohlik, suyaklarning sinishi va chiqishi haqida B) organlardagi kasalliklar, ularni aniqlash va davolash haqida C) o‘simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan dorilar haqida D) organlarning tuzilishi, kasalliklari, davolash usullari haqida 9 / 30 Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog‘liq? A) o‘sish va rivojlanish B) o‘zini-o‘zi idora etish C) o‘zini-o‘zi tiklash D) qo‘zg‘aluvchanlik 10 / 30 AACCDdGgJJYyUuXxkk quydagi genotipga ega organizmdan necha xil gameta olish mumkin? A) 18 B) 64 C) 16 D) 32 11 / 30 Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang. A) qiloyoq, kanna B) malla revun, shinshilla C) kafr buyvoli, maral D) mindanoo, vapita 12 / 30 O‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoidni aniqlang. A) ribosoma B) sentriola C) golji majmuasi D) lizosoma 13 / 30 Agar vazopressinning I-RNK molekulasida 9 ta kodon bo‘lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi? A) 27 B) 9 C) 54 D) 3 14 / 30 Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarning o‘tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog‘liq? A) Fe, Mg, K B) Na, K, Cl C) Na, K, Ca D) Na, K, Fe 15 / 30 Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub? A) neoarktik B) hindomalay C) neotropik D) paleoarktik 16 / 30 Ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida fermentlar ishlab chiqilmaydi? A) ingichka ichakda B) qizilo‘ngachda C) og‘iz bo‘shlig‘ida D) oshqozonda 17 / 30 Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini oshiradigan evolutsion o‘zgarish nima deb ataladi? A) umumiy degeneratsiya B) aromorfoz C) regress D) idioadaptatsiya 18 / 30 Qaysi manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali? A) zarang, terak B) barchasining C) shumtol, qayrag‘och D) qayrag‘och, burchoq 19 / 30 Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor? A) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi B) limfa tomirlari yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi C) limfa tomirlari to‘qima va organlardan boshlanadi D) farqi bo‘lmaydi 20 / 30 Qaysi o‘simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, uni mikroskopda butunligicha ko‘rish mumkin? A) piyoz B) spirogira C) elodeya D) g‘o‘za 21 / 30 Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi ko‘proq qayerda ro‘y beradi? A) populyatsiya arealida alohidalanish ro‘y bermaydi B) tur egallagan arealning barcha qismida C) tur egallagan arealning chetki qismlarida D) tur egallagan arealning markazida 22 / 30 Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) sporalilar va soxta oyoqlilar B) bakteriya va xivchinlilar C) bakteriya va infuzoriya D) infuzoriya va nozema 23 / 30 Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating. 1) Yaroslavl; 2) Simmental; 3) Gereford; 4) Shortgorn; 5) Qizil dasht; 6) Xolmogor; 7) Kostroma A) 2, 7 B) 1, 2, 7 C) 2, 4, 6 D) 3, 4, 5 24 / 30 Periost nima va u qaysi to‘qimalardan iborat? A) suyak usti pardasi, biriktiruvchi to‘qima B) akson usti pardasi, biriktiruvchi parda C) yurakning tashqi qavati, biriktiruvchi to‘qima D) suyak usti pardasi, ko‘p qavatli epiteliy to‘qima 25 / 30 Ensefalit nima? A) harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi B) muskul tolalari qisqarib, bo‘shasha olmay qolishi C) odam tanasining umumiy qaltirashi D) bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi 26 / 30 Temirtikan o‘simligi qanday poyaga ega? A) ilashuvchi B) chirmashuvchi C) tik o‘suvchi D) palak yoyib o‘suvchi 27 / 30 Cherkez o‘simligining qaysi qismlaridan tayyorlangan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi? A) bargi va mevasi B) barchasi C) ildiz, poya va guli D) ildiz va poyasi 28 / 30 Ildiz turlarini aniqlang. a)asosiy; b) o‘q ildiz; c) popuk ildiz; d) yon; e) qo‘shimcha. A) b, c B) a, d, e C) d, e, c D) a, b, c 29 / 30 Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida qaysi organ joylashgan? A) jigar B) ayrisimon bez C) taloq D) me’da osti bezi 30 / 30 Go‘shti uchun ko‘plab ovlanadigan molluskalarni belgilang. A) taroqchalar, ustritsa, midiya B) bitiniya, sadafdorlar, dreysena C) midiya, taroqchalar, baqachanoq D) dreysena, midiya, ustritsa 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya abituriyent