9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Oktabr 15, 2022Oktabr 15, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 3 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Ketgan B) Ketadigan C) Ketayotgan D) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi 2 / 25 2. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) ravishdosh B) fe’l C) sifatdosh D) harakat nomi 3 / 25 3. Bog‘lovchi bilan yasalgan gapda qanday ma’no ifodalab kelinmoqda? Chunki qorong‘u tushib qolgan edi. A) Sabab ma’nosi ifodalab kelinmoqda. B) Shart ma’nosi ifodalab kelinmoqda. C) Inkor ma’nosi ifodalab kelinmoqda. D) Aniqlov ma’nosi ifodalanmoqda. 4 / 25 4. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. B) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. C) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. D) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. 5 / 25 5. Undalmalar gapda qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? A) undov, vergul B) ikki nuqta C) vergul, nuqta D) qavs, qo‘shtirnoq 6 / 25 6. Sifatdosh nechta zamon shakliga ega? A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta 7 / 25 7. Matni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlar qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) ot, sifat, fe’l B) sifat, ot, ravish C) ot, ravish, fe’l D) olmosh, sifat, fe’l 8 / 25 8. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan sarlavhalardan qaysi biri matn uchun mos emas? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti.Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Fasllar go‘zalligi B) Mehnat fasli C) Yozdagi mevalar D) Yoz tarovati 9 / 25 9. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. B) Keksalarni e’zozlaylik C) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. D) Nahorga oshga chiqing 10 / 25 10. Nuqtalar o‘rniga mos yuklamalarni qo‘ying. 1)Nok shirin bo‘ladi… , ammo hosilga kech kiradi… .2)Bu ishni sen… uddalarsan, biroq ukang eplarmikin? A) -yu; -da; - ku. B) -u; -da; -ku. C) -ku; -da; -ku. D) ham; -da; -ku. 11 / 25 11. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) fe’l deyiladi B) vazifadosh shakli C) nisbat zamon shakli D) bo‘lishsizlik shakli 12 / 25 12. Aniq nisbatda berilgan gapni aniqlang. A) U o‘zining kuchini shaxmatda ko‘rsatdi. B) Respublikamizda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. C) Jinoyatchilar ishi qayta ko‘rildi. D) Davron bilan Maqsud musobaqada ko‘rishdi. 13 / 25 13. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. B) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. C) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. D) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. 14 / 25 14. Quyidagi so‘zlardan ijobiy fazilatni ko‘rsatilgan so‘zlarni belgilang. A) oq ko‘ngil B) ishyoqmas C) dangasa D) ochiko‘z 15 / 25 15. Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni belgilang. A) Ham yuklamasi alohida ajratib yoziladi B) Faqat yuklamasi ajratib yozilmaydi C) -da chiziqcha bilan yoziladigan yuklama hisoblanadi D) Qo‘shib yoziladigan yuklamalarga -mi, -gina kiradi 16 / 25 16. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) aniq nisbat B) majhul nisbat C) o‘zlik nisbat D) ortirma nisbat 17 / 25 17. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Taklif so‘z-gaplar B) Modal so‘z-gaplar C) Inkor so‘z-gaplar D) Tasdiq so‘z-gaplar 18 / 25 18. Qaysi qatorda yordamchi fe’llar berilgan? A) kerak, bo‘ladi B) qilmoq, olmoq C) harakat, bo‘lmoq D) zarur, kerak 19 / 25 19. Matni o‘qing. Qaysi meva yozda birinchi pishadigan meva deb tariflangan? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Uzum B) Qulupnay C) Gilos, olma, o‘rik D) Handalak 20 / 25 20. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi? A) -gan,-kan,-qan B) -gach, -guncha, -gani C) -li, -siz, be D) -sh, -ish, -moq 21 / 25 21. Hozirgi zamon sifatdoshi berilgan gap qatorini aniqlang. A) Jahonda elektron texnika ixtiro qilgan konpaniyalar juda ko‘p. B) O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida yartilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. C) Asrlar mobaynida rangini yo‘qotmay kelayotgan bo‘yoqlar siri kashf etilmadi. D) Kelajakda o‘zbek tilida o‘qiydigan maxsus dasturlar yaratiladi. 22 / 25 22. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -li, ba-, -bo B) -gi, -chi, -kor C) -ona, -siz, -lab D) -da, -ni, -ning 23 / 25 23. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) bo‘lishsizlik B) kishilik C) gumon D) o‘zlik 24 / 25 24. Kim? Nima? so‘rog‘iga qaysi gap bo‘lagi javob bo‘ladi? A) Aniqlovchi B) Ega C) Hol D) To‘ldiruvchi 25 / 25 25. Ko‘rsatilgan misollardan mavhum otlar berilgan qatorni toping. A) chopmoq, o‘qish, yurak B) vijdon, go‘zallik, sevgi C) havorang, tirma, yovuzlik D) ezgulik, kiyik, avtobus 0% Author: InfoMaster Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada