Biologiya abituriyent testi №3 Mart 5, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya abituriyent testi №3 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 129 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya abituriyent testi №3 Abituriyent uchun biologiya fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 O‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoidni aniqlang. A) sentriola B) lizosoma C) golji majmuasi D) ribosoma 2 / 30 Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi ko‘proq qayerda ro‘y beradi? A) tur egallagan arealning barcha qismida B) tur egallagan arealning chetki qismlarida C) populyatsiya arealida alohidalanish ro‘y bermaydi D) tur egallagan arealning markazida 3 / 30 Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida qaysi organ joylashgan? A) me’da osti bezi B) taloq C) jigar D) ayrisimon bez 4 / 30 Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini oshiradigan evolutsion o‘zgarish nima deb ataladi? A) umumiy degeneratsiya B) regress C) aromorfoz D) idioadaptatsiya 5 / 30 Go‘shti uchun ko‘plab ovlanadigan molluskalarni belgilang. A) midiya, taroqchalar, baqachanoq B) dreysena, midiya, ustritsa C) bitiniya, sadafdorlar, dreysena D) taroqchalar, ustritsa, midiya 6 / 30 Quyidagi hayvonlarning qaysilari ochiq qon aylanish sistemasiga ega? A) ipak qurti, taroqcha B) qizil chuvalchang, kulrang satir C) midiya, yomg‘ir chuvalchangi D) ustritsa, nereida 7 / 30 Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor? A) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi B) limfa tomirlari yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi C) farqi bo‘lmaydi D) limfa tomirlari to‘qima va organlardan boshlanadi 8 / 30 Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub? A) neoarktik B) hindomalay C) paleoarktik D) neotropik 9 / 30 Kapalaklarning xartumi nimalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? a)pastki jag‘; b) pastki lab; c) yuqori jag‘; d) yuqori lab A) a, b B) b, d C) a, c D) c, d 10 / 30 Ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida fermentlar ishlab chiqilmaydi? A) qizilo‘ngachda B) oshqozonda C) og‘iz bo‘shlig‘ida D) ingichka ichakda 11 / 30 Cherkez o‘simligining qaysi qismlaridan tayyorlangan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi? A) ildiz, poya va guli B) bargi va mevasi C) barchasi D) ildiz va poyasi 12 / 30 Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) infuzoriya va nozema B) sporalilar va soxta oyoqlilar C) bakteriya va xivchinlilar D) bakteriya va infuzoriya 13 / 30 Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarning o‘tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog‘liq? A) Na, K, Ca B) Fe, Mg, K C) Na, K, Cl D) Na, K, Fe 14 / 30 Qaysi o‘simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, uni mikroskopda butunligicha ko‘rish mumkin? A) piyoz B) spirogira C) elodeya D) g‘o‘za 15 / 30 Jag‘-jag‘ning ildiz bo‘g‘izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan A) 1-a, b; 2-c, d B) 1-a, d; 2-b, c C) 1-c, d; 2-a, b D) 1-b, c; 2-a, d 16 / 30 Periost nima va u qaysi to‘qimalardan iborat? A) suyak usti pardasi, ko‘p qavatli epiteliy to‘qima B) akson usti pardasi, biriktiruvchi parda C) yurakning tashqi qavati, biriktiruvchi to‘qima D) suyak usti pardasi, biriktiruvchi to‘qima 17 / 30 Ibn Sino qalamiga mansub ”Tib qonunlari” asarining 2- kitobida nimalar haqida ma’lumot berilgan? A) jarrohlik, suyaklarning sinishi va chiqishi haqida B) organlardagi kasalliklar, ularni aniqlash va davolash haqida C) organlarning tuzilishi, kasalliklari, davolash usullari haqida D) o‘simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan dorilar haqida 18 / 30 Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1) UAG; 2) UAS; 3) UAA; 4) UAU; 5) UGA; 6) UGS A) 1, 4, 5 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 19 / 30 DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan ukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi? A) A−34, G−16, S−16 B) A−32, G−32, S−32 C) A−16, G−34, S−34 D) A−16, G−16, S−16 20 / 30 Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog‘liq? A) o‘zini-o‘zi tiklash B) qo‘zg‘aluvchanlik C) o‘zini-o‘zi idora etish D) o‘sish va rivojlanish 21 / 30 AACCDdGgJJYyUuXxkk quydagi genotipga ega organizmdan necha xil gameta olish mumkin? A) 16 B) 32 C) 18 D) 64 22 / 30 Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang. A) mindanoo, vapita B) qiloyoq, kanna C) malla revun, shinshilla D) kafr buyvoli, maral 23 / 30 Qaysi manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali? A) zarang, terak B) shumtol, qayrag‘och C) qayrag‘och, burchoq D) barchasining 24 / 30 Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating. 1) Yaroslavl; 2) Simmental; 3) Gereford; 4) Shortgorn; 5) Qizil dasht; 6) Xolmogor; 7) Kostroma A) 2, 7 B) 1, 2, 7 C) 2, 4, 6 D) 3, 4, 5 25 / 30 O‘rdakburun qayerga uya quradi? A) daryo qirg‘og‘iga B) suv ostiga C) uya qurmaydi D) ochiq dashtga 26 / 30 Agar vazopressinning I-RNK molekulasida 9 ta kodon bo‘lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi? A) 27 B) 54 C) 9 D) 3 27 / 30 Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi? A) I, II B) II, III C) I, II, III, IV D) IV 28 / 30 Temirtikan o‘simligi qanday poyaga ega? A) palak yoyib o‘suvchi B) tik o‘suvchi C) chirmashuvchi D) ilashuvchi 29 / 30 Ildiz turlarini aniqlang. a)asosiy; b) o‘q ildiz; c) popuk ildiz; d) yon; e) qo‘shimcha. A) a, b, c B) d, e, c C) a, d, e D) b, c 30 / 30 Ensefalit nima? A) odam tanasining umumiy qaltirashi B) harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi C) muskul tolalari qisqarib, bo‘shasha olmay qolishi D) bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya abituriyent