Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Dekabr 4, 2023May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 ga fikr bildirilmagan. 0% 7 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapdagi so‘zlarning barchasi o‘z ma’nosida qo‘llangan? A) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? B) Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi. C) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg‘a qildim. D) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi. 2 / 10 2. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. B) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. C) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. D) Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. 3 / 10 3. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. B) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. C) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? D) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u Baraka keltiradi o‘g‘lim. 4 / 10 4. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. B) To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. C) Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. D) Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. 5 / 10 5. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Bog‘bonning gaplari barchani o‘ylantirib qo‘ydi. B) Odobli va odobsizni o‘rtasidagi farqni ayting. C) O‘rinsiz aytilgan gap-so‘zlar insonning diliga ozor yetkazadi. D) Bobomlar bizning hol-ahvolimizdan xabardor ekanlar. 6 / 10 6. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) hamon, konstitutsiya B) tafsif, okeyan C) qadriyat, marketing D) hukm, internet 7 / 10 7. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A) Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. B) Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. C) Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. D) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. 8 / 10 8. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) suv//ilon, taklif//qil B) umum//milliy, binafsha//rang C) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha D) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p 9 / 10 9. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. B) Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. C) Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. D) Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. 10 / 10 10. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. B) O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. C) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. D) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok