9-sinf Biologiya olimpiada №5 Oktabr 16, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Biologiya olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 12 123456789101112131415 9-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 4-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 15 Katta qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang. a) itbaliq; b) salamandra; c) manta; d) qizilto‘sh; e) qurbaqa; f) gavial; g) turkiston agamasi a, c b, e, g a, b, e d, f 2 / 15 Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi. gul, meva, urug poya, barg ildiz, barg, gul to‘pbarg, ildizpoya 3 / 15 Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang kislorodni sarflanishi kislorodni hosil bo`lishi karbanat angidiritni ajralishi sut kislotani oksidlanishi 4 / 15 Dengiz mushugi (a) va tulen (b) bolalari uchun xosxususiyatlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) qishda tug‘iladi; 2) terisi oq jun bilan qoplangan; 3) terisiqora jun bilan qoplangan; 4) yoz boshlarida tug‘iladi;5) momiq juni dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng suzaboshlaydi; 6) suza boshlagandan so‘ng dag‘al juni momiq junbilan almashinadi a-1, 2, 6; b-3, 4, 5 a-3, 4, 5; b-2, 4, 6 a-1, 3, 5; b-1, 2, 6 a-3, 4; b-1, 2, 5 5 / 15 Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? o‘pka bilan nafas oladi. jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. 6 / 15 Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar 3, 5 1, 4 2, 4 1, 6 7 / 15 Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. bakra baliqlar, dumlilar toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar juft tuyoqlilar, karpsimonlar kaptarsimonlar, losossimonlar 8 / 15 Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi 2, 5 2, 4 1, 3 1, 4 9 / 15 B D C A 10 / 15 D B C A 11 / 15 Jayron (a) va miqqiy (b) uchun tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) miyacha po‘stlog‘ida burmalari mavjud; 2) jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; 3) urg‘ochisi geterogametali; 4) bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi; 5) oshqozoni to‘rt bo‘lmadan iborat; 6) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat; 7) gomoyoterm organizm; 8) yuragi ikkita bo‘lmacha va ikkita qorinchadan tashkil topgan; 9) embrional rivojlanish davri tashqi muhitda amalga oshadi; 10) ichki urug‘lanish kuzatiladi; 11) yo‘g‘on ichagi qisqa, to‘g‘ri ichagi bo‘lmaydi; 12) buyraklari nefronlardan tashkil topgan a − 5, 7, 8, 10, 12; b − 2, 4, 6, 8, 9, 11 a − 1, 3, 4, 6, 8, 12; b − 1, 5, 7, 9, 10, 11 a − 1, 4, 6, 10, 12; b − 3, 5, 7, 8, 9, 10 a − 1, 5, 7, 8, 9; b − 1, 2, 6, 8, 11, 12 12 / 15 Lipazalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) polisaxarid tarkibidagi monomerlarni bir-biridan ajratadi; 2) glikogendan glyukoza hosil bo‘lishida qatnashadi; 3) polimer tarkibidagi aminokislotalarni bir-biridan ajratadi; 4) dissimilyatsiya reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 5) sintez reaksiyalarida katalizator sifatida qatnashadi; 6) lipidlardan glitserin va yog‘ kislotalari hosil qiladi; 7) me’da va ingichka ichakda faoliyat ko‘rsatadi; 8) peptid bo‘g‘larni uzishda qatnashadi. 2, 4, 7 1, 3, 6 2, 5, 8 4, 6, 7 13 / 15 Oq shuvoq (a), oddiy g‘o‘za (b) va no‘xat (c) o‘simliklariga xos bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a − tuxum hujayrasi arxegoniy ichida yetiladi; b − changchilari ko‘p, iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi; c − gullari qiyshiq, ildizi o‘q ildiz tizimli a − tuxum hujayrasi murtak xaltasida yetiladi; b − changchilari gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan; c − burchoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t a− to‘pguli naysimon gullardan tashkil topgan; b − gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t; c − barglari yonbargchali, toq bargchalari o‘rnida gajak hosil bo‘ladi a − to‘pguli ikki jinsli tilsimon gullardan tashkil topgan; b − urug‘kurtagi tuguncha devori bilan o‘ralgan; c − changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgana 14 / 15 Dala qirqbo‘g‘imi va zuhrasoch qirqqulog‘ining hayot sikli uchun umumiy bosqichlar ketma- ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan. sporofit - sorus - sporangiy - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit spora - gametofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - sporofit - sporangiy - spora spora - sporofit - arxegoniy va anteridiy - gametalar - zigota - murtak - gametofit - sporangiy - spora sporofit - spora beruvchi boshoq - sporofill - sorus - spora - ikki jinsli gametofit - gametalar - zigota - murtak - sporofit 15 / 15 Selluloza qobig‘iga ega bo‘lmagan organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot (a) va hayotning hujayraviy shakli bo‘lmagan (b) organizmlarni aniqlang. 1) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi; 2) ensefalit qo‘zg`atuvchisi; 3) vertisill; 4) nozema; 5) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 6) qutirish qo‘zg`atuvchisi; 7) leshmaniya; 8) vabo qo‘zg‘atuvchisi a-5, 8; b-2, 6 a-4, 7; b-2, 6 a-5, 6; b-2, 3 a-1, 5; b-4, 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada