7-sinf O’zbekiston tarix №1 Aprel 20, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf O’zbekiston tarix №1 ga fikr bildirilmagan. 27 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf O'zbekiston tarix №1 1-4-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi? A) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida C) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida D) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunnarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida 2 / 40 2. “Ularning qishloqlarda ekinzor paykallardan tashqari, ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi”. Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub? A) urug‘ va qabila boshliqlari B) kashovarzlarlar C) dehqon D) kadivar 3 / 40 3. Qachоn Bumin «xоqоn» dеb e`lоn qilinadi? A) 563-yilda B) 555-yilda C) 552-yilda D) 558 -yilda 4 / 40 4. IV asrda Xorazmning Afrig’ shohlari kumush tangalari qanday tasvirlangan? A) old betida shoh va orqasida suvoriy tasviri B) yuza qismida otashparastlik,orqasida ayri tamg’a tasvirlangan C) old tomonida mulkdorlarning surati,orqasida gajak dumli bars yoki qoplon tasviri D) old tomonida hukmdor va malika,orqasida quyosh tasviri 5 / 40 5. Eftaliylar ichki va tashqi savdoda dastlab kimlarning tangalaridan foydalanganlar? A) sosoniylar B) xorazmshohlar C) toxarlar D) turklar 6 / 40 6. Eftaliylar davlati “Buyuk Ipak yo`li” orqali qaysi davlatlar bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi? A) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan B) Xitoy, Eron va Bolqon yarimoroli davlatlari bilan C) Xitoy, Hindiston va O‘rtayer dengiz davlatlari bilan D) Hindiston, Vizantiya va Franklar qirolligi bilan 7 / 40 7. 55. Sarkorlar o’zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan ajratib olish orqali qanday imkoniyatlarga ega bo’ldilar? 1)O’zlariga tegishli yer maydonlarida hosildorlikning yuqori darajada o’sishiga 2)Suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanishga 3)Qishloq aholisi ustidan o’z nazoratini o’rnatishga 4)Xo’jaligida qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsulotlarining vujudga kelishiga 5)To’g’on boshida objuvoz, moyjuvoz va tegirmon qurishga 6)Suv taqsimotini o’z nazoratiga olishiga A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6 8 / 40 8. 79. Eftallar davlatining dastlabki poytaxti bu ...? 1. Varaxsha 2. Vardona 3. Marv 4. Poykant A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 2, 4 9 / 40 9. Toxarlar kimlarning avlodlari bo’lgan? A) xunnlar B) saklar C) massagetlar D) kushonlar 10 / 40 10. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan Suriyagacha bo`lgan Ipak yo`li ustidan o`z nazоratini o`rnatadi? A) Erоn sоsоniylari B) Hindiston C) Kidariylar D) Turk xоqоnligi 11 / 40 11. V-asrning o’rtalariga kelib,garchi ekin yerlarininjg ma’lum qismi mulkdor dehqonlar qo’l ostidagi mulklardan iborat bo’lsa ham,ammo obikor yerlarning asosiy qismi……. A) ko’chmanchi qabilalar tomonidan bosib olingan edi B) hali ham qishloq jamoalarining qaramog’idaedi C) ruhoniylar qo’l ostida edi D) hali yetarlicha o’zlashtirilmagan edi 12 / 40 12. Hozirgi vaqtda Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv kanallari suv bilan taʼminlab turgan hududda qadimgi dunyo tarixida Saklarning qaysi guruhi yashagan? A) saka-xaumovarka B) saka-tiay-taradaraya C) yashamagan D) saka-tigraxauda 13 / 40 13. V asr oxiri-VI asr boshlarida quydagi qaysi viloyatlarda hashamatli binolari bo’lgan alohida-alohida qo’rg’onlar yuzaga kelgan? A) Samarqand, Buxoro, Xorazm, Naxshab, Choch B) Poykand, Vardona, Samarqand, Xorazm C) Xorazm, So’g’diyona, Choch, Toxariston (Baqtriya) D) Buxoro, Poykand, Baqtriya, Samarqand 14 / 40 14. G’arbiy Rim imperiyasi qulashidan 20 yil oldin O’zbekiston tarixida qanday voqea sodir bo’lganini aniqlang. 1)Turk xoqonligi tashkil topdi 2)Eftaliylar Xitoyga o’z elchilarini yubordilar 3)Sosoniylar bilan bo’lgan jangda Kidariylar qaqshatqich zarbaga uchradi 4)Turk xoqnligi ikki qismga bo’linib ketdi 5)Eftaliylar bilan Sosoniylar o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi A) 1.3 B) 2.3 C) 1.5 D) 2.4 15 / 40 15. Qachоn Turk xоqоnligi Sharqiy turk xоqоnligi va G`arbiy turk xоqоnligiga bo`linib kеtadi? A) VI asrning 70-yillarida B) VI asrning 80-yillarida C) VI asrning 50-yillarida D) VI asrning 60-yillarida 16 / 40 16. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan? A) Sarkor B) Chokar C) Kashovarz D) Kadivar 17 / 40 17. Xorazm ilk o’rta asrlarda qaysi davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan? A) Vizantiya va Turklar B) Vizantiya va Eron C) Xioniylar va Vizantiya D) Eftaliylar va Turklar 18 / 40 18. Qaysi davlatda hukmdоrning hоkimiyati urug`-aymоq udumlariga tayangan harbiy- ma`muriy bоshqaruvga asоslangan? A) Erоn sоsоniylari B) Xioniylar C) Kidariylar D) Turk xоqоnligi 19 / 40 19. Turklar Zarafshon vodiysida qaysi hududlarni egallaydi? 1. Samarqand 2. Kesh 3. Naxshab 4. Choch A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 20 / 40 20. Qo`liga burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor haykali qayerdan topilgan? A) Oybo`yirqal`a B) Jonbosqal`a C) Anqaqal`a D) Tuproqqal`a 21 / 40 21. Eftaliylar davrida O’rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo’shni mamlakatlar, xususan, … A) Turkiy xalqlar madaniyati an’analarining qo’shilishi va ilk o’rta asrlar madaniyati ravnaqiga olib keldi B) dasht aholisi mahalliy me’morchilik an’analari bilan uyg’unlashib ilk o’rta asr madaniyatining shakllanishida muhim ro’l o’ynagan C) Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi D) Xitoy va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashuvi yuz berib ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishiga ta’sir etdi 22 / 40 22. Qaysi xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi? A) Saksafar B) Kayxusrav C) Afrig’ D) Farasman 23 / 40 23. Xorazmshoh unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilganlar? A) anushteginiylar B) afrig'iylar C) ma'muniylar D) siyovushlar 24 / 40 24. G`arbiy Turk xоqоnligini pоytaхti? A) Balx B) Yettisuv C) O`tukan D) Yangikеnt 25 / 40 25. Ilk o’rta asrlarda Shimoliy Hindiston hududida 75 yil davomida hukmronlik qilgan davlatni aniqlang. A) Eftaliylar B) Sosoniylar C) Kidariylar D) Xioniylar 26 / 40 26. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) dehqon — qishloq hokimi B) chokar — dehqon qo‘riqchisi C) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar D) kadivar — erkin ziroatchi 27 / 40 27. Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan... A) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi B) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi C) faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi D) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi. 28 / 40 28. Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib ajralib chiqadi. A) Choch B) Kushon C) Davon D) Xorazm 29 / 40 29. Eftaliylar davrida qaysi davlat hukmdorlar o’z saroylarini O’rta Osiyodan keltirilgan rangli shishlalar bilan beztilgan? A) Xitoy imperatori B) Hindiston Rojalari C) Eron shaxanshohlari D) Vizantiya imperatori 30 / 40 30. Ilk o'rta asrlarda hozirgi Qozog'istonning janubi va Toshkent viloyatini suv bilanta'minlaydigan kanalni aniqlang. A) Kampiravot va Zog'ariq B) Zog'ariq va Bo'zsuv C) Bo'zsuv va Darg'om D) Darg'om va Kaykovus 31 / 40 31. VI asr o’rtalarida qayerda Turk xoqonligi vujudga keldi? A) Yettisuv va Sharqiy Ural B) Oltoy va Janubiy Sibir C) Bolqon va Shimoliy Eron D) Xitoy va G’arbiy Kavkaz 32 / 40 32. O’rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan… shishasidan ustun turgan. A) Vizantiya B) Hindiston C) Eron D) Xitoy 33 / 40 33. Tashqi savdoda ilk o’rta asrlarda qaysi xalq “Ipak yo’li”ni o’z nazoratlarida tutib turganlar? A) xiyoniylar B) sog’diylar C) eftallar D) sosoniylar 34 / 40 34. Qaysi davrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan? A) X asr B) III asr C) mil.avv. VII – VI asrlar D) mil.avv. III asr 35 / 40 35. Eftallar davlati qulagach Amudaryoning o`ng sohillari bo`ylab Kasbiy dengizigacha cho`zilgan yerlar qaysi davlatning tasarrufiga o`tadi? A) Kidariylar B) Erоn sоsоniylari C) Hindiston D) Turk xоqоnligi 36 / 40 36. Ilk o'rta asrlarda chokarlar kimlar? A) dehqonlarning qo’riqchilari B) qishloqdagi yerga ishlov beruvchilar C) shahardagi savdogar aholi D) erkin jamoachi qo’shchilar 37 / 40 37. Qachon Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida 10 ortiq voha hokimlari mavjud edi? A) VI asr B) V asr C) IV asr D) III asr 38 / 40 38. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan omillarni ko`rsating 1)Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar 2)Turk xoqonligi hududlaridagi hokimlar mustaqil bo`lishga intilganlar 3)Viznatiya, Eron, va Xitoy bilan doimiy raqobatning mavjudligi 4)Bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 39 / 40 39. Kidariylar davlatining poytaxtini aniqlang. A) Poykand B) Marv C) Kat D) Balx 40 / 40 40. V-VI asrlarda O’rta Osiyoda tarqalgan yozuvlar qatoriga quyidagilardan qay biri kirmaydi? A) sug’diy yozuvi B) turkiy yozuvi C) eftaliy yozuvi D) xorazm yozuvi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix