Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 9-sinf Kimyo olimpiada №2 Kimyo olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Kimyo olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 440 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №2 2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 5% 500 ml (ρ = 1,0 g/ml) KMnO4 ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin? A) 50 g B) 150 g C) 200 g D) 100 g 2 / 25 2. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 3 / 25 3. 226Ra izotopining yarim-yemirilish davri 1600 yil. Bu 1600 yil o‘tgach izotopning yarmi parchalanib, qolgan yarmi esa o‘zgarishsiz qolganini bildiradi. Shu muddat ichida 226Ra izotopining parchalanish tezligi qanday o‘zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) reaksiya yakunlanib, tezlik 0 ga teng bo‘ladi C) tezlik o‘zgarmaydi D) 2 marta ortadi 4 / 25 4. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi? A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanmaydi. C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi; D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi; 5 / 25 5. Massasi 230 g bo’lgan idishga 8 ml suyuqlik quyilganda idish massasi 250 g ni tashkil qilsa, quyilgan suyuqlik zichligini (g/ml) aniqlang. A) 2 B) 2.5 C) 3 D) 1.5 6 / 25 6. Biror bir tuzning 70°C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 50°C dagi eruvchanlik koefsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 70°C dagi to’yingan 290 g eritmasi 50°C ga qadar sovitilganda 30 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 70°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang. A) 20 B) 45 C) 30 D) 60 7 / 25 7. Tarkibida 80% suv saqlagan 100 g NaOH eritmasini bug’latib, tarkibida 5% suv saqlagan eritmadan necha gramm olish mumkin? A) 21 B) 54 C) 40 D) 31 8 / 25 8. Massasi 79,8 g bo’lgan ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasining 1,2 mol miqdori suvda eritilganda tarkibida 300 g suv saqlagan 6 mol/kg li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang. A) litiy B) seziy C) kaliy D) natriy 9 / 25 9. xMn+n ioni 54Cr+3 ioniga ham izoton, ham izoelektron bo’lsa, x va n ning qiymatini aniqlang. A) 54; 4 B) 55; 3 C) 55; 4 D) 54; 3 10 / 25 10. Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang. A) 21; 3; B) 28; 4 C) 7; 1; D) 14; 2; 11 / 25 11. A moddaning konsentratsiyasi 20˚C da 30 sekundda ikki marta kamayadi. A moddaning konsentratsiyasini 60˚C da 2,5 sekundda necha marta kamayishini aniqlang? (y=2) A) 1.5 B) 6 C) 3 D) 5 12 / 25 12. Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘xshash? 1) Tarkibi bir necha xil moddadan iborat; 2) Tarkibi bitta moddadan iborat 3) Fizik usullar orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin; 4) Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi; 5) Hosil bo‘lishida issiqlik ajraladi yoki yutiladi; 6) Hosil bo‘lishida issiqlik ajralmaydi ham, yutilmaydi ham. A) 2, 6. B) 1, 3; C) 1, 4, 5; D) 2, 3, 5; 13 / 25 13. Kaliy permanganat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang. A) 5;3 ; B) 8;4. C) 4;2; D) 10;6 14 / 25 14. Noma’lum x M li Y tuzning titr va foiz konsentratsiyalari nisbatini aniqlang.(p=2g/ml) A) 1:40 B) 1:25 C) 2:25 D) 1:50 15 / 25 15. 120 g 20% li NaOH eritmasiga 480 g 10%li NaOH eritmasi qo’shildi. Bunda 6M li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmaning zichligini (g/ml) toping. A) 2 B) 1.5 C) 1.6 D) 1.3 16 / 25 16. Keltirilgan birikmalarning qaysi birida qutbli kovalent bog’ eng kuchli ifodalangan: A) vodorod oksid B) azot(II)oksid C) ammiak D) vodorod xlorid 17 / 25 17. Sulfat angidridning parchalanish reaksiyasini to’rt marta orttirish uchun idishning hajmi qanday o’zgarishi lozim. A) 4 marta ortishi B) 4 marta kamayishi C) 2 marta ortishi D) 2 marta kamayishi 18 / 25 18. Galogenid kislotaning 1,4 M li eritmasining titri 113,4 mg/ml ga teng. Galogenid kislotani aniqlang. A) HF B) HBr C) HCl D) HJ 19 / 25 19. 1,25x molyalli eritma hosil qilish uchun 28g kaliy ishqori x molyalli eritmaga qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini (%) hisoblang. A) 21.9 B) 16.7 C) 12.28 D) 26 20 / 25 20. Ammiak gazi parchalandi. Natijada hosil bo’lgan aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi parchalanish unumiga teng bo’lsa, aralashmaning molyar massasini (g/mol) hisoblang. A) 12 B) 13.6 C) 11.33 D) 10 21 / 25 21. MeSO4 o’zining massasidan 2 marta ko’p suvda eritilganda eritmadagi SO42- anionining massa ulushi 1/5 ga teng bo’ldi. Metallni aniqlang. A) Mg B) Fe C) Cu D) Cd 22 / 25 22. NO va N2Ox dan iborat aralashmada kislorodning massa ulushi 40% , NO ning massa ulushi 21,4% bo’lsa, X ni toping. A) 1 B) 2 C) 5 D) 3 23 / 25 23. Azot va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 10 ga teng. Ularning hajmiy nisbati almashgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8 ga teng. Noma’lum gazni aniqlang. A) metan B) argon C) kislorod D) kuldiruvchi gaz 24 / 25 24. Kaliy permanganat va Bertole tuzlari kislorod hosil qilib parchalandi. KMnO4 ning parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod Bertole tuzidan hosil bo’lgan kislorodning yarmiga teng bo’lsa, boshlang’ich tuzlarning mol nisbatibi aniqlang. A) 3:2 B) 6:1 C) 1:1 D) 2:3 25 / 25 25. 0,8 mol modda 0,05 mol/l ∙sek tezlik bilan 4 sekundda parchalansa, idishning hajmini aniqlang. A) 5 B) 6 C) 7 D) 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6