Geografiya attestatsiya №10 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №10 ga 1 fikr bildirilgan 0% 12 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №10 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiat kompleksiga ajratiladi. Shu tabiat komplekslaridan qaysi biri ortiqcha? A) Savannali Sudan yoki Saxel hududi B) toshloq cho’lli Sahroi Kabir cho’li C) Tog’li And o’lkasi D) qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar 2 / 40 Iqlimi asosan mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi. Yozi issiq va nam bo'lib, uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin quruq. Yuqoridagi iqlim xususiyati qaysi mamlakatga xos? A) Germaniya B) Rossiya C) Koreya Respublikasi D) Xitoy 3 / 40 Yevrosiyoning qaysi okeanlarga tutash qirg‘oqlari kuchli parchalangan? A) Atlantika va Hind B) Atlantika va Shimoliy muz okeani C) Shimoliy muz okeani va Tinch D) Atlantika va Tinch 4 / 40 I- Qoragiyo, II- O’lik dengizi, III- Afar, IV- To’rfon V- Ajal vodiysi VI-Katara Yo’qorida nomi keltirilgan botiqlar orasidan dengiz sadhidan pastligi bo’yicha 2 va 5-o’rinda turadiganlarini ko’rsating. A) I, V B) I, III C) II, IV D) III, VI 5 / 40 Norak suvombori qaysi daryoda qurilgan? A) Vaxsh B) Panj C) Ili D) Murg’ob 6 / 40 Qaysi millat olimi birinchi bo’lib atmasfera gaz tarkibida 78 % azot borligini aniqlagan? A) ingiliz B) nemis C) rus D) fransus 7 / 40 Jaya cho’qqisida simob ustuni nechini ko’rsatadi? A) 257 mm B) 143 mm C) 157 mm D) 224 mm 8 / 40 Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo‘lgan degan fikrni I. Kant nechinchi yilda aytgan? A) 1755- yil B) 1750-yil C) 1796- yil D) 1644- yil 9 / 40 Turkiya qaysi davlatlar bilan chegaradosh? A) Ozarbayjon, Qatar B) Suriya, Yaman C) Gretsiya, Armaniston D) Yaman, Isroil 10 / 40 Dunyo bo‘yicha quyidagi qaysi hududlarda aholi juda zich joylashgan? A) Yenisey daryosi vodiysi, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qismi B) AQSHning shimoli-g‘arbiy qismi, Osiyoning shimoli-sharqiy o‘lkalari C) Kanadaning shimoli-sharqiy qismi, Makkenzi daryosi vodiysi D) Farg‘ona vodiysi, Hind-Gang tekisligi 11 / 40 Qaysi iqtisodiy rayonning temiryo`l bilan ta’minlanish darajasi mamlakatning o`rtacha ko`rsatkichidan 2 marta yuqori? A) Zarafshon B) Toshkent C) Janubiy D) Farg`ona 12 / 40 Surxontog’ va Boysun tog’lari qaysi tog’ hosil bo’lish bosqichida burmalangan? A) gersin B) kimmeriy C) alp D) kaledon 13 / 40 Mamlakat ekvatorga juda yaqin joylashgan bo`lib, iyul va yanvar oylarining o`rtacha haroratlari 2°C ga farq qiladi. Ushbu ta’rif qaysi mamlakat iqlimiga xos ? A) Malayziya B) Kambodja C) Indoneziya D) Singapur 14 / 40 Yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishini oldini olish mamlkatimizda qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi? A) O’zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasiga qarashli "O'zbekgidrogeologiya" korxonasi B) Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi C) O’zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi D) Sog'liqni saqlash vazirligi 15 / 40 Respublikamizning qaysi viloyatlarida temir-beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda? 1) Andijon; 2) Toshkent; 3) Farg`ona; 4) Qashqadaryo; 5) Samarqand; 6) Buxoro; 7) Xorazm A) 2, 3, 4, 7 B) 2, 3, 4, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 5, 6 16 / 40 Markaziy Osiyoning neft zaxiralari bo'yicha yetakchi davlatni belgilang. A) O'zbekiston B) Turkmaniston C) Qozog'iston D) Tojikiston 17 / 40 Geografik qobiqning geotizimli tuzilishi nimani ifodalaydi? A) zonalik qonuniyatning vertikal tuzllishi B) geografik qobiq moddalarining tuzilishi C) geografik qobiqning vertikal tuzilishi D) geografik qobiqning gorizontal tuzilishini 18 / 40 Fors qo'ltig'ining Neft zaxiralari bilan ajralib turuvchi davlatlarni ko'rsating. A) Saudiya Arabistoni, BAA Qatar B) Bahrayn, Kuvayt, Qatar C) Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA D) Qatar, Kuvayt 19 / 40 Efiop, ural, Pomir-Farg'ona qaysi irqiy tarkibga misol bo'la oladi? A) Aralash B) Avstraloid C) Negroid D) Yevropoid 20 / 40 Irrigatsiya mashinasozligi, “Semurg’” trikotaj aksiyadorlik birlashmasi kabi korxonalar qaysi sanoat tuhunida joylashgan? A) Marg’ilon B) Andijon C) Qo’qon D) Olmaliq 21 / 40 Afg`oniston Respublikasining iqtisodiyoti qanday xarakterga ega? A) industrial-agrar B) agrar C) industrial D) agrar-industrial 22 / 40 Qaysi materik hududi yer shari maydonining 36,5 % ini egallaydi? A) Shimoliy Amerika B) Antarktida C) Janubiy Amerika D) Yevrosiyo 23 / 40 Liberiya davlati barpo etilgandan 101 yil o’tib Arab davlatlari ligasi qo’shinlarini Falastin yerlariga olib kirgandan 24 yil keyingi Germaniyada aholi tabiiy ko’payishi manfiy qoldiq (ya’ni demografik inqiroz) ga o’tgan yildan 25 yil o’tib qanday siyosiy o’zgarish yuz berdi? A) Termiz shahrida zamonaviy aeroport qurildi B) Makao Xitoy tarkibiga kirdi C) Shanxay hamkorlik tashkiloti shakllandi D) Gonkong Xitoy tarkibiga kirdi 24 / 40 Respublikamiz sanoat tarmoqlari mahsulot ishlab chiqarish tarkibida (2017-yil) yoqilg`i sanoatining salmog`i qanchani tashkil etgan? A) 7,7 % B) 16,3 % C) 8,0 % D) 14,3 % 25 / 40 Muhofaza etiladigan hududlardan qaysi biri qo’riqlanadigan zona, bufer zona va oraliq zonaga ajratiladi? A) biosfera rezervati B) milliy bog’ C) qo’riqxona D) buyurtmaxona 26 / 40 Buyuk Britaniya iqlimining shakllanishida qaysi dengiz oqimining ahamiyati katta? A) Bengaliya B) Golfstrim C) G’arbiy shamollar D) Mozambik 27 / 40 Katta havza hududining janubi-sharqidagi bitta nom bilan ataladigan plat ova daryo nomini belgilang. A) Yukon B) Missisipi C) Kolorado D) Amazonka 28 / 40 Qaysi daryo Tor va Qora G`ulja daryolarining qo`shilishidan vujudga keladi? A) So`x B) Isfara C) Norin D) Qoradaryo 29 / 40 Quyi Amudaryo okrugidagi qumoq va qumli tuproqlar qaysi yerlarda tarqalgan? A) Amudaryoning qadimiy dellasida va qisman hozirgi deltasida B) Okrugning Qoraqum va Qizilqumga tutash yerlarida C) Amudaryoning hozirgi zamon deltasining yuqori qismida D) Uslyurt chegarada 30 / 40 Komor orollari Respublikasining poytaxti qaysi javobda berilgan? A) Luanda B) Librevil C) Nayrobi D) Moroni 31 / 40 Shimoliy Amerika fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun qanday tuproq xos? A) ferralit B) sur-qo`ng`ir C) kashtan D) bo`z 32 / 40 Olmaliq, Jezqazg‘an, Muruntov, Uchquloch konlaridan nima qazib olinadi? A) neft va gaz B) qora metall C) rangli metall D) ko`mir 33 / 40 Tog' vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi nima deb ataladi? A) Nurash B) Eroziya C) Sel D) Abraziya 34 / 40 Kongo daryosi havzasining bir qismini va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarini qaysi iqlim mintaqasi qamrab olgan? A) ekvatorial B) tropik C) subekvatorial D) subtropik 35 / 40 Buyuk geografik kashfiyotlar asosan nechta yo`nalishda olib borildi? A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 36 / 40 Braziliya tog’ligining janubidagi o’rmonlarda quyidagilardan qaysi o’simliklar o’sadi? A) paxta daraxti, orxideya B) Braziliya araukariyasi, Paragvay choyi C) pay brazil daraxti, ekvator choyi D) Braziliya yong’og’i, Amazoniya viktoriyasi 37 / 40 Metallurgiya agregatlarining quvvati oshishi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga, texnologiyalarni takomillashtirishga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtirib, mehnat unumdorligini necha foizgacha ko’taradi? A) 40-50 B) 60-70 C) 20-30 D) 90-100 38 / 40 Afrikada urbanizatsiya darajasi 25 % dan ham kam bo’lgan mamlakatlarni ko’rsating. A) Liviya, Keniya, Tanzaniya, JAR B) Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR C) Burundi, Uganda, Lesoto, Tanzaniya D) Burundi, Malavi, Uganda, Chad 39 / 40 Kanada jahonda qaysi dehqonchilik ekin turi eksportyorlaridan biri hisoblanadi? A) bug’doy B) makkajo’xori C) sholi D) raps 40 / 40 Havo 40 sm² yuzaga qancha kilogramm kuch bilan bosadi? A) 56,4 kg B) 24,5 kg C) 53,2 kg D) 46,6 kg 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya