Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 Aprel 16, 2024Aprel 25, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 350 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix fanidan majburiy blok testlari №28 Abituriyent uchun tarix fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Miloddan avvalgi VII – VI asrlarga oid qadimiy Qiziltepa shahri qaysi viloyatda joylashgan? A) Xorazm B) Farg‘ona C) Surxondaryo D) Qashqadaryo 2 / 10 2. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan? A) 1991-yil 31-avgustda B) 1989-yil 21-oktyabrda C) 1990-yil 24-martda D) 1990-yil 20-iyunda 3 / 10 3. U 973-yil qadimiy Kat shahrida tug‘ilgan. Yoshligida Gurganj shahrida ta’lim olgan. 1017-yil Mahmud G‘aznaviy tomonidan G‘azni shahriga olib ketilib, 1048-yil u yerda vafot etgan. Uning “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Geodeziya” kabi 160 dan ziyod asarlari mavjud. Ushbu matn qaysi mutafakkir haqida? A) Mahmud az-Zamaxshariy B) Abu Rayhon Beruniy C) Mahmud Koshg‘ariy D) Ahmad al-Farg‘oniy 4 / 10 4. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yil-larigacha mavjud bo‘lgan bu davlat tarkibiga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, hozirgi Pokiston va Afg‘oniston hududlari ham kirgan. Poytaxtlari Buxoro viloyatidagi Varaxsha va Poykand shaharlari bo‘lgan. Ushbu matn qaysi davlat haqida? A) Eftaliylar davlati B) Xiyoniylar davlati C) G‘arbiy Turk xoqonligi D) G‘aznaviylar davlati 5 / 10 5. XX asr boshlarida yozilgan “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” pyesasi muallifi kim? A) Hamza Hakimzoda Niyoziy B) Abdurauf Fitrat C) Abdulla Qodiriy D) Nusratilla Qudratilla o‘g‘li 6 / 10 6. 2004-yil qaysi xorijiy universitetda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgan? A) Seul shahridagi Pohang universitetida B) Boku shahridagi Hazar universitetida C) Qohira shahridagi Al-Azhar universitetida D) Tokio shahridagi Soka universitetida 7 / 10 7. Qoraxoniylar davlati asoschisi kim? A) Ismoil Somoniy B) Alptegin C) Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon D) Horun Bug‘roxon 8 / 10 8. O‘rta Osiyodagi qaysi davlat 1920-yil 2-fevralda barham topgan? A) Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi B) Turkiston general-gubernatorligi C) Buxoro amirligi D) Xiva xonligi 9 / 10 9. “Shiroq” afsonasi qaysi yunon tarixchisi asarida keltirilgan? A) Poliyen B) Strabon C) Arrian D) Geradot 10 / 10 10. Marv va Miyonqol bekliklaridagi qo‘zg‘o-lonlar qaysi Buxoro hukmdori davrida yuz bergan? A) Doniyolbiy otaliq B) amir Nasrullo C) amir Haydar D) Subhonqulixon 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix majburiy blok