Biologiya abituriyent testi №3 Mart 5, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya abituriyent testi №3 ga 1 fikr bildirilgan 0% 5 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya abituriyent testi №3 Abituriyent uchun biologiya fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Ensefalit nima? A) harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi B) odam tanasining umumiy qaltirashi C) bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi D) muskul tolalari qisqarib, bo‘shasha olmay qolishi 2 / 30 Ildiz turlarini aniqlang. a)asosiy; b) o‘q ildiz; c) popuk ildiz; d) yon; e) qo‘shimcha. A) a, b, c B) a, d, e C) d, e, c D) b, c 3 / 30 Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1) UAG; 2) UAS; 3) UAA; 4) UAU; 5) UGA; 6) UGS A) 4, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3 4 / 30 Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi? A) I, II, III, IV B) IV C) I, II D) II, III 5 / 30 Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor? A) farqi bo‘lmaydi B) limfa tomirlari to‘qima va organlardan boshlanadi C) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi D) limfa tomirlari yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi 6 / 30 Kapalaklarning xartumi nimalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? a)pastki jag‘; b) pastki lab; c) yuqori jag‘; d) yuqori lab A) b, d B) a, b C) a, c D) c, d 7 / 30 Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang. A) mindanoo, vapita B) qiloyoq, kanna C) kafr buyvoli, maral D) malla revun, shinshilla 8 / 30 Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida qaysi organ joylashgan? A) jigar B) taloq C) me’da osti bezi D) ayrisimon bez 9 / 30 Periost nima va u qaysi to‘qimalardan iborat? A) suyak usti pardasi, biriktiruvchi to‘qima B) akson usti pardasi, biriktiruvchi parda C) suyak usti pardasi, ko‘p qavatli epiteliy to‘qima D) yurakning tashqi qavati, biriktiruvchi to‘qima 10 / 30 O‘rdakburun qayerga uya quradi? A) daryo qirg‘og‘iga B) suv ostiga C) ochiq dashtga D) uya qurmaydi 11 / 30 Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini oshiradigan evolutsion o‘zgarish nima deb ataladi? A) umumiy degeneratsiya B) idioadaptatsiya C) regress D) aromorfoz 12 / 30 Temirtikan o‘simligi qanday poyaga ega? A) palak yoyib o‘suvchi B) tik o‘suvchi C) ilashuvchi D) chirmashuvchi 13 / 30 Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog‘liq? A) qo‘zg‘aluvchanlik B) o‘zini-o‘zi tiklash C) o‘sish va rivojlanish D) o‘zini-o‘zi idora etish 14 / 30 Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) bakteriya va xivchinlilar B) sporalilar va soxta oyoqlilar C) bakteriya va infuzoriya D) infuzoriya va nozema 15 / 30 Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub? A) neotropik B) hindomalay C) neoarktik D) paleoarktik 16 / 30 Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi ko‘proq qayerda ro‘y beradi? A) populyatsiya arealida alohidalanish ro‘y bermaydi B) tur egallagan arealning barcha qismida C) tur egallagan arealning chetki qismlarida D) tur egallagan arealning markazida 17 / 30 Cherkez o‘simligining qaysi qismlaridan tayyorlangan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi? A) barchasi B) ildiz, poya va guli C) bargi va mevasi D) ildiz va poyasi 18 / 30 Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating. 1) Yaroslavl; 2) Simmental; 3) Gereford; 4) Shortgorn; 5) Qizil dasht; 6) Xolmogor; 7) Kostroma A) 2, 7 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 7 19 / 30 Qaysi manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali? A) qayrag‘och, burchoq B) barchasining C) shumtol, qayrag‘och D) zarang, terak 20 / 30 Quyidagi hayvonlarning qaysilari ochiq qon aylanish sistemasiga ega? A) ustritsa, nereida B) ipak qurti, taroqcha C) qizil chuvalchang, kulrang satir D) midiya, yomg‘ir chuvalchangi 21 / 30 O‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoidni aniqlang. A) lizosoma B) sentriola C) golji majmuasi D) ribosoma 22 / 30 Qaysi o‘simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, uni mikroskopda butunligicha ko‘rish mumkin? A) g‘o‘za B) elodeya C) piyoz D) spirogira 23 / 30 AACCDdGgJJYyUuXxkk quydagi genotipga ega organizmdan necha xil gameta olish mumkin? A) 16 B) 32 C) 64 D) 18 24 / 30 Jag‘-jag‘ning ildiz bo‘g‘izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan A) 1-a, d; 2-b, c B) 1-b, c; 2-a, d C) 1-a, b; 2-c, d D) 1-c, d; 2-a, b 25 / 30 Go‘shti uchun ko‘plab ovlanadigan molluskalarni belgilang. A) bitiniya, sadafdorlar, dreysena B) midiya, taroqchalar, baqachanoq C) taroqchalar, ustritsa, midiya D) dreysena, midiya, ustritsa 26 / 30 Ibn Sino qalamiga mansub ”Tib qonunlari” asarining 2- kitobida nimalar haqida ma’lumot berilgan? A) organlarning tuzilishi, kasalliklari, davolash usullari haqida B) jarrohlik, suyaklarning sinishi va chiqishi haqida C) o‘simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan dorilar haqida D) organlardagi kasalliklar, ularni aniqlash va davolash haqida 27 / 30 Ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida fermentlar ishlab chiqilmaydi? A) og‘iz bo‘shlig‘ida B) ingichka ichakda C) oshqozonda D) qizilo‘ngachda 28 / 30 Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarning o‘tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog‘liq? A) Na, K, Cl B) Na, K, Ca C) Fe, Mg, K D) Na, K, Fe 29 / 30 Agar vazopressinning I-RNK molekulasida 9 ta kodon bo‘lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi? A) 3 B) 27 C) 9 D) 54 30 / 30 DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan ukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi? A) A−32, G−32, S−32 B) A−34, G−16, S−16 C) A−16, G−16, S−16 D) A−16, G−34, S−34 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Biologiya abituriyent