Tarix abituriyent testi №3 Mart 5, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix abituriyent testi №3 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 101 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №3 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 “Sabanto’y” bayrami qaysi millat milliy bayrami hisoblanadi? A) Uyg’urlar B) Qirg’izlar C) Ruslar D) Tatar-boshqirdlar 2 / 30 Quyidagilar orasidan qadimgi Misr tarixiga oid ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilmagan? A) Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan B) Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi dinga bog`liq bo`lgan C) Vafot etgan odamni mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlariga nasib etgan D) Bastet go`zalik xudosi 3 / 30 Yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichida tadbirlar o`tkazilgan hududlarni davri bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1)Farg‘ona, Toshkent,Samarqand viloyatlari 2)Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari 3)Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari) a-1925-1 926-yillar b-1927-yil c-1928–1929- yillar A) 1 -a, 2-c, 3-b B) 1 -b, 2-c, 3-a C) 1 -c, 2-b, 3-a D) 1 -a, 2-b, 3-c 4 / 30 Mo`g`ullar davrida qaysi omillar xarob bo`lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo`ladi? A) hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi B) Kepaki pullarning zarb qilinishi C) hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi D) Ulug` xoqon Munkening islohatlari 5 / 30 XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot nima? A) integral sxemalarning yaratilishi B) kompyuterning ixtiro qilinishi C) kosmosning zabt etilishi D) lazerning ixtiro qilinishi 6 / 30 1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugi tashkil etilgan bo‘lib, unga kim boshliq va ma’muriyat rahbari etib tayinlandi? A) P. Lessar B) A. Abramov C) Veryovkin D) Skobelov 7 / 30 XVII asrda yuz bergan O’ttiz yillik urushda mag’lubiyatga uchragan davlat tarixida sodir bo’lgan voqea qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Mamlakat shaharlari XIV asr o’rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashdi. B) XV asr oxiriga kelib mamlakat yaxlit markaziy hokimiyatga bo’ysundirildi. C) Mamlakat aholisi 988-yilda xristian dinini qabul qildi. D) XII-XIII asrlardan boshlab dehqonlar kurashi kuchaydi. 8 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asrlarda mavjud bo’lgan inklar davlatiga oid xato javobni toping? A) Qishloq xo’jaligidagi asosiy ekinlari kartoshka va makkajo’xori bo’lgan B) Aholi yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar C) And tog’laridan Tinch okeaniga qadar bo’lgan D) Poytaxt Kuskoda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar tashkil qilingan 9 / 30 Shermuhammad Munis yashagan yillarni aniqlang? A) 1825-1842-yillar B) 1809-1874-yillar C) 1827-1897-yillar D) 1778-1829-yillar 10 / 30 Britaniya hukumati qachon Misrdan Suvaysh kanalining 45 % aksiyasini sotib oldi? A) 1875-yilda B) 1896-yilda; C) 1886-yilda D) 1877-yilda 11 / 30 Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan? A) Afg‘oniston B) Eron C) Rossiya D) Sharqiy Turkiston 12 / 30 Xudoyorxon saroyi qurilgan yillarni aniqlang? A) 1872-yillar B) 1863-1870-yillar C) 1869-1870-yillar D) 1862-yillar 13 / 30 1905-yilda qaysi shaharlar o‘rtasida temir yo‘l ishga tushirildi? A) Orenburg-Toshkent B) Toshkent-O‘sh C) Toshkent-Farg‘ona D) Toshkent-Andijon 14 / 30 Turkiston general – gubernatorligiga qarashli qaysi viloyat maydoni 2000 kv verst edi? A) Samarqand viloyati B) Sirdaryo viloyati C) Kaspiyorti viloyati D) Farg‘ona viloyati 15 / 30 Rossiyada ro’y bergan 1921 yilgi ocharchilik qaysi o’lkalarni qamrab oldi? A) Ukraina, Kuban, Volgabo’yi B) Ukraina, Belorussiya, O’rta Osiyo C) Kavkazorti, Volgabo’yi, O’rta O’siyo D) Volgabo’yi, Kavkazorti, Kuban 16 / 30 XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Qo‘qon xonligida mehtar… A) xazina ishlari va xarajatlarni nazorat qilgan B) xonlikdagi tartib intizom ishlari bilan shug‘ullangan C) vaqf mulklarini boshqargan. D) savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilgan 17 / 30 Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang. A) Q. Odinayev B) S.Xo‘janov C) S. Asfandiyorov D) N.Paskutskiy 18 / 30 Qaysi davlatda XVI asrda qishloq xo’jaligida inqilob bo`lgan? A) Fransiya B) Rossiya C) Turkiya D) Angliya 19 / 30 Ukrainadia qurolli harakatlar nechanchi yildan yangi bosqichga kirdi? A) 2017-yil B) 2014-yil C) 2015-yil D) 2008-yil 20 / 30 Qachon Davlat test markazi tashkil qilindi ? A) 1995-yil B) 1994-yil C) 1998-yil D) 1996-yil 21 / 30 Mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi … deb ataladi. A) kontributsiya B) apellatsiya C) protektorat D) ultimatum 22 / 30 Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududidagi quyidagi qaysi mahalliy hokimlik o’zining tanga pullari tizimiga ega bo’lgan? A) Farg’ona B) Choch C) Toxariston D) So’g’d 23 / 30 “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda alohida e’tibor talab qiladi”. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang? A) maxfiy agent S. Gers B) Senator K. Palen C) M. Skobelev D) S.M. Duxovskoy 24 / 30 Quyidagi voqealar to'g'ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1)Efiopiyada Kasa o'zini imperator deb e'lon qildi; 2)AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3)Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4)Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag'darildi; 5)Liberiya ozod davlati tuzilganligi e'lon qilindi; A) 2, 3, 4, 5, 1 B) 3, 2, 5, 1, 4 C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 3, 2, 4, 5, 1 25 / 30 Qadimgi yunon olimlaridan Aristotel ( va Platon ( sharqda qanday nomlar bilan mashhur bo'lgan? 1)Arastu; 2) Buqrot; 3) Aflotun; 4) Suqrot; A) a-3, b-1 B) a-1, b-3 C) a-1, b-2 D) a-2, b-4 26 / 30 G’arbiy Afrikaga ispan va portugallarning kirib kelishi nechanchi asrdan boshlanadi? A) XVI asrdan B) XVII asrdan C) XV asrdan D) XIV asrdan 27 / 30 XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining davlat chegaralari to’g’ri berilgan javobni toping? A) Shimoli-g’arbiy chegarasi Orol dengizi va Yoyiq daryosidan o’tardi B) Shimoli-sharqiy chegarasi G’aznadan o’tardi C) Janubi-g’arbiy chegarasi Iroqdan o’tardi D) Janubi-sharqda Dashti Qipchoqdan o’tardi 28 / 30 Yaponiyaning o`rta asr shaharlarining qaysilari chorrahada va karvon yo`li bo`ylab qurilgan? A) Otsu B) Nara va Xeyyan C) Nagoya D) Xyogo va Sapai 29 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asr allomalariga tegishli ma’lumotlarni to’g’ri moslashtiring. 1)Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi; 2)Yevropada dastlabki kitob bosish dastgohini kashf qildi; 3)"Qo`shiqlar kitobi"; 4)Islomiy odob qoidalar, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan qator asarlar yaratdi. a-Franchesko Petrarka; b-Al-Moturidiy; c-Abu Rayhon Beruniy; d-Iogann Gutenberg A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 30 / 30 O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga Shukurulla Mirsaidovqaysi yillarda raislik qildi. A) 1 989-yil may-sentabr oylarida B) 1 990-yil mart – oktyabr oylarida C) 1 991 -yil mart – oktyabr oylarida D) 1 992-yil may-sentabr oylarida 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix abituriyent