11-sinf Kimyo olimpiada №2 Iyul 17, 2022Iyul 17, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Kimyo olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang. A) 0.025 B) 0.625 C) 0.833 D) 3.75 2 / 25 2. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang. A) 1000 B) 999 C) 1002 D) 1001 3 / 25 3. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat. A) 1, 3, 5; B) 2,4,6; C) 1, 3, 5, 6; D) 4, 5, 6; 4 / 25 4. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang. A) propanal B) etanal C) metanal D) butanal 5 / 25 5. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang. A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 6 / 25 6. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid. A) 1, 3, 5; B) 2, 3, 4; C) 1, 5, 6; D) 2,4,6. 7 / 25 7. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak? A) 38000sekund B) 38600 sekund C) 38650 sekund D) 38660 sekund 8 / 25 8. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang. A) 1,5; 0,8; B) 0,8; 0,2; C) 12; 6,4; D) 6,4; 1,6. 9 / 25 9. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid. A) 1, 2, 5; B) 4, 5; C) 2, 4. D) 1, 3, 5; 10 / 25 10. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin? A) 144 B) 14,4 C) 1,44 D) 0,144 11 / 25 11. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi. Agar kaliy nitrat 30°C da 26% tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang. A) 2,34 B) 23,4 C) 0,234 D) 234 12 / 25 12. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud? A) 24 B) 25 C) 26 D) 23 13 / 25 13. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang. A) 5 B) 7 C) 4 D) 6 14 / 25 14. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa, aralashmaning mol yig'indisini toping. A) 175 B) 17,5 C) 0,175 D) 1,75 15 / 25 15. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping. A) 6,02∙10²³ B) 3,02∙10²³ C) 9,03 ∙10²³ D) 1,2∙10²³ 16 / 25 16. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping. A) 5,5% B) 6% C) 6,5% D) 7% 17 / 25 17. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat. A) 1, 5 B) 2 ,3 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6 18 / 25 18. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104) A) 66 B) 56 C) 46 D) 76 19 / 25 19. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1). A) 3,27 B) 2,77 C) 10,77 D) 8,73 20 / 25 20. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat. A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 3, 6 D) 1, 4, 5 21 / 25 21. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1). A) 0,05 mol/l B) 0,5 mol/l C) 0,125 mol/l D) 0,25 mol/l 22 / 25 22. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi . A) 9 B) 11 C) 8 D) 10 23 / 25 23. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak? A) 39 B) 49 C) 29 D) 59 24 / 25 24. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4) A) 59 B) 59,25 C) 23,9 D) 59,75 25 / 25 25. Alizaringa xrom (III) gidroksid qo'shilsa, qanday rang hosil bo'ladi? A) zarg’aldoq B) oq C) yashil D) qora 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Kimyo olimpiada