Tarix abituriyent testi №2 Mart 5, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix abituriyent testi №2 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 33 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) kafsan va dorug’a B) xiroj va yasoq C) boj va yasoq D) o’lpon, yasoq 2 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Marg’iyona B) Xorazm C) Parfiya D) So’g’diyona 3 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. B) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. C) Afinada demokratiya ravnaq topgan. D) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. 4 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5 5 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Jizzax yaqinida B) Sirdaryo yaqinida C) Xo’jand yaqinida D) O’ratepa yaqinida 6 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi B) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi C) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi D) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi 7 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Doro I B) Kserks C) Kir II D) Kambiz II 8 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Buxoro, Samarqand, Karmana B) Samarqand, Xo’jand va Jizzax C) Samarqand, Kesh va Naxshab D) Samarqand, Buxoro va Kesh 9 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 2, 1, 4, 3 B) 4, 3, 2, 1 C) 3, 4, 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 10 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Drakont B) Solon C) Oktavian D) Perikl 11 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Afrosiyob B) Bolaliktepa C) Panjikent D) Varaxsha 12 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga D) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga 13 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. B) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. C) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. D) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 14 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida B) aholi sonining ko’payishi natijasida C) zafarli yurishlar natijasida D) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan 15 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari C) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari D) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 16 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. B) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. C) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. D) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. 17 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik B) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik C) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik D) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik 18 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi B) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. C) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi D) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi 19 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. B) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. C) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. D) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 20 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. C) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. D) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 21 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. B) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. C) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. D) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. 22 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5 23 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. B) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. C) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. D) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. 24 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. B) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. C) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. D) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. 25 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Naxshab va Badaxshonni B) Chag’oniyon va Ustrushonani C) Toxariston va Badaxshonni D) Toxariston va Chag’oniyonni 26 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir B) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a C) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a D) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a 27 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 1, 3, 5, 6, 8, 11 B) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 28 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. B) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. C) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. D) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. 29 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi B) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi C) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi D) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi 30 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Rim va Xitoyda B) Rim va Xorazmda C) Xorazm va Makedoniyada D) Eftallar va Rimda 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix abituriyent