9-sinf Kimyo olimpiada №1 May 11, 2022Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Kimyo olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 4 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 10 m³ hajmli idishda 2 atm bosim 25°C temperaturada 22,9 kg qutbsiz gaz qamalgan bo‘lsa, ushbu gazning kimyoviy formulasini keltiring. A) N2 B) H2O C) H2 D) Cl 2 / 25 2. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5. A) 75,00% B) 6,25% C) 25,00% D) 56,25% 3 / 25 3. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak? A) 90°C B) 70°C C) 60°C D) 80°C 4 / 25 4. C + O2 = CO2. Ushbu reaksiya issiqlik effektiga ko‘ra qanday reaksiya hisoblanadi? A) Gipertermik B) Ekzotermik C) Gipotermik D) Endotermik 5 / 25 5. 98% sulfat kislota hosil qilish uchun 32% 20,0 kg oleumga qancha 60% sulfat kislota qo‘shish kerak? A) 6,84 kg B) 7,84 kg C) 5,84 kg D) 4,84 kg 6 / 25 6. Ozon va kislorod aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 40 g/mol bo‘lsa, undagi ozonning hajmiy ulushini aniqlang. A) 60% B) 50% C) 80% D) 70% 7 / 25 7. CrO42- + xH2O + ye- → [Cr(OH)6]3- + zOH- yarim-reaksiyadagi x, y, z koeffisientlarni aniqlang. (uchala koeffisient to‘g‘ri bo‘lgandagina javob inobatga olinadi). A) x = 4, y = 2, z = 3 B) x = 2, y = 3, z = 4 C) x = 4, y = 3, z = 2 D) x = 3, y = 4, z = 2 8 / 25 8. Avogadro doimiysining o‘lchov birligi qanday? A) mol B) 1/mol C) o‘lchov birligiga ega emas D) g/mol 9 / 25 9. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarra bu - … A) yadro B) klaster C) atom D) molekula 10 / 25 10. 0,1 M 10,0 ml Na2CO3 eritmasiga metilzarg‘aldog‘i qo‘shildi va sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmaga 0,1 M 10,0 ml HCl eritmasi qo‘shilsa, eritma rangi qanday bo‘ladi? A) qizil B) olovrang C) binafsha D) sariq 11 / 25 11. 50 g ohaktosh parchalanganda 32,4 g qattiq qoldiq qolgan bo‘lsa, parchalanmay qolgan ohaktoshning massasini aniqlang. A) 20,0 g B) 22,4 g C) 0,0 g D) 10,0 g 12 / 25 12. Noma’lum tuz eritmasiga NaOH eritmasi qo‘shilganida havodan yengil, o‘tkir hidli gaz ajralishi kuzatildi. Eritmada esa faqat NaCl qolganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum tuzning kimyoviy formulasini keltiring. A) NH4Cl B) H2 C) H2O D) Ar 13 / 25 13. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 5% 500 ml (ρ = 1,0 g/ml) KMnO4 ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin? A) 50 g B) 200 g C) 100 g D) 150 g 14 / 25 14. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan 0,5% 80 ml lidokain eritmasini tayyorlash uchun 10% 2,0 ml lidokain ampullasidan nechta kerak bo‘ladi? Har ikkala eritmaning ham zichligini 1,0 g/ml deb qarang. A) 2 B) 1 C) 4 D) 3 15 / 25 15. Asosiy holatda valent elektronlari uchun kvant sonlari: n = 3, l = 0 (m = 0); 1 (m = -1; 0; +1) bo‘lgan elementlarni aniqlang (shu talabga mos keluvchi barcha elementlarni ko‘rsating). A) P, H2O, Cl, Ar B) P, H2, Cl, Ar C) P, S, Cl, Ar D) P, S, Cl, H2 16 / 25 16. Agar N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya uchun muvozanat konstantasining qiymati x ga teng bo‘lsa, ⅓N2 + H2 = ⅔NH3 reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymati qanday bo‘ladi? A) III B) II C) I D) IV 17 / 25 17. 20 pg vodorod ftorid molekulalarini bittalab sanab chiqish uchun necha yil talab etiladi? Sanoq tezligi har sekundda 1 ta molekula. 1 pg = 10-12 g. A) 458 ming B) 19 ming C) 320 D) 23 ming 18 / 25 18. 3 mol A modda 3 mol B modda bilan aralashtirildi. Natijada A + B ↔ C + D muvozanat o‘rnatildi. Agar K = 4 va reaksion aralashma hajmi 1 litr bo‘lsa, muvozanat qaror topganidan keyingi reaksiya unumini (%) aniqlang. A) 96.70% B) 66.70% C) 68.70% D) 86.70% 19 / 25 19. BCl2 molekulasida B atomlari sp² gibridlangan bo‘lib, B-Cl bog‘ining uzunligi x ga teng. BCl3 molekulasida Cl atomlari orasidagi masofa 0,303 nm bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang. A) 1,175 nm B) 0,275 nm C) 0,185 nm D) 0,175 nm 20 / 25 20. Suv (a), etil spirti (b) va sulfat kislota (c) berilgan. Ularni qaynash temperaturasi oshib borish tartibida joylashtiring. A) a-c-b B) b-a-c C) a-b-c D) c-b-a 21 / 25 21. 0,025 mol noma’lum oddiy modda yoqilganda kisloroddan 1,375 marta og‘ir bo‘lgan 33,6 litr (n.sh.da) gaz hosil bo‘ldi. Yoqilgan noma’lum oddiy moddaning kimyoviy formulasini keltiring. A) C80 B) C90 C) C60 D) C70 22 / 25 22. Quyidagi jadvalda Y elementning ionlanish energiyasi qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan foydalanib, Y elementning valentligini aniqlang. A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 23 / 25 23. 1s22s22p63s23p6 elektron konfiguratsiya qaysi zarrachaga tegishli? A) Ti³⁺ B) Ne C) S2⁻ D) Cl⁺ 24 / 25 24. Gipotetik X suyuqlik (M = 39,2 g/mol) n.sh.da bug‘langanida hajmi 1000 marta oshishi uchun qanday zichlikka (g/ml) ega bo‘lishi kerak? A) 1,00 B) 1,25 C) 1,75 D) 1,5 25 / 25 25. 2SO2 + O2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi: 1-bosqich: .... 2-bosqich: 4VO2 + O2 = 2V2O5 Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring. A) IV B) III C) II D) I 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Kimyo olimpiada, Tuman 2021-2022 o'quv yili