Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
152
Yaratilgan sanasi

8-sinf Matematika olimpiada №4

2024-yil 6-aprel:

Informatika fanidan xalqaro olimpiadaga saralash uchun.

Tuman bosqichi savollari

1 / 30

Qutiga 60 ta katta kubik yoki 96 ta kichik kubik joylashtirish mumkin. Agar qutida 40 ta kichik kubik bo’lsa, u holda unga nechta katta kubik joylashtirish mumkin?

2 / 30

m, n, k lar 1/2, 1/3, 1/4 sonlarining qandaydir tartibda olingani bo‘lsa, 𝑚 − 𝑛/k ayirmaning eng katta qiymatini toping.

3 / 30

Tennis musobaqasida jami 15 ta ishtirokchi bor. Har bir bosqichda qur’a natijasiga ko‘ra ular juftliklarga ajratiladi va bellashadi. Agar ishtirokchilar soni toq sonda bo‘lsa, 1 ta ishtirokchi keyingi turga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi. Yutqazgan ishtirokchi o‘yinni tark etadi va shu holat 1 nafar go‘libni aniqlaguncha davom etadi. U holda g‘olibni aniqlash uchun nechta o‘yin o‘tkazilishi kerak bo‘ladi?

4 / 30

𝐴 dan 𝐷 ga yo’nalishlar orqali necha xil usulda borish mumkin?

5 / 30

Rashid Baxtiyordan katta, Baxtiyor esa Mansurdan katta. Javlon Baxtiyordan katta, Dildora esa Rashiddan kichik, ammo Javlondan katta. Yoshi bo’yicha uchinchi o’rinda kim?

6 / 30

Rasmdagi kvadratlar sonini toping ?

7 / 30

Raqamlari ko’paytmasi 18 ga teng bo’lgan nechta uch xonali son bor?

8 / 30

Uchta bankada: don, makaron va shakar mavjud. Bankalarda: "Don", "Makaron" va "Don yoki shakar" deb yozilgan. Ammo har bir idish ichidagi mahsulot unda yozuvga mos emas. “Don” deb yozilgan bankada nima bor?

9 / 30

Minut mili soat muliga qaraganda necha marta tez harakagt qiladi?

10 / 30

Qutida 21 ta oq, 25 ta qizil va 32 ta ko’k sharlar bor. Quti ichiga qaramasdan eng kamida nechta shar olganda, olingan sharlar orasida albatta 3 xil rangli shar bo‘ladi?

11 / 30

Turnirda to‘rtta futbol jamoasi o’zaro bir-biri bilan bir martadan o‘ynadi. G'alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko beriladi. Jamoalar 5, 3, 3 va 2 ochkolarni qo'lga kiritishgan bo‘lsa, nechta o’yin durang natija bilan tugagan?

12 / 30

7 marta yuvishdan keyin bir parcha kir sovun uzunligi, kengligi va balandligi ikki barobarga qisqardi. Yana necha kir yuvish mumkin?

13 / 30

0,1,2,7,8,9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo‘lgan eng kichik oltixonali natural sonni yozing?

14 / 30

Ikki sonning yig’indisi 24 ga teng. Birinchi sonni 2 marta orttirib, ikkinchi sonni 3 marta ortirib yig’indi qayta hisoblansa yig’indi 55 bo’ldi. Shu sonlardan kichigini toping.

15 / 30

Otabek uchta sonni qo’shdi: bittasi ikki xonali, bittasi uch xonali, bittasi to’rt xonali. U hosil qilishni mumkin bo’lgan eng katta yig’indi nechaga teng?

16 / 30

Ko‘paytmalardan nechtasi 20 ga bo‘linadi? 1 · 2 · 3; 2 · 3 · 4; 3 · 4 · 5; 4 · 5 · 6; ⋯ ; 98 · 99 · 100

17 / 30

Ushbu jismni 5x4x3 o‘lchamdagi parallelopipedga to‘ldirish uchun nechta kubcha zarur bo‘ladi?

18 / 30

Avtobus chiptalari 000000,000001, 000002, …., 999999 ko‘rinishdagi sonlardan iborat. Barcha raqamlari toq va 6 dan kichik chiptalar nechta?

19 / 30

14, 28, 20, 40, 32, 64, 56, ….. qonuniyatga ko‘ra keyingi sonni toping.

20 / 30

Yozda Farruxning dachasida kun bo'yi deraza ochiq edi. Birinchi soatda 1 chivin uchib kirdi, ikkinchisida - 2, uchinchisida - 3 va hokazo. Ikkinchi soatdan boshlab Farrux uxlamay, dam olmasdan chivin o’ldirdi. Ikkinchi soatda u bitta chivinni o'ldirdi, uchinchisida - ikkita va hokazo. Kun oxiriga kelib xonada qancha jonli chivin bor edi?

21 / 30

Feruzaning 200 ta oq va qora rangli mushuklari bor. Uning mushuklarining hech bo‘lmaganda bittasi qora va ixtiyoriy ikkita mushukdan kamida bittasi oq bo‘lsa, Feruzaning nechta oq mushugi bor?

22 / 30

Devordan nechta g‘isht olingan?

23 / 30

300 dan kichik, yozuvida 2 va 3 raqamlarining ikkalasi ham qatnashadigan nechta natural son mavjud?

24 / 30

Harflar raqamlar yordamida quyidagicha kodlangan va OQ=19, QORA=9183, QIZIL=92725 bo‘lsa, QIZLAR so‘zi qanday kodlanadi?

25 / 30

rebusda bir xil harflar, bir xil raqamlarni, turli harflar turli raqamlarni ifodalaydi. − mos ravishda ikki, uch, to‘rt xonali sonlar bo‘lsa, A+B+C+D+E yig‘indini toping.

26 / 30

∇ operator 𝑚∇𝑛 = 𝑚𝑛 − 2𝑚 + 2𝑛 − 4 tenglik orqali aniqlangan. Agar 8∇𝑥 = (𝑥 − 2)∇7 bo’lsa u holda 𝑥 ning qiymatini toping?

27 / 30

99 < 𝑛 < 199 oraliqdagi natural sonlar orasida oxirgi raqami dastlabki ikki raqamning ko`paytmasiga teng bo`lgan sonlar nechta?

28 / 30

Shohrux o‘zining barcha kitoblarini uch harfli koddan foydalanib, (lotin) alifbosining barcha 26 ta harfidan foydalangan holda “qayta raqamlagan”: AAA, AAB, AAC, AAD... , AAZ, ABA, ABB, ABC, ABD ... U bor. 680 kitob. Uning so'nggi kitoblari uchun kod nima?

29 / 30

«17» = 86, «25» =73, «31» = 42, «78» = 151 bo‘lsa, qonuniyatga ko‘ra «37» ni hisoblang.

30 / 30

Berilgan yoyilmadan quyidagi kubchalarning qaysi biri hosil bo’ladi?

0%