Uy » Patronaj hamshalar » Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 Patronaj hamshalar Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 InfoMaster Iyun 14, 2025 21846 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 264 19 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950515253 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan test savollari 486 talik bazadan, 1-200 savollar 1 / 53 1. Tana harorati qaysi asbob yordamida o’lchanadi: A) spirometr B) dinamometr C) monometr D) termometr 2 / 53 2. Oila hamshirasi homiladorlikning kichik muammolari bilan bezovtalangan homilador ayolga qanday parvarish ko’rsatadi: A) Tezda tug’ruqxonaga olib boradi B) Akusher va ginekologni zudlik bilan chaqirtiradi C) Ayolga tinchlanishni, toza havoda sayrni va tez-tez, oz-oz ovqatlanishni tavsiya etadi D) Ayolni oyoqlarini ko’tarib yotqizadi 3 / 53 3. Kislorodni namlashda qaysi apparatdan foydalaniladi: A) “Bobrov” B) “Dinamometr” C) “Spirometr” D) “Poten” 4 / 53 4. Adrenalin va noadrenali gormoni tananing qaysi a’zosida ishlab chiqariladi: A) qalqonsimon bezda B) buyrak usti bezi C) bosh miya pustlogida D) oshqozon osti bezi 5 / 53 5. Insult-bu: A) bosh miyada qon aylanishining o’tkir turg’un buzilishi B) bosh miyada qon aylanishining surunkali buzilishi C) bosh miyaning yallig’lanishi D) bosh miyada qon aylanishining o’tib ketuvchi buzilishi 6 / 53 6. Xantal qo’yishga ko’rsatmalar berilgan to’g’ri javobni toping: A) gipertonik kriz, nafas a’zolari tizimining o’tkir yallig’lanishi B) teri kasalliklari, o’smalar, allergiya C) ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i og’riqlarida, ichki qon ketishlarida D) ichki qon ketish, hushdan ketish, kollaps 7 / 53 7. Eshitish sаmаrаli bo’lishi uchun nima qilishi kerak: A) Gаpirishdаn to’xtаb, bеmоrgа e’tibоrni jаmlаsh, uning gаpini bo’lmаslik, chаlg’ituvchi оmillаrni bаrtаrаf etish: (tеlеfоn qo’ng’irоg’i, bоshqа оdаmlаr, shоvqin) va boshqalar B) Sukut saqlash, tegish, daxldorlik C) Suhbаt dеtаllаrini, mаvzusini ilg’аb оlish, suhbаtni to’xtatib o’ziga kerakli ma’lumotlarni so’rash. Emоtsiоnаl rеаksiyalаr vа his-tuyg’ulаrga e’tibor berish D) Ko’proq ochiq savollar berib, bemorlarni ko’proq eshitish 8 / 53 8. Gipertoniya kasalligi asorati: A) zotiljam plevrit B) revmatizm, yurak nuqsoni C) hushdan ketish, kollaps D) insult, miokard infarkti 9 / 53 9. Patronaj hamshirasi o’z e’tiborini ko’proq aholini qaysi qatlamiga qaratishi kerak: A) Kam ta’minlangan va nogironligi bo’lgan shaxlarga B) Homilador ayollarga C) Uyushmagan aholi qatlamiga D) Sog’lom aholi qatlamiga 10 / 53 10. Huqna qilish uchun mone’liklarni aniqlang: A) Dorili va ozuqali ho’qnadan oldin, me’da va ichak yo’lidagi jarrohlik amaliyotidan oldin B) Qabziyat va meteorizm, tug’ruqqa tayyorlashdan oldin C) Ichaklarni rengenologik tekshiruvlarga tayyorlash D) Ichakdan qon ketishi, paroproktit, to’g’ri ichakning tushishi, to’g’ri ichakning yomon sifatli o’simtalari, ichaklardagi jarrohlik amaliyotidan keying ilk kunlarda 11 / 53 11. Bemorning holatini patronaj hamshirasi qanday baholaydi: A) Passiv, majburiy B) Aktiv, passiv C) Yaxshi, yomon D) Aktiv, passiv, majburiy 12 / 53 12. Patronaj hamshirasining vazifasi nima: A) Aholiga ijtimoiy yordam berish B) Emlash ishlarini olib borish C) Aholini sog’lomlashtirish D) Poliklinikada ish faoliyatini olib borish 13 / 53 13. Harorat tushushining qanday turlarini bilasiz: A) subnormal, normal B) kritik, litik C) peretik, giperperetik, sistolik D) febril, litik, gipertermik 14 / 53 14. Hamshiralik ishi falsafasining etik komponеntlariga qaysilar kirmaydi: A) Dеontologiya B) Qadr-qimmat C) Ezgulik D) Xurfikrlilik 15 / 53 15. Diareyasi bor emizikli bolaga (6 oygachhali qo’shimcha ovqatlar berilmayotgan bo’lsa, suvsizlanishning oldini olish uchun nima qilasiz: A) ko’krak sutidan ajratilib, sun’iy ovqatlanishga o’tkazamiz, qaynatilgan iliq suv ichiramiz B) faqat ko’krak suti, regidron eritmasi, qaynatilgan iliq suv ichiramiz C) ko’krak suti berishni to’xtatib, regidron eritmasi, qaynatilgan iliq suv ichiramiz D) tozalovchi ho’qna qilish, ichni yuvish 16 / 53 16. Muloqot vositalariga nimalar kiradi: A) Hamma bilan muloqot B) O’zaro shaxsiy muloqot C) Verbal va noverbal muloqot D) Ichki shaxsiy muloqot 17 / 53 17. Tibbiyot xodimlarining xatti - xarakatlari va munosabatlari natijasida kelib chiqadigan bemorlardagi salbiy holat nima deb ataladi: A) egrotogeniya B) yatrogeniya C) egogeniya D) emotsiya 18 / 53 18. Hamshiralik jarayonini amalga oshirishda parvarish rejasini tuzish nimaga asoslanadi: A) Hamshira tashxisiga B) Shifokor tashxisiga C) Tekshiruv natijasiga D) Bemor xohishiga 19 / 53 19. Balg’amni atipik hujayralarga qanday yig’iladi: A) 3 kun mobaynida og’zi keng idishga B) har 3 soatda C) ertalab och qoringa D) bir sutkalik 20 / 53 20. Bemorning oyoqlari necha daqiqa iliq suvda solib qo’yiladi: A) 2-3 daqiqa B) 5 daqiqa C) 10 daqiqa D) 3-5daqiqa 21 / 53 21. Puls ritmining buzilishi qanday ataladi: A) taxisfigmiya B) bradisfigmiya C) bradikardiya D) aritmiya 22 / 53 22. Yotoq yara hosil bo’lmaydigan sohalarini aniqlang: A) qorin sohasi, yuz peshona sohasi B) tos sohasi, tovon sahasi, dumg’aza C) ensa sohasi, tovon, kurak sohasi D) to’piq, oyoq barmoqlari sohasi 23 / 53 23. Eshitish samarali bo’lishi uchun nima qilish kerak: A) Sukut saqlash, tegish, dahldorlik B) Ko’proq ochiq savollar berib, bemorni ko’proq eshitish C) Gapirishdan to’xtab, bemorga e’tiborni jamlash, uning gapini bo’lmaslik, chalg’ituvchi omillarni bartaraf etish D) Suhbat detallarini, mavzuni ilg’ab olish, suhbatni to’xtatib o’ziga kerakli ma’lumotlarni so’rash 24 / 53 24. Gaz chiqaruvchi naycha katta yoshli odamga to’g’ri ichakka qancha sm chuqurlikda kiritiladi: A) - 2-3 sm B) - 20-30 sm C) - 10-15 sm D) - 30-40 sm 25 / 53 25. ubyektiv tekshiruv usuli bu: A) auskultatsiya B) palpatsiya C) ko’zdan kechirish D) bemorni so’rab surishtirish 26 / 53 26. Tana harorati kritik tushganda bemorni parvarish qilish uchun qanday muolajalar o’tkaziladi: A) yotoq yarani oldini olinadi B) bemor oqliqlarini va ich kiyimlarini almashtiriladi C) bemorga muzli xaltacha qo’yiladi D) bemor isitiladi va issiq choy beriladi 27 / 53 27. Dezinfektsiya turlariga qaysilar kiradi: A) fizikaviy, kimyoviy, biologik B) profilaktik va o’choqli C) mexanik, fizik, ijtimoiy D) kimyoviy, biologik, texnik 28 / 53 28. Insonning 14 ta extiyojlari muallifi kim: A) Orem, Djonson B) Maslou C) V.Xenderson D) Rauper, Logan 29 / 53 29. OIV qoʼzgʼatuvchisini aniqlang: A) retrovirus B) DNK saqlovchi virus C) bakteriya D) pilovirus 30 / 53 30. Muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni belgilang: A) iqtisodiy omillar B) ruhiy omillar C) moddiy omillar D) ma’naviy omillar 31 / 53 31. Yurakdan otilib chiqayotgan qonning tomir devorlariga urilishi va ritmik ravishda tebranishi nima deb ataladi: A) puls B) nafas C) arterial bosim D) harorat 32 / 53 32. Tana haroratning o’zgarishiga qarab, isitmaning quyidagi turlari farqlanadi: A) doimiy yuqori isitma, remittirlovchi isitma, almashinib turadigan isitma, to’lqinsimon isitma, gektik isitm B) qisqa muddatli isitma, o’tkir isitma, o’rtacha isitm C) surunkali isitma, doimiy isitma, normal isitm D) aralash isitma, doimiy remittilovchi isitma, almashinib turadigan isitma, to’lqinsimon isitm 33 / 53 33. Stenokardiya xurujida dori vositalarini yuborishning samarali usuli: A) teri ostiga B) sublingval C) intranazal D) mushak orasiga 34 / 53 34. Universal-progressiv modelning asosiy maqsadi bu: A) mahalla aholisining jismoniy salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirishdir B) ota-onalarning oilaviy farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirish C) mahalladagi har bir oilaning aqliy salohiyatini oshrish va rivojlantirish D) ota-onalar va ularning yaqinlari farovonligi bilan bog’liq ravishda bolalarning salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rivojlantirishdir 35 / 53 35. Inson his-tuyg’lari va emotsiyalarining tashqi ko’rinishi muloqotning qaysi vositasi orqali namoyon bo’ladi: A) ichki shaxsiy muloqot B) noverbal muloqot C) verbal muloqot D) o’zaro shaxsiy muloqot 36 / 53 36. Oilaga ta’rif bering: A) Oila- oliy ma’lumotli insonlar keng huquqli bo’lgan davlat tashkiloti B) Oila an’anaviy ravishda – bu insonlar jamoasini anglatadi. Bu jamoa qonuniy asosda birlashgan bo’ladi C) Oila- kamolotga yetishish aniq bo’lgan maskan D) Oila- insonlar o’zaro cheklovlar asosida birlashadigan va doimo kuchli nazorat asosida xalqaro tashkilotlar tominidan boshqaraladigan birlashma 37 / 53 37. Palpatsiya nima: A) tukillatib ko’rish B) eshitib ko’rish C) maxsus tekshiruv D) paypastlab tekshirish 38 / 53 38. Og’ir yotgan bemorlarning tirnoqlarini olish uchun bemorning barmoqlari suyuq sovun solingan iliq suvda necha daqiqa davomida ushlab turiladi: A) 3-4 daqiqa B) 10 daqiqa C) 4-5 daqiqa D) 2-3 daqiqa 39 / 53 39. OIVni kuzatuv tizimiga qabul qilingan bemorlarning dispanser nazorati qanday amalga oshiriladi: A) vaqtinchalik nazorat B) doimiy dispanserizatsiya C) birlamchi va joriy dispanserizatsiya D) yakuniy dispanserizatsiya 40 / 53 40. Patronaj hamshirasi homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oylik davrida uchraydigan qanday xavfli belgilarga ahamiyat berishi kerak: A) Kayfiyat o’zgarishi B) Ertalab ko’ngil aynishi C) Uyqu bosishi D) Oyoqlar yoki butun tananing to’satdan shishishi 41 / 53 41. Muayyan bir vaqtda tug’ilish va o’lim sonidan kelib chiqqan holda aholining harakatlanishi nima deyiladi: A) Moliyaviy harakatlanish B) Tabiiy harakatlanish C) Ijtimoiy harakatlanish D) Notabiiy harakatlanish 42 / 53 42. Kislorod bilan davolash nima deb ataladi: A) girudoterapiya B) oksigenoterapiya C) gidroterapiya D) diyetoterapiya 43 / 53 43. Yotoq yaralar tananing qaysi qismida eng ko’p paydo bo’ladi: A) yelkada B) tirsakda C) kurakda D) dumg’azada 44 / 53 44. Uy sharoitida hamshiralik parvarishining kamchiliklari: A) Ko’p vaqtni talab etmaydi B) Bemor to’liq tuzalib ketadi C) Nisbatan ko’p vaqtni oladi D) Nisbatan kam vaqtni oladi 45 / 53 45. Limfa tugunlari qaysi tekshirish orqali aniqlanadi: A) palpatsiya, umumiy ko’rik B) palpatsiya, auskultatsiya C) perkussiya, auskultatsiya D) perkussiya, palpatsiya 46 / 53 46. Uy sharoitidagi hamshiralik parvarishini o’tkazishda bemor uchun qanday bosim qisqaradi: A) Ijtimoiy B) Iqtisodiy C) Ma’naviy D) Ruhiy 47 / 53 47. Kelib chiqish sabablari va rivojlanishi bilan asosiy kasallikka bog’liq bo’lmagan lekin uning kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi kasallik qanday kasallik deyiladi: A) Fon B) Raqobatdosh C) Asosiy D) Yondosh 48 / 53 48. Elektron termometrda harorat o’lchash qancha vaqtni tashkil etadi: A) 5-10 daqiqa tovush signaligacha B) 20 daqiqa C) 1 daqiqa tovush signaligacha D) bemorning istagini inobatga olgan holda 49 / 53 49. O’rta 2 – daragali suvsizlanishning belgilarini sanab o’ting: A) ikkinchi bosqich - suvsizlanish odamda 25% vazn yo’qotishiga olib keladi, terisi quriydi va siydik bu bosqichda sariq rangga aylanadi, peshobning ko’p ajralishi, qayta-qayta qayt qilish, tana harorati kritik ko’tarilishi aniqlanadi B) ikkinchi bosqich - suvsizlanish odamda 15% vazn yo’qotishiga olib keladi, terisi quriydi va siydik bu bosqichda qizil rangga aylanadi, peshobning ko’p ajralishi, qayta-qayta qayt qilish, tana harorati subfebril bo’lishi aniqlanadi C) ikkinchi bosqich - o’rtacha darajada suvsizlanish, bu 4-6% vazn yo’qotishiga olib keladi, siyish chastotasi yanada kamayadi, siydik to’q sariq rangga ega D) bu bosqich qattiq suvsizlanish, bu 1% dan kam vazn yo’qotishiga olib keladi va lablarning yorilishiga olib keladi, tanadagi suv yetishmasligi tufayli terining elastikligi pasayadi va siydik jigarrang rang tusga kiradi 50 / 53 50. Zuluklar bilan davolash nima deb ataladi: A) oksigenoterapiya B) gidroterapiya C) girudoterapiya D) diyetoterapiya 51 / 53 51. Nutq ko’nikmalari rivojlanishi uchun qaysi davr o’ta muxim davr xisoblanadi: A) 6 oydan 3 yoshga qadar B) tug’ilishdan to 3 yoshga qadar C) 3 yoshdan 6 yoshga qadar D) hamma davr muhim 52 / 53 52. Nechi xil darajadagi profilaktika mavjud: A) 4 xil B) 2 xil C) 8 xil D) 3 xil 53 / 53 53. Bolalarda uchraydigan ekzema kasalligi qanday kasallik bilan asoratlanishi mumkin: A) pnevmoniya B) bronxial astma C) yurak kasalligi D) qon kasalliklari 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 109 Laboratoriya tashxisi uchun test №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 820 Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 43 Laboratoriya tashxisi uchun test №2