Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №5 Biologiya olimpiadaViloyat 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 417 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 6-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang. A) Vatan, Sanzor, Omad B) Yulduz, Toshkent-1, Ulug‘bek-600 C) Zarg‘aldoq, Nimrang, Samarqand-3 D) Zarafshon, Buxoro-9, Sanzor 2 / 30 2. Qaysi o‘zbek olimi achitqi zamburug‘larini o‘rganib, novvoychilik, chorvochilikda achitqilar tayyorlash tenologiyasini yaratgan A) M.Mavloniy B) B.Abdug'afurov C) A.Aliqoriyeva D) V.Qobilov 3 / 30 3. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang. A) a-2, b-1080 B) a-5, b-2700 C) a-8, b-8640 D) a-7, b-5040 4 / 30 4. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 4, 5 B) 3.6 C) 1, 5 D) 2, 4 5 / 30 5. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 1, 5, 8, 9 B) 3, 4, 6, 7 C) 3, 5, 7, 9 D) 1, 2, 6, 10 6 / 30 6. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 2, 3, 5 B) 1, 5, 6 C) 1, 2, 4 D) 3, 4, 6 7 / 30 7. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-22; b-50; c-50 B) a-16; b-50; c-50 C) a-20; b-44; c-44 D) a-18; b-46; c-46 8 / 30 8. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 3, 5 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 2, 3 9 / 30 9. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi B) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik C) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi D) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik 10 / 30 10. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-2, 6; b-3, 5 B) a-3, 4; b-7, 8 C) a-4, 7; b-1, 8 D) a-1, 4; b-2, 6 11 / 30 11. Sog‘lom ota-onadan tug‘ilgan farzandlarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlang? (Kasallikning hayotda orttirilishi inobatga olinmasin) 1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘zlik; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy – Terner sindromi; 8) sil kasalligiga moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini ko‘rlikka olib keluvchi irsiy degeneratsiya A) 2, 5, 1, 8, 10 B) 8, 11, 2, 5 C) 7, 1, 5, 9, 6 D) 1, 3, 2, 10 12 / 30 12. Quyidagi rasmda meyoz bo‘linish jarayonidagi hujayraning replikatsiyalangan xromosomalari tasvirlangan. Xromosomalardagi uchta genning allellari - A, B va C ko‘rsatilgan (qora doiralar – sentromerani ifodalaydi). Qaysi javobda meyoz bo‘linishdan keyin eng kam ehtimolda hosil bo‘ladigan gameta genotipi berilgan. A) A1B2C1 B) A1B1C1 C) A1B2C2 D) A2B1C1 13 / 30 13. Magnoliyasimon (a) va lolasimon (b) sinfiga mansub bo‘lgan, ko‘sak meva hosil qiluvchi o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) g‘o‘za; 6) yasmiq A) a-2; b-6 B) С) a-5; b-1 C) a-5; b-3 D) a-1; b-4 14 / 30 14. Biologik faol moddalarning odam organizmidagi funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) antidiuretik gormon – reabsorbsiya jarayonini kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi B) timozin gormoni − jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi C) glukogon gormoni − qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantiradi D) tiroksin gormoni − ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi 15 / 30 15. Hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lmagan (I), hujayra markazi yo‘q, lekin mitotik ipga ega bo‘lgan (II), hujayra markazi va mitotik ipga ega bo‘lgan (III) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 2) pixta; 3) zog‘ora baliq; 4) kakku; 5) nostok; 6) spirogira; 7) beda; 8) sigirquyruq; 9) suqsun; 10) vabo qo‘zg‘atuvchisi A) I - 1, 5, 10; II - 2, 6, 7; III - 3, 4, 9 B) I - 2, 6, 7; II - 3, 4, 9; III - 1, 5, 10 C) I - 1, 10; II - 5, 6, 7; III - 4, 8, 9 D) I - 1, 5, 8; II - 3, 6, 9; III - 2, 4, 7 16 / 30 16. Tallomga ega eukariot (a) va prokariot (b) organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang? 1) nitella; 2) batsidiya; 3) nostok; 4) ulva; 5) xrokokk; 6) xantoriya; 7) ossilatoriya; 8) parmeliya A) a-6, 4, 7, 2; b-3, 1, 5 B) a-8, 1, 6, 4, 2; b-7, 3 C) a-1, 4, 8; b-3, 5, 7 D) a-2, 6, 8; b-1, 3, 5, 7 17 / 30 17. Quyidagi hujayra tuzilmalariga (a-e) xos xususiyatlarni (1-16) to‘g‘ri juftlang. a) lizosoma; b) mitoxondriya; c) ribosoma; d) endoplazmatik to‘r; e) xloroplast 1) RNKni nukleotidlargacha parchalaydi; 2) DNKga ega; 3) glikogenni sintezlaydi; 4) bakteriya hujayrasida uchraydi; 5) uglevodni sintezlaydi; 6) zarpechak hujayrasida uchraydi; 7) Golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 8)anabolizm jarayonida ishtirok etadi; 9) oqsil sintezlaydi; 10) sut kislotani oksidlaydi; 11) polimerazani sintezlaydi; 12) katabolizm reaksiyalarida ishtirok etadi; 13) ikki qavat membranaga ega; 14) kollenxima hujayrasida uchraydi; 15) fag tarkibida uchraydi; 16) oqsillarni aminokislotagacha parchalaydi A) a-1, 14, 16; b-6, 10, 13; c-6, 8, 11, 14; d-13, 4, 8, 9; e-2, 5, 6, 14, 13 B) a-1, 14, 16; b-2, 6, 13; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 7, 9; e-2, 5, 13, 14 C) a-7, 10, 16; b-2, 6, 12; c-6, 8, 11, 14, 15; d-3, 8, 9; e-2, 5, 8, 14 D) a-1, 7, 12, 16; b-2, 6, 10; c-4, 6, 8, 9, 11, 14; d-5, 6, 8; e-2, 5, 8, 14 18 / 30 18. Gastrulyatsiya blastula hujayralarining o‘sib kirishi orqali kechadigan turkumlarni ko‘rsating. A) dumsizlar, dumlilar B) dumlilar, tangachalilar C) tangachalilar, tovuqsimonlar D) timsohlar, kurakoyoqlilar 19 / 30 19. Qaysi organizmlarning lichinkasi odamda (a), umurtqali hayvonlarda (b), umurtqasiz hayvonlarda (c) parazitlik qiladi? 1) ninachi; 2) baqachanoq; 3) exinokokk; 4) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 5) jigar qurti; 6) bo‘ka; 7) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 8) nozema A) a — 4; b — 3, 7; c — 2 B) a — 4; b — 5, 7; c — 1, 8 C) a — 3; b — 2; c — 5 D) a — 7; b — 5; c — 8 20 / 30 20. Bir tup o‘simlikdagi gullari bitta gul formulasi bilan ifodalanadigan o‘simliklarni aniqlang. 1) terak; 2) qovoq; 3) gazanda; 4) qozonyuvg‘ich; 5) qayin; 6) yong‘oq; 7) Turkiston ismalog‘i; 8) itqovun; 9) makkajo‘xori; 10) kungaboqar A) 2, 4, 10 B) 5, 6, 9 C) 2, 4, 8 D) 1, 3, 7 21 / 30 21. Korall poliplarining embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. 1)blastula; 2) blastulaning ichiga botib kirishi; 3) zigota; 4) gastrulyatsiya; 5) maydalanish; 6) blastula hujayralarining migratsiyasi; 7) lichinka; 8) organogenez; 9) yosh polip; 10) hujayralarning ixtisoslashuvi A) 3, 5, 1, 4, 9 B) 3, 1, 4, 8, 7 C) 3, 5, 1, 6, 10 D) 3, 1, 2, 4, 8 22 / 30 22. Quyidagi organizmlarni (a-d) ularga tegishli qon aylanish sistemalari haqidagi ma’lumotlar (1-10) bilan to‘g‘ri juftlang. a)lansetnik; b) nutriya; c) yomg‘ir chuvalchangi; d) churrak 1)o‘pkadan keladigan arterial qon chap bo‘lmachaga quyiladi; 2) qoni qorin qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 3) chap qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida ravoqni hosil qiladi; 4) to‘qimalardagi venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi; 5) chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi; 6) kislorod bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali oldinga oqadi; 7) karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasi orqali jabralarga keladi; 8) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing orqa tomoniga oqadi; 9) qoni orqa qon tomiri bo‘ylab tananing oldingi tomoniga oqadi; 10) to‘qimalarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. A) a − 7, 10; b − 1, 3; c − 2, 9; d − 1, 5 B) a − 7, 10; b − 1, 4; c − 6, 8; d − 1, 3 C) a − 7, 9; b − 3, 4; c − 2, 8; d − 4, 5 D) a − 6, 10; b − 1, 5; c − 2, 9; d − 1, 3 23 / 30 23. Exinokokkning embrional (a) va postembrional (b) davrida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang. 1) iste’mol qilgan ozuqaning ichakda hazm bo‘lishi; 2) urug‘lanmagan tuxum hujayralarning rivojlanishi; 3) organ va to‘qimalar hosil bo‘lishi; 4) finna hosil bo‘lishi; 5) hujayralarning ixtisoslashuvi; 6) yangi bo‘g‘in hosil bo‘lishi; 7) so‘rg‘ichlari bilan hazm bo‘lgan ovqatni so‘rishi A) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 B) a-2, 6; b-7, 1, 4 C) a-3, 5; b-6, 4 D) a-3, 5, 2; b-4, 6, 7 24 / 30 24. Quyida Huntington kasalligining irsiylanishi keltirilgan. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang. A) jinsiy X xromosomada retsessiv B) autosomada dominant C) jinsiy X xromosomada dominant D) autosomada retsessiv 25 / 30 25. Quyida berilgan o‘simliklarni (I-III) kelib chiqish markazi (a-e) va oilasining gul formulasi (1-6) bilan to‘g‘ri moslashtiring. I) yovvoyi no‘xat; II) tamaki; III) qalampir a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rta yer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi. 1) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞); 2) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2); 3) Gk4−5 Gt5,(5) Ch5 U(2); 4) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1 U1; 5) Og(2)+2 Ch3,6 U1; 6) Gk(5) Gt(5) Ch5 U1 A) I − d, 3; II − a, 6; III − d, 1 B) I − c, 2; II − d, 6; III − b, 5 C) I − b, 4; II − e, 1; III − d, 6 D) I − c, 4; II − a, 6; III − d, 6 26 / 30 26. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarni belgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza II; 3) metafaza II; a) diploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; b) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda ikkitadan xromatida bo‘ladi; c) gaploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi; d) diploid to‘plamdagi xromosomalarda bittadan xromatida bo‘ladi A) 1-d; 2-с; 3-d B) 1-с; 2-d; 3-b C) 1-d; 2-b; 3-а D) 1-а; 2-с; 3-d 27 / 30 27. Qaysi jarayonlar moddalar almashinuvining dastlabki bosqichida sodir bo‘ladi? 1) oksidlanish; 2) translyatsiya; 3) proteazalar tomonidan oqsil parchalanishi; 4) lipazaning lipidlarga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’siri; 7) oziqning mexanik o‘zgarishi; 8) transkripsiya; 9) o‘pkalar tomonidan karbonat angidridning ajratilishi; 10) fotosintez A) 3, 4, 6 B) 1, 7, 9, 10 C) 3, 4, 8, 9 D) 2, 5, 8 28 / 30 28. Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug‘kurtakka ega; changdonlari mavjud; urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi B) urug‘idan ko‘payadi; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; changdonlari mavjud; urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud C) urug‘kurtakka ega; urug‘kurtagi tuguncha ichida joylashgan; urug‘langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi D) urug‘larida shamol yordamida tarqalish uchun qanotchalar mavjud; urug‘chi gullari boshoq to‘pgulda joylashgan 29 / 30 29. Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g‘umbakka aylanishi; 2) yomg‘ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to‘qimasining hosil bo‘lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo‘lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo‘lishi; 7)kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo‘lishi. A) 2, 4, 7 B) 1, 3, 5 C) 1, 7 D) 3, 5, 6 30 / 30 30. Tovuq va xo‘rozlarda toj shakli allel bo‘lmagan gen ta’sirida komplementar irsiylanadi. Tajribada oddiy va digomozigota yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirildi. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar o‘zaro qayta chatishtirilganda hosil bo‘ladigan F2 avlodning fenotipi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz