6-sinf Tarix №5 Aprel 7, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Tarix №5 ga fikr bildirilmagan. 21 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №5 21-25-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi C) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi D) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi 2 / 30 2. Misrda O'rta podsholik davrida egallangan hududlarni aniqlang. 1) Arabiston yarimoroli; 2) Liviya; 3) Nubiya; 4) Shimoliy Nubiya; 5) Sinay yarimoroli; 6) Falastin; 7) Janubiy Falastin; 8) Suriya. A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 7 D) 4, 7 3 / 30 3. Quyidagi qadimgi xalqlarning qaysi biri qo'shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishganda jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan? A) finikiyaliklar B) urartlar C) ossurlar D) xettlar 4 / 30 4. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) yuksak axloq B) chin e’tiqod C) adolatli turmush tarzi D) yaxshilikka undash 5 / 30 5. Qadimgi shaharlar va ular vujudga kelgan hududlar muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Uzunqir 2) Afrosiyob 3) Yerqo’rg’on 4)Qiziltepa 5) Ko’zaliqir a)Xorazm b) Qashqadaryo vohasi c) Samarqand d) Surxondaryo vohasi A) 1-b,2-c,3-a,4-d,5-a B) 1-b,2-a,3-c,4-d,5-a C) 1-b,2-c,3-b,4-d,5-a D) 1-b,2-d,3-c,4-b,5-a 6 / 30 6. Qaysi davlatda savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. A) Miken B) Sparta C) Bobil D) Afina 7 / 30 7. Qadimgi yunonlar «varvar»lar deb kimlarni atashgan? A) o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni B) Appenin yarimoroli aholisini C) bosib olingan hududlardagi qulga aylantirilgan aholini D) ularning nazdida madaniyat jihatidan past turuvchi barcha xalqlarni 8 / 30 8. Qadimgi Yunonistondagi “Buyuk yunon kaloniyalashtirish” davrini aniqlang. A) mil.avv VII-V asrlar B) mil.avv VIII-VI asrlar C) mil.avv VIII-VII asrlar D) mil.avv IX-VII asrlar 9 / 30 9. Quyidagilardan qaysi turdagi maktab Afinada mavjud bo’lmagan? A) xususiy gimnastika maktabi B) davlat maktabi C) palestra D) oliy oʻquv yurti 10 / 30 10. “Disk uloqtiruvchi” haykali kim tomonidan ishlangan? A) Fidiy B) Dedal C) Poliklet D) Miron 11 / 30 11. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 7 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 3 ta 12 / 30 12. Spartada necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar? A) 20 yosh B) 30 yosh C) 17 yosh D) 25 yosh 13 / 30 13. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan? A) 40 yosh B) 20 yosh C) 30 yosh D) 25 yosh 14 / 30 14. Qanday sabab bilan Yunonistonda manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishlari hisobiga C) qo'shni hududlar bilan keng madaniy munosabatlar o'rnatilishi hisobiga D) aholi sonining ortishi va yangi hududlarga ehtiyoj sababli 15 / 30 15. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 16 / 30 16. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 3-4 yil B) 6-7 yil C) 2-3 yil D) 5-7 yil 17 / 30 17. Kimlar Afina fuqarosi bo'la olar edi? A) Afinada tug'ilib o'sgan barcha shaxslar B) otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklar C) qullardan tashqari barcha qatlamlar D) ma’lum kasb-hunarni bilgan fuqarolar 18 / 30 18. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta’lim berilgan? 1) astronomiya 2) tibbiyot 3) musiqa 4) geometriya 5) geografiya 6) tarix A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5 19 / 30 19. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan? A) Senat B) Beshyuzlar kengashi C) Xalq tribuni D) Xalq sudyasi 20 / 30 20. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan? A) dehqonlar va hunarmandlar B) savdogarlar va hunarmandlar C) ziroatchilar va savdogarlar D) chorvadorlar va hunarmandlar 21 / 30 21. Drakont qonunlarini arzimagan darajada buzganlik uchun qanday jazo berilgan? A) oʻlim B) qullikka mahkum qilingan C) oila a’zolari asirlikka berilgan D) jarima 22 / 30 22. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar fuqarolar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi. So'z kim haqida borayotganligini aniqlang. A) Oktavian B) Perikl C) Solon D) Drakont 23 / 30 23. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan? A) tuproq B) yogʻoch C) zaytun yogʻi D) olov 24 / 30 24. Miloddan avvalgi 480-yilda bo'lib o'tgan Fermopil darasi jangida yunon qo'shinlariga boshchilik qilgan sarkardani aniqlang. A) Afina harbiy sarkardalaridan biri Miltiad B) Sparta podshosi Leonid C) mashhur sarkarda Kalliy D) mashhur sarkarda Krass 25 / 30 25. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv(alifbo) qachon vujudga kelgan? A) Miloddan avvalgi VIII asrda B) Miloddan avvalgi IX asrda C) Miloddan avvalgi XII asrda D) Miloddan avvalgi X asrda 26 / 30 26. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr boshida yuz bergan? A) Solon islohotlari o‘tkazildi B) Fors viloyatida Ahamoniylar davlati tashkil topdi C) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi D) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar 27 / 30 27. Afina hukmdori Solon faoliyati bilan bog’liq to’g’ri javobni toping. A) xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlar yozgan; B) taklifi bilan qarzdorlarni qul qilish bekor qilingan; C) Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lashni joriy qilgan; D) aholini makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan; 28 / 30 28. Yunonlar qadim o'tgan zamonlarda shug'ullangan mashg'ulotlarni belgilang. A) hunarmandchilik va savdo-sotiq B) hunarmandchilik va chorvachilik C) dehqonchilik va chorvachilik D) savdo-sotiq va dehqonchilik 29 / 30 29. Quyidagi qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) chetga go'sht va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish B) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish C) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish D) qul savdosi va hunarmandchilik 30 / 30 30. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan? A) Aholining o'zi ko'rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan. B) Har yil aholi o'rtasida o'tkaziladigan saylovlar vositasida saylangan. C) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan. D) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan. Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 6-sinf Tarix