6-sinf Tarix №1 Aprel 6, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Tarix №1 ga fikr bildirilmagan. 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari B) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari C) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari 2 / 30 2. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi B) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi C) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi D) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi 3 / 30 3. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi B) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi C) urug' jamoalarining vujudga kelishi D) Buyuk muzlik davrining boshlanishi 4 / 30 4. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) mezolit davrida B) neolit davrida C) so'nggi paleolit davrida D) bronza davriga kelib 5 / 30 5. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi B) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi C) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi D) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi 6 / 30 6. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Machay B) Obishir C) Zarautsoy D) Qo'shilish 7 / 30 7. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Mesopotamiya va Indoneziyada B) Misr va Kavkazortida C) Falastin va Hindistonda D) Kichik Osiyo va Eronda 8 / 30 8. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Bronza davrida B) Eneolit davrida C) Neolit davrida D) Mezolit davrida 9 / 30 9. Mezolit davri oxirida... A) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. B) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. C) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. D) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. 10 / 30 10. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan B) qoyatosh suratlari bilan C) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 11 / 30 11. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Neolit B) Bronza C) Eneolit D) Mezolit 12 / 30 12. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi B) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi C) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan D) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi 13 / 30 13. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 6 14 / 30 14. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) urug' C) ibtidoiy to'da D) qabila 15 / 30 15. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Sharqiy Yevropada B) O’rta Osiyoda C) Kichik Osiyoda D) Old Osiyoda 16 / 30 16. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Mezolit B) So‘nggi paleolit C) Bronza D) Neolit 17 / 30 17. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Xitoy B) Germaniya C) Yunoniston D) Fransiya 18 / 30 18. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan B) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan C) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi D) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan 19 / 30 19. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 20 / 30 20. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Hindiston, Eron va Mesopotamiya B) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti C) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim D) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo 21 / 30 21. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) Mezolit B) O'rta paleolit C) Ilk paleolit D) So'nggi paleolit 22 / 30 22. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5 23 / 30 23. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 3, 4 B) 4 C) 2, 3, 6 D) 1, 5, 7 24 / 30 24. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) o‘rta paleolit B) ilk paleolit C) so‘nggi paleolit D) mezolit 25 / 30 25. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Ispaniyada B) Surxondaryoda C) Kavkazda D) Misrda 26 / 30 26. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 4, 5, 2, 3, 6, 1 B) 5, 3, 4, 2, 1, 6 C) 5, 4, 3, 2, 6, 1 D) 5, 4, 1, 2, 6, 3 27 / 30 27. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 28 / 30 28. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi B) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi C) muzlik davrining poyoniga yetishi D) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi 29 / 30 29. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-b, 2-c, 3-d B) 1-a, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-d, 3-c 30 / 30 30. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi C) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi D) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 6-sinf Tarix