6-sinf Informatika №22 Aprel 6, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Informatika №22 ga fikr bildirilmagan. 12 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Informatika №22 III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA 22-dars. AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATI VA MUALLIFLIK HUQUQI 1 / 30 1. 15 ta sahifadan iborat hujjatning birinchidan beshinchigacha hamda sakkizinchi sahifalarini chop etish uchun qanday buyruq beriladi? A) 1–8. B) 1–5, 8–15. C) 1–5,8. D) 1, 5, 8. 2 / 30 2. Quyidagi rasmda necha sahifa hujjat chop etiladi? A) 2 B) 1 C) 16 D) 9 3 / 30 3. Internetdagi ma’lumotlardan mualliflik huquqini buzmasdan foydalanish uchun quyidagilardan qaysilariga amal qilish kerak? (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilash mumkin) A) mualliflik huquqi belgisini joylashtirish; B) manbani ko‘rsatish; C) Istagan odamga to’g’ridan-to’g’ri yuborish D) ma’lumotlar joylashgan asl saytga to‘g‘ridan to‘g‘ri havolani o‘rnatish. 4 / 30 4. Quyidagi ro’yxat turini aniqlang. matematika; informatika va AT; ona tili; tasviriy san’at; musiqa; ingliz tili. A) Raqamli B) Markerli 5 / 30 5. Buyuk Britaniya uchun domen kengaytmasini toping. A) us B) uk C) uz D) ru 6 / 30 6. Elektron pochtaga kelgan xabarga javob qaytarish uchun qaysi buyruq bajariladi? A) Forward B) Inbox C) Subject D) Reply 7 / 30 7. Mualliflik huquqi-nima? A) asardan uning muallifini kо‘rsatmasdan foydalanish, ya’ni mualliflik huquqini о‘zlashtirish. B) davlat tomonidan berilgan, foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyat. C) Barcha javoblar to’g’ri D) shaxs tomonidan yaratilgan g‘oya (fikr) yoki asarga nisbatan bo‘lgan huquq. 8 / 30 8. Scratch dasturi quyidagi uskuna vazifasini toping. A) Uskuna ellips chizish uchun ishlatiladi. B) Uskuna to‘g‘ri to‘rtburchak chizish uchun ishlatiladi. C) Uskuna to‘g‘ri chiziq chizish uchun ishlatiladi. D) Uskuna chiziqlar yordamida tasvir hosil qilish uchun qo‘llaniladi. 9 / 30 9. Plagiat-nima? A) asardan uning muallifini kо‘rsatmasdan foydalanish, ya’ni mualliflik huquqini о‘zlashtirish. B) davlat tomonidan berilgan, foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyat. C) Barcha javoblar to’g’ri D) shaxs tomonidan yaratilgan g‘oya (fikr) yoki asarga nisbatan bo‘lgan huquq. 10 / 30 10. Elektron pochta –nima? A) elektron pochta manzili egasining nomi. U lotin harflari, raqam va belgilardan iborat bo‘ladi. B) xabar yuborish uchun foydalaniladigan unikal manzil. C) yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q. Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin emas, shu boisdan pochta manzillariga nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi. D) elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun mo‘ljallangan Internet xizmati. 11 / 30 11. Quyidagi blokda shartning natijasi rost qiymatni qabul qilsa qaysi bo‘limi ichidagi buyruqlar bajariladi? A) Hech qaysi bajarilmaydi B) if C) else 12 / 30 12. Forward- nima? (Gmailda) A) elektron xabar yuborilgan shaxs B) elektron pochta tarkibidagi papka C) elektron xabar mavzusi yoki sarlavhasi D) boshqalar ham o‘qishi uchun kelgan xatlarni ularning pochta manzillariga yuborish 13 / 30 13. Kontent– nima? A) birovning asarini havola qilmasdan nusxa ko‘chirish, uni ruxsatsiz o‘zlashtirish B) ma’lum bir veb-sahifaga o‘tish imkonini beruvchi saqlangan yorliq. C) matn, tasvir, video kabi materiallar. D) ma’lum bir veb-sahifaga o‘tish imkonini beruvchi saqlangan yorliq. 14 / 30 14. Inbox- nima? (Gmailda) A) elektron xabar yuborilgan shaxs B) elektron pochta tarkibidagi papka C) elektron xabar mavzusi yoki sarlavhasi D) elektron pochtadan xabarni olish va yozgan shaxsga javob xati yozish 15 / 30 15. MS Word matn protsessorida matematik formulalarni qo‘shish ketma-ketligini ko’rsating. A) “Вставка” → “Уравнение” → “Вставить новое уравнение” B) “Вставка” → “Вставит таблицы” C) “Вставка” → “Уравнение” → “Другие символы” D) “Вставка” → “Символ” → “Другие символы” 16 / 30 16. Mualliflik huquqi belgisini qaysi javobda ko’rsatilgan? A) @ B) & C) $ D) © 17 / 30 17. Multfilm – A) film ibtidosida bosh qahramonlar bilan tanishuv o‘tkaziladi, ya’ni umumiy holat B) kompyuter ekrani yoki boshqa elektron qurilmalarda ko‘rish uchun mo‘ljallangan film. C) ekranda harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi. D) harakat qiluvchi rasmlarni yaratishning usullari 18 / 30 18. Subject- nima? (Gmailda) A) elektron pochtadan xabarni olish va yozgan shaxsga javob xati yozish B) elektron xabar mavzusi yoki sarlavhasi C) elektron xabar yuborilgan shaxs D) elektron pochta tarkibidagi papka 19 / 30 19. Audioma’lumotlarni qidirish va yuklab olish mumkinmi? A) Yo’q B) Faqat audio ma’lumotlarni yuklash mumkin C) Faqat video ma’lumotlarni yuklash mumkin D) Ha 20 / 30 20. Quyidagi blokning nomi toping. A) Algoritmni boshlash/tugatish bloki B) Kiritish/chiqarish bloki C) Funksional blok D) Muqobil blok 21 / 30 21. “Sensing” bo‘limidagi blokning vazifasini toping. A) Mikrofon tovushining balandligini (1 ... 100) qaytaradi. B) Sichqoncha ko‘rsatkichining X yoki Y koordinata o‘qlari bo‘yicha qiymatini qaytaradi. C) To‘liq rejimli (kattalashtirilgan) sahnada spraytlarni sahna bo‘ylab sudrab o‘tish mumkin yoki mumkin emasligini belgilaydi. D) Taymerning joriy qiymatini dastlabki paytdan boshlab sekundlarda qaytaradi. 22 / 30 22. MS Word dasturida sodda havola qo’yish uchun qaysi klavishlar kombinatsiyasi bosiladi? A) Alt+Ctrl+F B) Alt+Ctrl+D C) Alt+shift+D D) Shift+Ctrl+F 23 / 30 23. Axborotni qidirish, bunda turli soxta ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, uning mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olish jarayonlari …..deyiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying. A) Copyright litsenziyasi B) plagiat C) axborot bilan ishlash madaniyati D) mualliflik huquqi 24 / 30 24. Quyidagilardan qaysilari mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan materiallar? (Ko’p tanlovli savol, bir nechta javob belgilash mumkin) A) davlat ramzlari va belgilari (bayroqlar, gerb, emblema va boshqalar); B) qisqartirilgan ismlar va shiorlar. C) rasmiy hujjatlar (qonunlar, sud qarorlari, qonun hujjatlari va h. k.) va ularning rasmiy tarjimalari; D) xalq ijodiyoti asarlari; E) axborot xarakteridagi voqea va faktlar to‘g‘risidagi xabarlar; 25 / 30 25. Reply- nima? (Gmailda ) A) elektron pochtadan xabarni olish va yozgan shaxsga javob xati yozish B) elektron pochta tarkibidagi papka C) elektron xabar mavzusi yoki sarlavhasi D) elektron xabar yuborilgan shaxs 26 / 30 26. MS Word dasturida hujjatga 3D modellarni qo‘shish mumkinmi? A) Ha B) Yo’q 27 / 30 27. Elektron pochtaga kelgan xabarni boshqalarga ulashish uchun qaysi buyruq bajariladi? A) Subject B) Forward C) Reply D) Inbox 28 / 30 28. O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqining asosiy me’yorlari “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi” qaysi moddasi? A) 104–107-moddalar B) 1041–1073-moddalar C) 101–103-moddalar D) 1031–1063-moddalar 29 / 30 29. Chiziqli algoritm – bu? A) Ma’lum bir shart yo’g’on bo’lganda bajariladigan jarayon. B) Hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayon. C) Ma’lum bir shart rost bo’lganda bajariladigan jarayon. 30 / 30 30. Elektron pochta orqali qanday fayllarni yuborish mumkin? A) Hujjatlar va audio ma’lumotlar B) Hujjatlarni va rasmlarni C) Barcha javob to’g’ri D) Video va audio ma’lumotlar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster 6-sinf Informatika