Ona tili (Majburiy) №9 Yanvar 22, 2023Yanvar 22, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili (Majburiy) №9 ga fikr bildirilmagan. 0% 142 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №9 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Yengil so`zi qaysi so`z bilan birikma hosil qilsa, ko`chma ma`noda qo`llangan bo`ladi? A) g`isht B) sumka C) ovqat D) tosh 2 / 10 2. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -guncha, -la, -in, -il, -gan B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -gach, -guncha, -gani, -ib D) -gach, -t, -ir, -n, -i 3 / 10 3. Sayohat vaqtida ko‘rganlarimdan batafsil gapirdim. Ushbu gapda ostiga chizilgan so`z tarkibidagi kelishik shaklini qaysi ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) orqali B) bilan C) haqida D) uchun 4 / 10 4. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) monitoring B) menejer C) strategiya D) menejment 5 / 10 5. Qaysi javobda iboraga misol berilmagan? A) jo`jani kuzda sanamoq B) oq oltin C) dili siyoh D) bosh ko`tarmoq 6 / 10 6. Qaysi gap tarkibida gumon olmoshi qo‘llangan? A) Bu hovuz ikki odam bo‘yi chamasida chuqur edi. B) Birov uni bo‘gayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. C) Hamma xotirjam ... D) Hech kim uni xunuk demaydi. 7 / 10 7. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. B) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. C) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. D) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 8 / 10 8. Balki so'zi o'zaro gaplarni bog'lasa, qanday gap hosil bo'ladi? A) ergashgan qo'shma gap B) bog'lovchisiz qo'shma gap C) bog'langan qo'shma gap D) qo'shma gaplar bu bog'lovchi bilan bog'lanmaydi 9 / 10 9. E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li – Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan ko`hna so`zning ma`nosi qaysi qatorda berilgan? A) turkiy xalqlarda hukmdorning eng oliy unvoni B) Qo`qon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori C) tungi mirshab yoki mirshablar boshlig`i D) hukmdor farmonini bituvchi kotib 10 / 10 10. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. B) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. C) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. D) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok