Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 12, 2022 142 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Shuhrat qalamiga mansub dostonlar qaysi qatorda berilgan? A) “Ona va farzand”, “Jamila” B) “Farzand”, “So`lmas chechaklar” C) “Raymonda” , “Shinelli yillar” D) “Uch qiz afsonasi”, “Guldurdun” 2 / 25 2. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping? A) arra, randa, qo’shish B) Olmosh, sifat, son, atoqli gap C) paranji, qumg’on D) gavra beshik, belanchak 3 / 25 3. «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Tog`lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) yer sayyorasi B) shoirning vatani Dog'istonga C) ilohiy maskan D) mavhum bir makon 4 / 25 4. “Me’mor” asari qahramonlari yo`l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishdi? A) seldan B) girdiboddan C) chaqmoqdan D) zilziladan 5 / 25 5. Qaysi qatordagi ko'makchili birikma atalganlik ma'nosini ifodalayapti? A) . Imkon qadar bajarmoq, soy bo'yidan yurmoq. B) Sahna uchun asar, usta uchun ganch. C) Kelajak uchun poydevor, sog'lom avlod uchun sharoit. D) Bajarish uchun mas'ul, kuyga solmoq. 6 / 25 6. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, (1) Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. (2) Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo‘lsin, vazning bir qadoq. (3) (A. Shukurov) Ushbu she’rda raqamlab ko‘rsatilgan shakldosh so‘zlardan qaysi biri hisob so‘z bo‘lib kelmoqda? A) hisob so‘z mavjud emas B) 2 C) 3 D) 1 7 / 25 7. O‘lmas Umarbekovning qaysi qissasida yoshgina ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlasha boradi? A) “Fotima va Zuhra” B) “Yoz yomg‘iri” C) “Oq qaldirg‘och” D) “Odam bo‘lish qiyin” 8 / 25 8. Qaysi gapda ravish turkumiga oid so‘z boshqa javoblarga qaraganda kam? A) Birdan koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani eshitildi. B) Dardim jim ichimga yutaymi endi? C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. D) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. 9 / 25 9. Qaysi asarda “Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim”, “Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri”, “O‘tirmasin yov chiqib uyim to‘riga” kabi badiiy tasvirlar uchraydi? A) “Buzilgan o‘lkaga” B) “Mardlik afsonasi” C) “Turkman binosi” D) “Bu – men tug‘ilgan tuproq” 10 / 25 10. Quyida berilgan qaysi gapda yordamchi so‘z turkumlarining har bir turiga oid birliklar qatnashgan? A) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan, sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan. B) Siz ham bu ishga qadam qo‘yishdan ilgari bir karra o‘ylab ko‘rsangiz bo‘larmidi? C) U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. D) Bu maqsad sari qo‘yilgan birinchi qadamgina emas, balki kelajakka ishonch belgisidir. 11 / 25 11. Berilgan she'riy baytlarning qaysi birida mutlaq qofiya ishlatilgan? A) Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman. B) Ul nadurkim sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. C) Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi Vuv judin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi. D) Ul na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo‘q nishon Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. 12 / 25 12. Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parcha haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yer sharini yaralash orqali unga o‘lim keltirishi tasvirlangan. B) Ushbu she’riy parchada Yerning Quyoshga isyoni tasvirlangan. C) Ushbu she’riy parchada Quyosh va tong birgalikda Yerni halok qilish tasviri uchraydi. D) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yerda hayot paydo qilishi tasvirlangan. 13 / 25 13. Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan gap berilgan? A) O‘zimga o‘zim gapira boshladim. B) O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yurtingda gado bo‘lgan afzal. C) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. D) Barcha gaplarda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan 14 / 25 14. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning hozirgi kundagi ko‘rinishini toping. A) astronomiya B) matematika C) geometriya D) fizika 15 / 25 15. She’riy misradagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deyiladi? A) hijo B) turoq C) qofiya D) vazn 16 / 25 16. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. Ushbu gapdagi teng bog‘lovchi qanday mazmuniy munosabatni ro‘yobga chiqarmoqda? A) inkor B) zidlov C) chama, taxmin D) ayiruv 17 / 25 17. Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z mavjud emas? A) sifat B) ravish C) son D) fe’l 18 / 25 18. Xalq dostonlari haqidagi qaysi fikr xato? A) doston qahramoni yorini oynada ko‘radi B) doston qahramoni yorini oyda ko‘radi C) doston qahramoni yorini uzukda ko‘radi D) doston qahramoni yorini tushda ko‘radi 19 / 25 19. Qaysi gapdagi belgilash olmoshi to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni bildiradi? A) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri. B) O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. C) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. D) Kelganlarning hech birini tanimas ekanman. 20 / 25 20. Quyidagi asarlardan qaysi biri roman-tetralogiyaga misol bo‘la oladi? A) Said Ahmad “Ufq” B) M. Ismoiliy “Farg‘ona tong otguncha” C) Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat” D) H. Nu’mon va A. Shorahmedov “Ota” 21 / 25 21. Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. Baytida qanday she’riy san’at qo‘llangan va bu bayt kim haqida? A) irsoli masal, Jobir B) tashbih, Jobir C) tashbih, Suhayl D) irsoli masal, Navdar 22 / 25 22. Murodxonga: - Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yubor…., onalarining oldiga bor…sin, bizni duo qilishadi, - degandim, darrov rozi bo‘l…, uylaridan katta qaychi olib chiq... Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘yilmaydi? A) fe’lga xos bo‘lgan nisbat qo‘shimchasi B) fe’lga xos bo‘lgan zamon qo‘shimchasi C) fe’lga xos bo‘lgan harakat nomi qo‘shimchasi D) fe’lga xos bo‘lgan mayl qo‘shimchasi 23 / 25 23. Qaysi gapda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etmagan? A) . . . chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. B) Bulut bo‘ldi-da, yomg‘ir yog‘madi. C) Birrov kirdi-da, chiqib ketdi. D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 24 / 25 24. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etmagan? A) Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi. B) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi. C) Bu olamda men kezmagan yurt kam edi, - deb davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. D) Eski buloqning ko‘zi ochildi. 25 / 25 25. Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. Ushbu gapda olmoshlar nimaga ishora qilgan? A) shaxsga B) gapga C) so‘z birikmasiga D) shaxs va narsaga 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2