10-sinf Fizika olimpiada №3 Sentabr 27, 2022Sentabr 27, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Fizika olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Jismga o’zaro 60˚ burchak ostida yo’nalgan 6ta kuch ta’sir etmoqda. Ularning 5tasi bir xil 50 N qiymatga ega. 6-si esa 30 N qiymatga ega. Jismning massasi m = 20 kg bo’lsa, u shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ta’sirda qanday tezlanish (?⁄?^2) bilan harakatlanadi? A) 0 B) 1 C) 3 D) 2 2 / 25 2. Har binning qalinligi h= 7 sm bo'lgan yetti brusok bir-biriuing ustiga taxlangan bo'lib, bu to‘p suv sirtida tik holda suzib yuribdi. Bunda suvning sirti tepadan sanaganda beshinchi va oltinchi brusoklar orasiga to'g'ri kelgan. Agar brusoklardan biri olib tashlansa, to'pning suvga botishi necha sm o'zgaradi? A) 2,8 B) 3 C) 2 D) 3,5 3 / 25 3. Harorati 100℃ va massasi 1 kg bo’lgan suv bug’i hamda harorati 0℃ va massasi 0,2 kg bo’lgan suv issiqlik o’tkazmaydigan idishga solindi. Sistemada termodinamik muvozanat qaror topganida idishdagi harorat necha ℃ ga teng bo’ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg ∗ K, suvning solishtirma qaynash issiqligi 2,3 MJ/kg. A) 100 B) 110 C) 109 D) 10 4 / 25 4. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi? A) 100 B) 105 C) 150 D) 1000 5 / 25 5. Bir jisnli elektr maydon kuchlanganligi 300 kV/m ga teng. Zaryadi +2nC va massasi 0,5 g bo’lgan zarra shu maydonga joylashtirilib qo’yib yuborilsa u qanday tezlanish (?/?2) bilan harakatlanadi? A) 2.4 B) 12 C) 1.2 D) 6 6 / 25 6. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin. A) 17 B) 16 C) 21 D) 13 7 / 25 7. Tosh biror balandlikdan gorizontal otildi. Normal va tangensial tezlanishlari o’zaro tenglashgan vaqt momentida uning tezligi 28 m/s ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, shu vaqt ichida vertikal necha m pastga tushganini aniqlang. √2 ≈ 1.4, ? = 10 ?/?² A) 30 B) 25 C) 36 D) 20 8 / 25 8. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ? A) 200 B) 400 C) -400 D) -200 9 / 25 9. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang. A) 3 B) 6 C) 5 D) 2 10 / 25 10. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping. A) 2/√5 B) 2 C) 1/√5 D) √5/5 11 / 25 11. Jism qarshilik kuchi tezlikning kvadratiga proporsional bo’ladigan muhitda harakatlanmoqda. Jism tezligi 30 % ga kamaytirilsa, unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchi necha foizga kamayadi? A) 10 B) 69 C) 51 D) 90 12 / 25 12. Grafikda berilgan qaysi intervalda gazning zichligi o’zgarmaydi? A) 1-2 B) 2-3 C) 3-1 D) Barchasida o’zgaradi 13 / 25 13. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi? A) 10.6 B) 89.4 C) 64.7 D) 35.3 14 / 25 14. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?. A) ?₃ B) Barchasidan o'tadi C) ?₁ ?? ?₄ D) ?2 ?? ?₅ 15 / 25 15. Arabboy ismli o’quvchi toshni tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan uloqtirdi. Natijada tosh maksimal 12.5 m balandlikka ko’tarilib otilish nuqtasiga 12 m/s tezlik bilan qaytib tushdi. Tosh harakatiga havo tomonidan ta’sir etuvchi qarshilik kuchining (N) o’rtacha qiymatini toping. Toshning massasi 0.5 kg. A) 2,56 B) 9,56 C) 4,56 D) 3,56 16 / 25 16. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday? A) 19 B) 66 C) 58 D) 15 17 / 25 17. Gazning harorati izobarik ravishda 27℃ dan 57℃ gacha oshdi. Bunda uning hajmi necha foizga ortadi? A) 2.11 B) 10 C) 111 D) 110 18 / 25 18. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan 4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi? A) 24kq²/3a B) 24kq²/a C) 24√3kq²/a D) 10kq²/a 19 / 25 19. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng? A) 42000 B) 64000 C) 6400 D) 13200 20 / 25 20. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng? A) 8.9 ∗ 10⁻¹² B) 8.9 ∗ 10⁻¹¹ C) 8.9 ∗ 10⁻¹⁰ D) 8.9 ∗ 10⁻¹³ 21 / 25 21. Silindrik idishda porshen ostida joylashgan ideal gaz bosimi 500 kPa. Gaz bir atomli ekanligi ma’lum bo’lsa, shu gazning hajm birligiga mos keluvchi ichki energiyasini (kJ/m³) toping. A) 752 B) 655 C) 650 D) 750 22 / 25 22. Jism Yer sirtidan vertikal tik yuqoriga otildi. 4 s dan so’ng uning tezligi 20 m/s ga teng bo’lib qoldi. Yana necha sekunddan so’ng uning tezligi modul jihatdan huddi shu qiymatga erishadi. ? = 10 ?/?² A) 6 B) 3 C) 4 D) 5 23 / 25 23. Jism qiyaligi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday minimal qiymatida jism qiya tekislikda sirpanmaydi? A) Aniqlab bo’lmaydi B) 3/5 C) 4/3 D) 3/4 24 / 25 24. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) ?/?² B) ???/?² C) ???/? D) ?/? 25 / 25 25. Ikki hil materialdan tayyorlangan jismlarning massalari mos holda 18 g va 12 g, ikkala jismni ham simobga solinganida suyuqlik sirtida erkin suzib yurishi ma’lum. Jismlar tomonidan siqib chiqarilgan simoblarning og’irliklari nisbati (?1/?2) ni toping. A) Jismlarning zichliklarisiz aniqlab bo’lmaydi B) 3/2 C) 3/4 D) Simobning zichligisiz aniqlab bo’lmaydi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Fizika olimpiada