Biologiya attestatsiya №11 Iyul 26, 2022Iyul 26, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya attestatsiya №11 ga fikr bildirilmagan. 0% 37 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya fanidan attestatsiya savollari №11 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera. Bular nimalar ? A) Biologiyaning tarmoqlari B) Biologik atamalar C) to’g’ri javob berilmagan D) Tiriklikning tuzilish darajalari 2 / 40 2. Gulli oʻsimliklarda gulining toʻq qizil rangda boʻlishini tamin etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham toʻq qizil rangda boʻlishiga sabab boʻladi. Bu quyidagilardan qaysi birining taʼsiri natijasida sodir boʻladi A) Epistaz B) Polimeriya C) Komplementar D) Pleyotropiya 3 / 40 3. Gledichiya gulidagi qaysi qismlar qo’shilgan. 1) 2 ta Gt; 2) 5 ta Gk; 3) 1 ta Ch; 4) 1 ta U; 5) 9 ta Ch; 6) 3 ta Gt A) 2, 1, 5 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 3, 6, 4 4 / 40 4. Ilvirs (a), qashqaldoq (b), chiyabo‘ri (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi? A) a - suvsarsimonlar; b - mushuksimonlar; с - bo‘risimonlar B) a - mushuksimonlar; b - bo‘risimonlar с - suvsarsimonlar C) a - yirtqichlar; b - mushuksimonlar; с - bo‘risimonlar D) a - mushuksimonlar; b - suvsarsimonlar; с - bo‘risimonlar 5 / 40 5. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishinatijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 64 B) 128 C) 256 D) 512 6 / 40 6. Jinsiy bezlar funksiyasi va faoliyatiga xos xususiyatlar to’g’ri ifodalangan javobni aniqlang. A) tuxumdonlar tuxum hujayralar hosil qiladi va qonga estrogen gormonlari ishlab chiqaradi B) tuxumdonlar bachaqon orqasida, katta chanoq bo’shlig’ida joylashgan C) erkaklarning jinsiy bezlari bir juft urug’donlar-moyaklardan iborat. Ular jinsiy yo’llarga tuxum hujayralar va androgen gormonlari ishlab chiqaradi D) tez-tez shamollash, va infeksiya kasalliklari tuxumdonlarning yallig’lanishi hamda bepushtlikka sabab bo’lolmaydi 7 / 40 7. Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze A) 3,4,5 B) 2,7,9 C) 1,6,8 D) 1,3,9 8 / 40 8. Ayirish sistemasi Ikki uchi ochiq naychalardan iborat organizmlarni toping? A) cho‘chqa tasmasimoni, rishta; B) jigar qurti, qoramol tasmasimoni; C) exinokokk, planariya; D) bitiniya, yomg'ir chuvalchangi; 9 / 40 9. Exinakokk va cho’chqa tasmasimoni uchun umumiy bo’lgan qaysi belgi cho’chqa tasmasimonini qoramol tasmasimonidan farq qilishga imkon beradi? A) tuxumlarida ilmoqlarini bo’lishi B) boshida ilmoqlarni mavjudligi C) lichinkalarini qon orqali harakatlanishi D) odamni muskullarida parazitlik qilishi 10 / 40 10. Chaqaloqlarda qalqonsimon bezning ( a ) va ayrisimon ( b ) bezning massasi qancha? A) a-5g b-10g B) a-1g b-12g C) a-10 b-1 D) a-0,2 g b-5-6 g 11 / 40 11. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi. A) 2,3,5 B) 1, 4, 6 C) 1 ,2, 5 D) 3 ,4, 6 12 / 40 12. Kamxastak va qarag‘ayga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) fitosenoz vakili; 2) murtak xalta; 3) urug‘; 4) fitofag; 5) urug‘kurtak; 6) tuguncha. A) 1, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4 13 / 40 13. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi? A) 1 - biosfera; 2 - organizm B) 1 - molekula; 2 – populatsiya C) 1 - populatsiya; 2 – biosfera D) 1 - biogeotsenoz; 2 - molekula 14 / 40 14. Odam organizmidagi nafas chiqarish jarayonida qisqaradigan (I) va qo’lni tirsakdan yozuvchi (II) muskullarni belgilang. A) I - tashqi qovurg'alararo muskul: II -yelkaning ikki boshli muskuli B) I - diafragma muskuli: II - yelkaning uch boshli muskuli C) I - qorin muskuli; II - yelkaning ikki boshli muskuli D) I - ichki qovurg'alararo muskul: II - yelkaning uch boshli muskuli 15 / 40 15. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi. A) a-5; b-1; c-3; d-2, 4 B) a-4; b-3; c-1; d-3 C) a-5; b-4; c-3; d-1, 2 D) a-4; b-5; c-3; d-1 16 / 40 16. Churrak (a), ilvirs (b), bo‘g‘ma ilon (mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyachasida burmalar yo‘q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko‘p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi. A) a-1,4;b-3,5;c-2,6 B) a-3,5; b-1,6 c-2,4 C) a-1,5;b-3,6;c-2,4 D) a-2,6; b-3,5; c- 1, 4 17 / 40 17. Quyidagilardan yo'sintoifa, ochiq urug‘lilar va yopiq urug`lilar bo‘limlari uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) murtak xaltaning mavjudligi; 2) jinsiy ko‘payishning ustunlik qilishi; 3) xlorofillning bo`lishi; 4) qo‘sh urug‘lanish; 5) tuxum hujayraning urug'kurtakdagi arxegoniyda yetilishi; 6) sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i. A) 3, 6 B) 3, 5 C) 2, 6 D) 1, 4 18 / 40 18. Gormonlar, ular ishlab chiqariladigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari jadvaldagi qaysi raqamlar qatorida muvofiq tarzda to‘g‘ri berilgan? A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 19 / 40 19. Sersut qoramol zotlarini aniqlang. A) Qora-ola Xolmagor, Shortgorn B) Qizil Dasht, Qozog‘iston oqboshi C) Qora-ola Xolmagor, Qizil Dasht D) Yaroslavl, Qozog‘iston oqboshi 20 / 40 20. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘iz; 2) laylak; 3) chigirtka; 4) o‘rgimchak; 5) kaltakesak; 6) o‘simlik. A) 6—>1—>4—>3—>2 B) 6 —> 1 —> 2 —>5—>4 C) 6—>1—>4—>2—>5 D) 6—>1—>4—>5—>2 21 / 40 21. Shakli o‘zgargan ildiz ( a ) poya ( b ) barg ( c ) larga ega o‘simliklarni juftlab ko‘rsating. 1) topinambur; 2) karam; 3) piyoz; 4) lavlagi; 5) bodring; 6) burchoq; 7) do‘lana; 8) turp. A) a-2, 4; b-1, 3, 7; c-5, 6 B) a-3, 4; b-1, 5, 6, 7; c-2, 8 C) a-4, 8; b-1, 5; c-3, 6 D) a-4, 7; b-1, 5, 8; c-2, 6 22 / 40 22. Odam yuragining muskullarda paydo bo'ladigan o‘zgarishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati qanday ataladi? A) yurak sikli B) puls C) yurakning sistolik hajmi D) yurak avtomatiyasi 23 / 40 23. Dala qirqbo‘g‘imining jinsiy bo‘g‘ini uchun mos keladigan javobni aniqlang. A) mustaqil oziqlanadi, anteridiyga ega B) ildizpoyali o'simlik, spora hosil qiladi C) sporofit nasl hisoblanadi, avtotrof organizm D) zigotadan rivojlanadi, spora hosil qiladi 24 / 40 24. Quydagi rasmdan miya sopining qismlarini belgilang. A) 2,3,5 B) 1,4,6 C) 3,4,5 D) 2,3,4,5,6 25 / 40 25. Achitqi zamburug‘lari nima bilan oziqlanadi (a) va oziqlanish jarayonida qanday birikmalar hosil bo‘ladi (b)? A) a-kraxmal; b-suv va CO2 B) a-mineral tuzlar; b-metil spirt va CO C) a-glukoza; b-etil spirt va C02 D) a-spirt; b-suv va CO2 26 / 40 26. Odamning Odamning bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) tashqi kulrang qavati nerv hujayralaridan iborat; 2) o‘ng va chap yarimsharlarda hid bilish, eshitish, ko‘rish, chamalash va tuyg‘u markazlari joylashgan; 3) chakka qismida eshitishning oliy markazi joylashgan; 4) ensa qismida ko‘rishning oliy markazi joylashgan; 5) chap yarimsharda geometrik obrazlari aniqlash markazi joylashgan. A) 1, 2, 5 B) 3 ,5, 6 C) 3 ,4, 6 D) 1 ,2, 1 27 / 40 27. Jadvaldagi 1, 2, 3, 4 tartib raqamlarining gorizontal qatorlarida prokariot, lishaynik va zamburug‘ vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Qaysi gorizontal qatordagi ma’lumotlar berilgan organizmlar uchun mutloq to‘g‘ri? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 28 / 40 28. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i. A) 1 - ikki urug'pallalilar sinfi: 2 - ochiq urug'lilar bo’limi: 3 - qizil suvo'tlar bo'limi; 4 -ra'nodoshlar oilasi. B) 1 - gulxayridoshlar oilasi: 2 - yopiq urug'lilar bo'limi: 3 - qizil suvo'tlar bo'limi: 4 - ochiq urug’lilar bo'limi C) 1 - yopiq urug'lilar bo'limi: 2 - bir urug'pallalilar sinfi: 3 - yashil suvo'tlar bo'limi: 4 - ikki urug'pallalilar sinfi D) 1 - gulxayridoshlar oilasi: 2 - ochiq urug'lilar bo'limi; 3 - yashil suvo'tlar bo'limi: 4 -ra'nodoshlar oilasi 29 / 40 29. Odam buvragining kalavasimon kanalchalarida qanday jarayonlar sodir bo’ladi? A) birlamchi siydik asosiy qismining vena tomirlariga qayta so’rilishi: ikkilamchi siydik hosil bo’lishi B) filtratsiya sodir bo'lishi; suyuqlikning kapillarlardan nefronga o'tishi C) reabsorbsiya: birlamchi siydik hosil bodishi D) suyuqlikning kapilyarlardan nefronga o‘tishi; birlamchi siydik hosil bo'lishi 30 / 40 30. Zoosenoz tarkibiga kiruvchi ko‘l baqasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1)eshituv organlari ichki va o‘rta quloqdan iborat; 2)ayirish organi ikkita tasmasimon buyrakdan iborat; 3)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 4)yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qovoqsiz ko‘zlari yaqin masofadan yaxshi ko‘radi; 6) qovurg‘alarining bir uchi ko‘krak umurtqalariga, ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi. A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 6 31 / 40 31. Santa-Gertruda va Zagorsk zotlari uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni belgilang. 1)ichagi anal teshigiga ochiladi: 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshituv yo’liga ega; 3) tana o‘zgarishlar harorati doimiy; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub: 5) embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; 6) yuragi to‘rt kamerali. A) 1, 2, 5 B) 3 ,5, 6 C) 3 ,4, 6 D) 1 ,2, 1 32 / 40 32. Rasmda odam skeleti tasvirlangan. O'zaro harakatchan (a), yarim harakatchan (b), harakatsiz choksiz (va harakatsiz chok orqali ( birikadigan suyaklar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni belgilang. A) a-3,8,9; b-7; c-2; d-1 B) a-3, 5, 7, 8 9; b-4; c-2; d-1 C) a-3,7,9; b-4; c-2, 5; d-1 D) a-3,7,8 ; b-9; c-5; d-2 33 / 40 33. Toshbaqaning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang. A) yuragi ikki kamerali bo`lib, yurak bo`lmachasi va qorinchasidan iborat B) katta va kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadi C) kichik qon aylanish doirasi o'pka arteriyasi orqali chap qorinchada tugaydi D) katta qon aylanish doirasi kislorodga boy o'pka arteriyasidan boshlanadi, 34 / 40 34. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Odam yuragi chap qorinchasiga ...1)qon bo'lmachadan o'tadi; 2)qon yarim oysimon klapan orqali o'tadi; 3)arterial qon o'tadi; 4)venoz qon o'tadi; 5)qon vena tomiridan o'tadi; 6)uch tavaqali klapan orqali o'tadi; 7)ikki tavaqali klapan orqali o'tadi A) 3, 5, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 7 35 / 40 35. Odamda kretinizm kasalligining kelib chiqish sababini ko‘rsating. A) yosh bolalarda somatotrop gormoni kam ishlab chiqarila boshlanishi B) qalqonoldi bezlarning funksiyasi pasayishi, uning gormoni kam ajralishi C) katta yoshdagi odamlarda ayrisimon bez faoliyatining pasayib, tiroksin gormonining kamayishi D) bolalik davridan boshlab qonda tiroksin yetishmasligi 36 / 40 36. Zuhrasochning sporalari (a), funariyaning gametalari (b) qayerda yetiladi? A) a - arxegoniyda, b - arxegoniyda B) a - sporangiyda, b - arxegoniyda C) a - sporangiyda, b - sporangiyda D) a - arxegoniyda, b – sporangiyda 37 / 40 37. Sog‘lom odam tinch nafas chiqargandan so‘ng chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarish holati ... deb ataladi. A) o’pkaning zahiradagi havosi B) nafas havosi C) o‘pkaning qo‘shimcha havosi D) o‘pkaning tiriklik sig‘imi 38 / 40 38. Oziq zanjiridagi 1,2,3,4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang A) 1-erkak chivin; 2-laylak; 3-baqa; 4-lochin B) 1-sariq falanga; 2-sichqon; 3-jayron; 4-emu C) 1- o'rgimchak; 2-baqa; 3-kaltakesak; 4-arxar D) 1-asalari; 2-kolorado qo`ng`izi; 3-musicha ; 4- lochin 39 / 40 39. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang. 1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi A) 1, 4, 2, 3, 8, 6, 7, 5 B) 1, 2, 7, 3, 8, 4, 6, 5 C) 1, 4, 6, 3, 8, 2, 7, 5 D) 1, 4, 6, 8, 3, 2, 7, 5 40 / 40 40. Ko’zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti yetishmasligi (a) va to’r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi (b) natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni ko’rsating. A) a – katarakta; b – konyuktivit B) a – albinizm; b – daltonizm C) a – albinizm; b – shabko’rlik D) a – daltonizm; b – katarakta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Biologiya attestatsiya