10-sinf Fizika olimpiada №2 Iyul 12, 2022Iyul 12, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Fizika olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 2 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Fizika olimpiada №2 2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Chizmada ko’rsatilgan sxemadan foydalanib K va L nuqtalar orasidagi kuchlanishni (V) aniqlang. A) 90 B) 80 C) 110 D) 100 2 / 25 2. Uchta bir xil qarshilik o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulangan. Birinchi qarshilikning qiymatini o’zgartirmasdan, ikkinchi qarshilikning qiymati 3 marta, uchinchisiniki esa – 2 marta orttirilsa, birinchi qarshilikning kuchlanishi necha marta kamayadi? A) 2 B) 3 C) 6 D) 4 3 / 25 3. Jism gorizontga π/6 burchak ostida 30 m/s tezlik bilan otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining moduli nimaga teng (m/s) sin30° = 0 ,5 cos30° = 0,87 A) 24,2 B) 26 C) 30 D) 20,3 4 / 25 4. Quyidagi rasmda magnit maydonning tok bilan o’zaro ta’siri ko’rsatilgan. Amper kuchining yo’nalishini toping. A) Pastga B) Chapga C) Yo'ngga D) Yuqoriha 5 / 25 5. Bir jinsli, ishqalanishsiz harakatlanadigan, uzunligi 2 m, massasi 100 kg bo’lgan aravachaning ikki chetida massalari mos holda 70 kg va 90 kg bo’lgan ikkita bola turibdi. Birinchi bola aravachaning o’rtasigacha kelganda sistema og’irlik markazi qanchaga (m) siljiydi? A) 0,42 B) 0,27 C) 0,13 D) 0 6 / 25 6. Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir tomonga qarab mos holda 5 m/s va ? tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha bilan devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha, dastlabki yo’nalishida, 2 m/s tezlik bilan harakatni davom etdi. Devorning tezligi ? (m/s) nimaga teng? A) 3 B) 1,5 C) 3,5 D) 2,5 7 / 25 7. Jismning boshlang'ich tezligi 7 m/s. Jismga tezlikka proporsional bo'lgan (proporsionallik koeffitsiyenti 3,5 kg/s) ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Jism massasi 3,5 kg bo'lsa, jism to'xtagunicha qancha yo'l bosadi? A) 3,5 B) 12,25 C) 14 D) 7 8 / 25 8. Har binning qalinligi h= 7 sm bo'lgan yetti brusok bir-biriuing ustiga taxlangan bo'lib, bu to‘p suv sirtida tik holda suzib yuribdi. Bunda suvning sirti tepadan sanaganda beshinchi va oltinchi brusoklar orasiga to'g'ri kelgan. Agar brusoklardan biri olib tashlansa, to'pning suvga botishi necha sm o'zgaradi? A) 2,8 B) 3,5 C) 3 D) 2 9 / 25 9. Gidravlik pressning 0,5 m² yuzali kichik porsheniga bosim ga orttirilsa, sirti 1 bo'lgan katta porshenga bosim qanchaga ortadi? A) ∆p /2 ga B) 2∆p ga C) 4∆p ga 4∆p ga D) ∆p ga 10 / 25 10. Jismning harakat tengiamasi x = 0, 5t² + 2t + 4 ko'rinishga ega. Jismning tezligi harakat boshlanganidan keyin 5 s o'tgach qanday bo'ladi (m/s)? A) 7 B) 5 C) 8 D) 6 11 / 25 11. Kub shaklidagi muz bo’lagi ichida bir jinsli sharsimon jism joylashtirilgan bo’lib, ushbu muz suvda to’la botgan holda suzib yuribdi. Agar kub shaklidagi muzning tomonlari a, uning ichidagi sharning diametri ham a ga teng bo’lsa, shu sharsimon jism moddasining zichligini (kg/m³) toping. Muzning hamda suvning zichliklari 0,9 g/sm³ va 1,0 g/sm³. A) 1091 B) 2027 C) 1127 D) 1027 12 / 25 12. Ikki ishchi og’irligi 600 N va uzunligi 6 m bo’lgan bir jinsli taxtani ko’tarib ketmoqda. Taxtaning uchlari birinchi ishchining yelkasidan 1 m, ikkinchi ishchining yelkasidan 2 m chiqib turibdi. Taxta har bir ishchi yelkasiga qanday kuch (N) bilan bosmoqda? A) 100, 500 B) 360, 240 C) 300, 300 D) 200, 400 13 / 25 13. Moddiy nuqta koordinatasi ?=2+3sin(4?∙?+?/2) qonun bo’yicha o’zgarmoqda. ?=0 vaqtda nuqta tezligi qanday bo’lgan? A) 37,7 B) 5,3 C) 12,0 D) 0 14 / 25 14. Tinch turgan 2,5 kg massali jismga 20 N va 15 N kuchlar o'zaro 90° burchak ostida ta’sir qilmoqda. Jismning 3 s dan keyingi tezligini (m/s) toping. A) 35 B) 25 C) 30 D) 20 15 / 25 15. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi? A) avval ortadi, keyin kamayadi B) uzluksiz ortib boradi C) avval kamayadi, so’ngra ortadi D) uzluksiz kamayib boradi 16 / 25 16. Potensial energiya deb nimaga aytiladi? A) jismlarning o'zaro ta'siri va harakatidan hosil bo'ladigan energiyaga B) jismlar tinch turganda hosil bo'ladigan energiyaga C) jismlarnjng o'zaro ta’siri natijasida hosil bo'ladigan energiyaga D) jismlar harakatlanganda hosil bo'ladigan energiyaga. 17 / 25 17. 20 sm uzunlikdagi 25 A tokli o’tkazgichni bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik yo’nalishda 20 mm masofaga siljitishda 20 mJ ish bajarildi. Magnit maydon induksiyasini aniqlang (Tl). A) 1 B) 0,2 C) 2 D) 0,1 18 / 25 18. Bir jinsli magnit maydoniga induksiya vektorining yo’nalishi 600 burchak ostida 100 m/s tezlik bilan uchib kirgan zarracha spiral trayektoriya bo’ylab harakat qiladi. Induksiya vektorining moduli 4 Tl ga, zarrachaning zaryadi 50 μC ga massasi 0,3 mg gat eng. Spiral qadamining uzunligini (sm) toping. A) 0,78 B) 1,18 C) 1, D) 47,1 19 / 25 19. Dengiz sathidan 240 m chuqurlikdagi botiqda atmosfera bosimi 0°C da P1 ga, dengiz sathidan 1,2 km balandlikdagi atmosfera bosimi esa P2 ga teng. P1/P2 nisbatni toping. A) 5 B) 1,18 C) 0,78 D) 1 20 / 25 20. Buyumni nikellaahda 3 m² yuzasida 0,05 mm qalinlikda nikel qatlami hosil qilish uchun necha gramm nikel ishlatiladi? Nikelning zichligi 8900 kg/ m³ ga teng. A) 1435 B) 1335 C) 1535 D) 1235 21 / 25 21. Massasi 20 g bo'lgan sharcha bikrligi 2000 N/m bo'lgan prujinaga qanday balandlikdan (m) tushganida prujina 1 sm ga siqiladi? A) 1,5 B) 0,5 C) 1 D) 2 22 / 25 22. Gorizontal sirtdagi 25 impulsli bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to’qnashgandan keyin impulsi 15 bo’lib qoldi. Ikkinchi sharning impulsi () qanday bo’lib qoldi A) 18,4 B) 15 C) 10,20 D) 20 23 / 25 23. Chastotasi 2 Hz bo'lgan to'lqin 3 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir-biridan 75 sm masofada bo'lgan nuqtalar v tebranishlarining maksimal fazalar farqi qanday? A) 0,5π B) 1,5π C) π D) 2π 24 / 25 24. Ko’lning biror h chuqurligidagi bosim 0,5 MPa ga teng bo’lsa, undan 10 m chuqurroqdagi gidrostatik bosim necha kPa ga teng bo’ladi? P₀=100 Pa, g=10 m/s² A) 400 B) 500 C) 700 D) 600 25 / 25 25. Ovchi tinch turgan qayiqda turib uchayotgan qushga gorizontga nisbatan 30° burchak ostida o'q uzdi. Ovchining qayiq bilan birgalikdagi massasi 80 kg. O'qnlng massasi 40 g, o'rtacha tezligi esa 400 m/s. Suvning qayiq harakatiga o'rtacha qarshilik kuchi 4 N bo'lsa, qayiq qancha masofaga (m) siljidi? A) 0,7 B) 40 C) 0,3 D) 0,5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Fizika olimpiada