9-sinf Tarix olimpiada №2 Iyun 7, 2022Iyun 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Tarix olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 1 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; B) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; C) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 2 / 25 2. Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 3 / 25 3. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; B) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; C) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; D) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; 4 / 25 4. Qadimda Qashqadaryoning sharqiy qismi qanday atalgan? A) Nautaka B) Afrosiyob C) Uzunqir D) Yerqo`rg`on 5 / 25 5. Mil.avv II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylangan davlatning asosiy shaharlari qayerda joylashgan edi? A) Sirdaryo sohillarida B) Farg`ona vodiysida C) Toshkent vohasida D) Amudaryo sohillarida 6 / 25 6. Qachon Buxoro xonligi nisbatan markazlashagan ulkan davlatga aylandi? A) XVI asr oxirlarida B) XV asr boshlarida C) XV asr oxirlarida D) XVI asr birinchi yarmida 7 / 25 7. Chechakka qarshi emlash usulini kim aniqlagan? A) E.Jenner va A.Levenguk B) Y.Mayer C) E.Jenner D) A.Levenguk 8 / 25 8. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Buxoro B) Qozoq juzlari C) Eron D) Kaspiy dengizi 9 / 25 9. O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari-satrapliklar yillik soliq to`lashdan tashqari …ham safarbar etilgan. A) yo`llar qurilishiga B) to`g`onlar qurilishiga C) boj yig’ish uchun D) saroy va ibodatxonalar qurilishiga 10 / 25 10. Qachondan Afrika qit`asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi? A) XIX asrning o`rtalaridan B) XIX asrning boshlaridan C) XIX asrning oxirlaridan D) XIX asrning 70-yillaridan 11 / 25 11. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Ural va Volga daryosi bo`ylaridan turli davrlarda Movaraunnahr- ga kirib kelgan etnoslar asosan qaysi tillarda so`zlashgan? A) eftal va oromiy B) sug`d va turk C) turk va sharqiy Eron D) turk va xorazm 12 / 25 12. Quyidagi atamalar juftligidan qaysi biri bir xil ma’noni beradi? A) sanoat-industriya B) deklaratsiya-bill C) sudebnik-edikt D) patent-dividend 13 / 25 13. Qo`qon xonligi davrida qurilgan me`moriy obidalarni qurilgan yillari bilan muvofiqlashtiring. 1.Xudoyorxon saroyi 2.Hokim oyim madrasasi 3.Sulton Murodbek 4.Hazrati Kalon Sohibzoda a)1869-1870 y b)1872 y c)1862 y d)1863-1870 y A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) )1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 14 / 25 14. Vizantiya qo`shini qaysi hududlarni qiyinchiliksiz egallaydi? A) Vandallar va Sitsiliya B) Sitsiliya va Vestgotlar C) Vestgot va Misr D) Vestgot va Vandallar 15 / 25 15. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1844-yilda B) 1832-yilda C) 1825-yilda D) 1843-yilda 16 / 25 16. G`arbiy Yevropada vujudga kelgan Uyg`onish davrining vatani nima sababdan Italiya bo`ldi? A) Italiyaning O`rta Yer dengizida hukmron maqeyining yuqoriligi va Atlantika okeanidagi savdoda yetakchi bo’lganligi B) G`arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada sanoat to`ntarishining ertaroq vujudga kelganligi C) Italiya mustamlakachilik urushlari va diniy nizolardan uzoq muddat chetda turganligi D) G`arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalistik jamiyatga xos xususiyatlar ertaroq vujudga kelgan 17 / 25 17. Buxoro xonligida 1556-1585-yillar oralig`ida Nurota tog`ida qaysi suv ombori qurilgan? A) Hovuzixon B) Sangzor C) Xoja Ka`ab D) Oqchob 18 / 25 18. Noto`g`ri javobni toping. A) Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan B) O`rta asrlarda “ko`handiz”, “shahriston”, “rabot” deb yuritilgan shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan C) Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan D) G`arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o`rtasida VI asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi 19 / 25 19. Amerigo Vespuchchi vatani tarixiga oid to`g`ri javobni toping. A) J.Garibaldi Palermoni egallaganidan so`ng Neapolga yurish qildi B) Italiyani birlashtirish Sitsiliya qirolligi zimmasiga tushdi C) 1872-yilda Fransiya ta`sirida bo`lgan Rim shahri Italiya qirolligiga qo`shib olindi D) J.Garibaldi Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishgan 20 / 25 20. O`rta osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishining nechanchi bosqichida Turkiston viloyati tuziladi? A) )to`rtinchi bosqich B) uchinchi bosqich C) birinchi bosqich D) ikkinchi bosqich 21 / 25 21. Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon bostirilgandan 600 yil o`tib……. A) G`aznaviylar davlati barham topdi B) Ibrohim Bo`ritegin Vaxsh, Chog`aniyon va Xuttalonni egalladi C) Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi D) Ma`sud G`aznaviy hukmronligi tugadi 22 / 25 22. 1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali qanchaga oshgan? A) 2 barobar B) 3 barobar C) 7,5 barobar D) 2,25 barobar 23 / 25 23. Harbiy taktika tarixida birinchi marta qo`shinni yetti qismga bo`lgan sarkarda qaysi davlat bilan 25 marotaba maktub va elchilar almashgan? A) Oltin O`rda B) Fransiya C) Misr D) Ispaniya 24 / 25 24. Qaysi voqea oldinroq yuz bergan? A) Marokash sultoni Abu Bakr Ganani istilo qilgan B) Franklar tuzgan davlat Fransiya deb atala boshlangan C) Bolgariya podsholigi yirik davlatga aylanadi D) Normannlar Londonni bosib oladilar 25 / 25 25. Bir yilda sodir bo`lgan voqealarni aniqlang? A) “Tilzit shartnomasi” imzilandi, Napaleon Fransiya imperatori bo’ldi B) Italiya qirolligi tashkil topdi, Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilindi C) Napaleon I vafot etdi, Rossiyada dekabristlar qo`zg`oloni bo`lib o`tdi D) Angliyada ikkinchi parlament islohoti o`tkazildi, Fransiyada taxtni Karl X egalladi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Tarix olimpiada