Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 May 12, 2022May 16, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 ga fikr bildirilmagan. 0% 2 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. B) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. C) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. D) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. 2 / 40 2. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi B) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. C) Norning nordon anori narida. D) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. 3 / 40 3. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. C) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 4 / 40 4. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –a(-y), -ar(-r) B) –ayotir, ayotib C) –gan, -b(-ib) D) –gay, -yap 5 / 40 5. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –sa, -ar, -ir B) –i, -ira, -iq C) –illa, -lash, -sira D) –a, -la, -ay 6 / 40 6. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. B) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. C) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. D) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. 7 / 40 7. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Xat Sharifa tomonidan yozildi. B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. 8 / 40 8. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) na o‘qidi, na yozdi B) yozmay qo‘ymadi C) yozib qo‘ymadi D) yozmay qo‘ydi 9 / 40 9. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -tir, -il, -ish B) -sin, -sin, -ay C) -moqda, -yap, -ayotir D) -man, -san, -miz, -siz 10 / 40 10. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) birgalik va o‘zlik nisbat B) orttirma va majhul nisbat C) birgalik va orttirma nisbat D) o‘zlik va majhul nisbat 11 / 40 11. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelishdi, keltirdi B) kelsa, kelmoqchi, kelgin C) kelyapman, kelyapsan, kelyapti D) keldi, kelyapti, keladi 12 / 40 12. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. B) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. C) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. D) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. 13 / 40 13. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq B) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq 14 / 40 14. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. B) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. D) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. 15 / 40 15. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. B) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. C) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. D) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. 16 / 40 16. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –ir, -iz, -ar, -it B) –ar, -ay, -ik, -iq C) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz D) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az 17 / 40 17. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 3.4 B) 1.4 C) 1, 2 D) 2.3 18 / 40 18. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) sifatdosh B) harakat nomi C) sof fe’l D) ravishdosh 19 / 40 19. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qisqarayotgan B) o‘zgartirilgan C) qayg‘uradigan D) ko‘rsatilgan 20 / 40 20. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –b(-ib) B) –di C) –di, -b(-ib) D) –gan 21 / 40 21. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) uxlatdi, tomizdi, qaytardi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi 22 / 40 22. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? B) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. 23 / 40 23. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) yotmoq, turmoq, yurmoq B) olmoq, bilmoq, boshlamoq C) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq D) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq 24 / 40 24. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi B) harakat-holatning davomli inkori C) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi D) harakat-holatning bir martalik inkori 25 / 40 25. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq C) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq D) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq 26 / 40 26. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) o‘tgan zamonga nisbatan B) hozirgi zamonga nisbatan C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) kelasi zamonga nisbatan 27 / 40 27. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) kirib chiqdi C) yonib turibdi D) qotib qoldi 28 / 40 28. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) olmoq B) yurmoq C) chiqmoq D) qo‘ymoq 29 / 40 29. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytgan, aytayotgan, aytar B) aytmoq, aytish, aytuv C) aygach, ayguncha, aytib D) aytdi, aytishdi, ayttirdi 30 / 40 30. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi B) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) II shaxs xabar maylini ifodalaydi D) III shaxs xabar maylini ifodalaydi 31 / 40 31. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) boshlamoq B) bermoq C) chiqmoq D) olmoq 32 / 40 32. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi 33 / 40 33. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmoq B) kelishdi C) kelsam D) kelmagan 34 / 40 34. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) orttirma B) birgalik C) o‘zlik D) majhul 35 / 40 35. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) yig‘lab gapirdi B) ketib qoldi C) so‘ray ko‘rma D) kelib ketdi 36 / 40 36. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 4.5 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 3,4,5 37 / 40 37. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 3.4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4 38 / 40 38. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di B) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti C) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 D) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 39 / 40 39. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) zavq B) yalt C) ayb D) suv 40 / 40 40. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –la, -lash, -sa B) –a, -ay, -ar C) –y, -it, -iq D) –sin, -t, -qir 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya