Blok testlar Biologiya va Ona tili №1 May 3, 2022May 3, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Blok testlar Biologiya va Ona tili №1 ga fikr bildirilmagan. 7 Vaqtingiz tugadi! Biologiya va Ona tili yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Ona tili (3.1 ball) ? Biologiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalargamos keladi? 1)tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi; A) 1 - ADF; 2 - saxaroza; 3 - nukleoprotein B) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 - xromoprotein C) 1 - ADF; 2 - riboza; 3 - globulin D) 1 - ATF; 2 - dezoksiriboza; 3 - albumin 2 / 90 2. O`simlikda uchraydigan gomopilimer massa ulushiga teng miqdorda ko`p xujayrali organizmlarda uchraydigan modda xos xususiyat? A) moddaning yopishqoqligi 1ga teng B) vodorod bog`lar xosil qilmaydi C) glukoza dissimilyatsiasini 3 chi bosqichida xosil bo`lmaydi D) faqat barg eti hujayralarida fotolizga uchraydi 3 / 90 3. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang. A) Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi B) Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. C) Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi D) Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. 4 / 90 4. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar nimaga bog`liq? 1) oqsil 2) uglevod 3) nuklein kislota 4) lipid A) 1.4 B) 1.2 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4 5 / 90 5. Silovsin (I), suqsun (II) yuragidan chiquvchi qon tomirlarini to'g'ri ko'rsating. 1) o'ng bo'lmacha; 2) chap bo'lmacha; 3) chap qorincha; 4) o'ng qorincha a)o'pka venasi; b)o'ngga yo'naluvchi aorta; c)buyrak arteriyasi; d)o'pka arteriyasi; e)pastki kovak vena; f)chapga yo'naluvchi aorta A) I-1-e, 2-a; II-1-e, 2-a B) I-3-f, 4-d; II-3-b, 4-d C) I-3-f, 4-d; II-3-f, 4-d D) I-3-b, 4-d; II-3-f, 4-b 6 / 90 6. Quyida berilgan organizmlarning bo'yin umurtqalar soni qanday o'zgaradi.? gekkon nutriya agama triton salamandra a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi A) 1-b; 2-a; 3-b; 4-c B) 1-b; 2-a; 3-b; 4-a C) 1-b; 2-b; 3-b; 4-c D) 1-a; 2-b; 3-b; 4-c 7 / 90 7. Zamburug’larni o’simliklarga (a) va hayvonlarga (b) o’xshashligi to’g’ri berilgan qatorni belgilang A) a-harahkatlanmaydi, b-geterotrof oziqlanadi B) a-harakatlanmaydi, b-avtotrof oziqlanadi C) a-avtotrof oziqlanadi, b-eukariot D) a-prokariot, b-eukariot 8 / 90 8. Bu vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. A) B6 B) B1 C) B 12 D) PP 9 / 90 9. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan. A) o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) B) o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) C) asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) D) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) 10 / 90 10. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi A) 5, 6 B) 2, 8 C) 1, 3 D) 4, 7, 9 11 / 90 11. Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? A) a-sil tayoqchasi, b-achitqi zamburug’i B) a-quturish qo’zg’atuvchisi, b-tamaki mozaikasi C) a-achituvchi bakteriya, b-vabo qo’zg’atuvchisi D) a-qorakuya, b-bakteriofag 12 / 90 12. Quydagilardan nechtasini tarkibi faqat glukoza 1) maltoza 2) kraxmal 3) selluloza 4) klechatka A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 13 / 90 13. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat. A) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar B) nefronlar, neyroglya, akson, dentrit C) aksonlar va dendriddan D) neyronlar va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya 14 / 90 14. Tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga kelishiga zamin yaratadigan jarayon? A) DNK reduplikatsiyasi B) oqsil biosintezi C) fotosintez D) xemosintez 15 / 90 15. Chala o`zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlari bilan juftlang. 1.qorin bo`limi ingichka va uzun 2. ko`zlari juda yirik, oddiy 3. ko`krak ikkinchi segmentida joylashgan qanotlari uzun va ensiz 4. qanotlari taxlanmaydi 5. tuxumlarini maxsus ko`zachaga qo`yadi 6. jamoa bo`lib yashaydi 7. boshida bir juft murakkab, uchta oddiy ko`zlari joylashgan a) to`g`riqanotlilar b) pardaqanotlilar c) termitlar d) ninachilar A) a-3,5,6 c-6 d-1,2,4 B) a-3,5 c-2 d-5 C) a-2,5 b-6,7 c-3,6 d-2,4 D) a-3,5 b-6,7 d-1,4 16 / 90 16. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1)murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2Ogacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va suvning hosil bo‘lishi a)tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich. A) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 4 B) a - 1, 4; b - 2; c - 4, 5 C) a - 2; b - 1, 4; c - 3, 4 D) a - 1, 2; b - 4; c - 3, 5 17 / 90 17. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. A) endemik buqoq B) tiretoksikoz C) kretinizm D) miksedema 18 / 90 18. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xosumumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug'idan ko'payadi; chang donasiningvegetativ hujayrasidan chang nayi hosil qiladi B) magnoliyasimon; poyasining o`tkazuvchito`qimalari uzun yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan C) hayotiy shakli daraxt; spermiyningmarkaziy hujayra bilan qo'shilishidan endosperm rivojlanadi D) urug'kurtakka ega; qo'sh urug'lanishdankeyin urug' hosil qiladi 19 / 90 19. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasihaqidagi to’g’ri fikrni aniqlang. A) arteriya qon tomir devorining sirtiniqoplab turadi B) periost pardani hosil qiladi C) vena qon tomir devorining o'rta qavatinihosil qiladi D) alveolalar devorini hosil qiladi 20 / 90 20. ATF ga xos xususiyatlarni nechtasi to`gri +1) tarkibida fosfor saqlaydi 2) tarkibida azot saqlamaydi +3) suv bilan munosabati oddiy spirtga nisbatan qarama qarshi +4) glikoliz reksiasida sintezlanadi 5) DNK polimeraza natijasida sintezlangan adeninda 2 ta H3PO4 ko`pligi bilan farq qiladi +6) tarkibida 120 kj energiya saqlaydi +7) barcha tirikorganizmlar uchun umumiy emas A) 3 B) 2 C) 4 D) 6 21 / 90 21. Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring. 1.naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar a)qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar A) 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; B) 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c C) 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; D) 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f; 22 / 90 22. Buyraklar tog’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1-qorin bo’shlig’ining bel qismida, 2-qorin bo’shlig’ining diafragma ostida, 3- ikkala o’pkaning ortasida joylashgan, 4- IV-VI dumg`aza umurtqasi ro’parasida joylashgan, 5-birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan, 6-u loviya shakliga o’xshash bitta organ, 7-loviya shakliga o’xshash bir juft organ A) 1.5.7 B) 2,3,4,7 C) 1,5,6 D) 2.3.4.6 23 / 90 23. Hujayradan tashqarida ko’paya oladigan (b) va ko’paya olmaydigan (a) organizmlarni belgilang? A) a-vabo kasalligini qo’zg’atuvchisi, b-bakteriofag B) a-sil tayoqchasi, b-tamaki mozaikasi C) a-quturish virusi, b-tamaki mozaikasi D) a-bakteriofag, b-o’latni qo’g’atuvchisi 24 / 90 24. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi? A) hujayralararo modda B) sitoplazma C) hujayra qobig'idagi teshik D) yadro 25 / 90 25. Ko'zi yumuq bola tug'adigan sutemuzuvchilarda qaysi parazit organizm voyaga yetgan davrini o'taydi.? A) Qoramol tasmasimon chuvalchangi B) Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi C) Exinokokk D) Jigar qurti 26 / 90 26. Daryo qisqichbaqasining faqat tip uchun(a) va sinf uchun(b) xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. 1.tashqi po`sti polisaxariddan iborat 2. ikki juft mo`ylovga ega 3. qon aylanishi ochiq, yuragi rivojlangan 4. yurish oyoqlari to`rt juft 5. jabralari orqali nafas oladi 6. qorin nerv zanjirga ega A) a-3,6 b-2,3 B) a-1,3 b-2,5 C) a-4,6 b-1,2 D) a-4,5 b-3,6 27 / 90 27. 630 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (A), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang. A) a - 624; b - 104 B) a - 624; b - 80 C) a - 588; b - 104 D) a - 756; b - 104 28 / 90 28. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), xromotoforida yorug`likni sezuvchiorganoidi bor (c), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang? 1.xlamidamonada, 2. ulotriks, 3. lamnariya, 4. spirogira, 5. xlorella, 6. porfira A) a-1, b-2, s-3, d-6, e-4 B) a-1, b-4, s-1, d-2, e-3 C) a-3, b-2, s-6, d-2, e-1 D) a-1, b-4, s-6, d-2, e-3 29 / 90 29. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi. 1-ichak, 2-o'pka, 3- ter bezlari 4- yog‘ bezlari 5-buyrak A) 5.3.2 B) 2.3 C) Barchasi D) 4.5 30 / 90 30. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang. 1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan. A) 2,6,3 B) 2,4,7,1 C) 1,2,3,4 D) 2,4,6,7 31 / 90 31. Tong otmoqda. Tong o’qlar otar, Ton otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Ushbu misralar muallifini toping. A) Cho’lpon B) Rauf Parfi C) Usmon Nosir D) Mirtemir 32 / 90 32. Jarangli jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush bilan tugagan yopiq bo‘g‘inli so‘zlar qatorini toping. A) dehqon, chaqqon, xohlamoq B) xushaxloq, shukur, xontaxta C) tavfiq, sohib, otaliq D) xumcha, tashbeh, tal’at 33 / 90 33. O‘zakka qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz beradigan shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) -dosh, -boz B) -kor, -soz C) -vchi, D) -chi, -soz 34 / 90 34. Tog‘ay Murodning qaysi asariga Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berilgan? A) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi B) Ot kishnagan oqshom” qissasi C) “Otamdan qolgan dalalar” romani D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasi 35 / 90 35. Hisob so‘z berilmagan gapni toping. A) Ko‘rsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa mobaynida bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. B) Bir og‘iz gapingiz bilan bu ishlar o‘z yechimini topishi mumkin C) Men kosadan olib ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. D) Umri xola bir qo‘li bilan uniqqan chit ko‘ylagining etagini mahkam ushlab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-pishmagan aralash qulupnaylar ko‘rinib turar edi. 36 / 90 36. Asosi fe’l so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldosh ega qatnashgan murakkab kesimli gapni aniqlang. A) Yer yuzida qancha millat, xalq bo‘lsa, shuncha til bor. B) Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. C) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi D) Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o‘zimni urdim. 37 / 90 37. Qaysi javobda bir ma’no turiga oid ikkita ravish qatnashgan? A) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. B) Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni maqtab, ko‘klarga ko‘tarar edi. C) Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa bemalol. D) U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. 38 / 90 38. “Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga... “ Ushbu parcha «Alpomish dostonida kimning tilidan aytilgan? A) Qultoy B) Yortiboy C) Qayqubod D) Qorajon 39 / 90 39. Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, aniqlovchi, ega va kesim shartli belgilarga to‘liq mos keladigan murakkab ot kesimli gapni aniqlang. A) Faqat boshidagi do‘ppisining kashtasigina oq edi, xolos. B) Til - millatning ruhi, deyiladi. C) Norning nordon anori narida. D) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi 40 / 90 40. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur «, gapdagi “matavoliy” so‘zining ma’nosini toping. A) manmanlik B) chegarasiz C) hayratlanarli D) suhbatdoshi 41 / 90 41. Berilgan so‘z birikmalaridan qaysilari harakat-holatning belgisini bildirgan? Tonggi shabada, sekin yurmoq, quvonchli xabar, tez o‘qimoq, a’lo kayfiyat, atayin gapirmoq. A) 2 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta 42 / 90 42. Bayrog‘ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg‘iz qolsangiz ham bayroq tik bo‘lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!” – dеb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. Ushbu parcha qaysi adib ijodidan? A) O. Matjon B) H. Xudoyberdiyeva C) Sh. Boshbekov D) A. Oripov 43 / 90 43. Qaysi javobda holat fe’llari berilgan? A) qizardi, ulg‘aydi B) gapirdi, qichqirdi C) chopdi, sug‘ordi, D) to‘xtadi, tashladi 44 / 90 44. Hokim qismi ham, tobe qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Hukmdor saroyidagi bu xazinada qadimgi yunon tabibi Gippokratdan tortib Arastu va Aflotun asarlarining asl nusxalari, arab tilidagi tarjimalari saqlangan. B) O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir C) Bugun dalalar uzra bolakay larning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. D) Ular xalqning va millatning birligi, yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini jo‘shib kuyladilar. 45 / 90 45. Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni toping. A) ilova, olim, andisha B) g‘o‘za, baraka, ibora C) arava, ashula, ilgari D) ijod, izza, rubob 46 / 90 46. Xususiyat bildiruvchi sifat qatnashmagan gapni toping. A) Donishmand chol... naq yuz qovun pishig‘ini ko‘rgan bo‘lsa-da, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. B) Yozgi harakat – kuzgi barakat. C) Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. D) U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o‘qiydi. 47 / 90 47. Torgina xonani xotin-xalajning qiy-chuvi tutdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalariga oid to‘g‘ri hukmni belgilang. A) Ushbu gapda faqat tobe qism vazifasini bajargan so‘zlarning barchasi bir so‘z turkumga oid so‘zlar hisoblanadi. B) Ushbu gapda faqat hokim qism vazifasini bajargan so‘zning asosi ot so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi. C) Ushbu gapda faqat tobe so‘z vazifasini bajargan so‘zlar soni uchta. D) Ushbu gapda tub so‘zning qo‘shma so‘zga tobelanishi kuzatiladi. 48 / 90 48. Yuzning kulib turishi bunchalik qiyin ish emas. Ushbu gapdagi so‘zlarning yetakchi morfemalarida shakldoshlik necha o‘rinda kuzatiladi? A) 4 o‘rinda; B) 5 o‘rindar. C) 3 o‘rinda; D) 2 o‘rinda; 49 / 90 49. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. B) O‘zbek Navoivni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. C) Buni eshitgan quloq nima deydi? D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. 50 / 90 50. Zamon shaklidagi chiqar fe’lidan nisbat ma’nosidagi chiqar fe’li qanday farqlanadi? A) II shaxsga ishora qilishi bilan farqlanadi. B) kelasi zamon ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. C) buyurish ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. D) gumon-taxmin ma’nosi bo‘lishi bilan farqlanadi 51 / 90 51. Belgilash olmoshi qatnashgan gapni toping. A) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. B) Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz? C) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. D) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi 52 / 90 52. X Salohning ”Yulduzlar afsonasi ” she’rida qaysi yulduzning qizini yetti qaroqchi yulduzi o’g’irlab ketadi? A) Zuhro B) Surayyo C) Hulkar D) Zuhal 53 / 90 53. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan? A) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. B) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi. C) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam», – dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi. D) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi. 54 / 90 54. Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi? 1) junj...kish; 2) juld...r; 3) zug‘...m; 4) ibratom...z. A) 1, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 2, 4 55 / 90 55. Tobe qismi ham, hokim qismi ham tub so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalarini aniqlang. 1.qat’iy ishonch; 2.aytilgan so‘z 3.o‘qish yaxshi; 4.aniq tushuntirmoq; 5.bachkana odam; 6.ko‘ngliga olmoq 7.bunyod etmoq A) 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 4, 6 D) 3, 4, 7 56 / 90 56. Payt otlariga qo‘shilib paytga xos belgini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi qatorda mavjud? A) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. C) Qishki hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. D) Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. 57 / 90 57. Dona sonni hosil qiluvchi quyidagi hisob so‘zlardan qay biri hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi? A) bosh, B) dona, C) tup, D) nafar, 58 / 90 58. Maxtumqulining “Shoir bo’lsang xabar ber” she’rida “U nimadir, darvozasiz qal’adir?” deganda nimani aytgan? A) ko’ngil B) kafan C) qora yer D) qabr 59 / 90 59. Qaysi javobdagi hukm xato berilgan? A) Gumon olmoshi qo‘shimchasi kelishik, egalik va boshqa qo‘shimchalardan keyin qo‘llana oladi B) Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. C) Gumon olmoshini hosil qiladigan qo‘shimchalar doim so‘roq olmoshlaridan so‘ng qo‘shiladi. D) Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. 60 / 90 60. Erka o’g’il Hamidullaning ko’knori iste’mol qilib,qimor o’yin oqibatida singlisini boy berishi qaysi asarda keltiriladi? A) ”Urush farzandi” B) ”Qiyomat qarz” C) ”Fotima va Zuhra” D) ”Odam bo’lish qiyin” 61 / 90 61. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 62 / 90 62. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 150 B) 110 C) 100 D) 120 63 / 90 63. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 10 B) 6 C) 8 D) 5 64 / 90 64. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 120 B) 240 C) 180 D) 300 65 / 90 65. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 8 B) 7 C) 6 D) 9 66 / 90 66. Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 141 B) 85 C) 257 D) 254 67 / 90 67. Hisoblang. A) 0,3 B) 3 C) 30 D) 2 68 / 90 68. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 163 B) 157 C) 161 D) 177 69 / 90 69. Hisoblang. A) 27/4 B) 60/8 C) 44/5 D) 8 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 900 ming B) 980 ming C) 950 ming D) 1 mln 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) ilmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ommabop uslub 72 / 90 72. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) ravishdosh B) harakat nomi C) sifatdosh D) Bsof fe’l 73 / 90 73. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 74 / 90 74. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) qaratqich, chiqish o‘rin payt B) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh C) chiqish, o‘rin-payt D) tushum, o‘rinpayt, bosh 75 / 90 75. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) t, k, y B) sh, k, t C) a, i, o‘ D) i, u, q 76 / 90 76. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 77 / 90 77. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. B) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. C) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 78 / 90 78. Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3 79 / 90 79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -lik, -zor, -ar B) -li, -kash, -im C) -kash, -eh, -la D) -qi, -choq, -in 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) jaranglilik B) portlovchilik C) shovqinlilik D) til orqalilik 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 1750 B) 2000 C) 1500 D) 2700 82 / 90 82. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 3000 B) 5000 C) 2500 D) 1500 83 / 90 83. G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) madrasa B) maqbara C) sardoba D) xonaqoh 84 / 90 84. Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. B) Abu Mansur al-Moturidiy. C) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. D) Mahmud az-Zamaxshariy 85 / 90 85. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Haydar B) Olimxon C) Nasrullo D) Shohmurod 86 / 90 86. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2016- yiul,15-yanvar B) 2016-yil, 11-fevral C) 2017-yil, 24-iuyn D) 2017-yil, 7-fevral 87 / 90 87. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Sharof Rashidov B) Rustam Saidov C) Inomjon Usmonxo‘jayev D) Rafiq Nishonov 88 / 90 88. Butun Sharqda parlament raisi bo‘lgan birinchi ayol kim? A) Benazir Bxutto B) Sayyora Rashidova C) Indra Gandi D) Yodgora Nasriddinova 89 / 90 89. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Qoratepa B) Dalvarzintepa C) Xolchayon D) Zartepa 90 / 90 90. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) B“Naqib” B) “Hojib” C) “Xatib” D) “Ustod” Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Blok testlar