7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 21, 2022Aprel 21, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Ushbu gapda olmoshlarning qaysi turi ishtirok etgan? A) gumon B) Kishilik C) o’zlik D) ko’rsatish 2 / 25 Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating. A) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat B) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik C) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik D) sevgiga sadoqat, vafodorlik 3 / 25 Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi? A) Ravshanning Zulxumorni sevishini bilardi B) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi C) manmanligi sababli Avazxon o'zini Hasanxondan ortiq hisoblardi D) Gulanor boshqa yigitni sevardi 4 / 25 Qaysi qatordagi gapni quyidagi gap bilan almashtirish mumkin? Hech bir yangilik to’siqlarsiz amalga oshmaydi. A) Musiqa har qanday kishi diliga orom beradi. B) Anor har qanday kasallikka davo. C) Har bir yangilikni amalga oshirishda to’siqlar bo’ladi. D) Yassaviy barcha yovuzliklar ildizini xudo bexabarlik, ma’rifatsizlik deb bilgan. 5 / 25 R.Hamzatovning «Ona tilim» she'rini o`zbek tiliga qaysi ijodkor tarjima qilgan? A) Cho'lpon B) Muhammad Ali C) Erkin Vohidov D) Shavkat Rahmon 6 / 25 Uvaysiyning kecha-yu kunduz o'g'lining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan? A) Vujudim dardga to'ldi... B) Uyimning ziynati, ko'z ravshani... C) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... D) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri... 7 / 25 Qaysi qatordagi ko'makchili birikma atalganlik ma'nosini ifodalayapti? A) Kelajak uchun poydevor, sog'lom avlod uchun sharoit. B) Sahna uchun asar, usta uchun ganch. C) Bajarish uchun mas'ul, kuyga solmoq. D) . Imkon qadar bajarmoq, soy bo'yidan yurmoq. 8 / 25 Zavqiy qaysi she’rida 46 rasta boyini hajv qilgan? A) « Ajab zamona » B) « Ajab ermas » C) «Qahatchilik » D) « Ahli rasta hajvi » 9 / 25 Qaysi olmoshlar kamtarlik, bajargan ishida o`zini ta`kidlamaslik ma’nosini ham bildiradi? A) siz B) ular C) barchasi ifodalaydi. D) biz 10 / 25 Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o`zbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa nima? A) uning dostonlari B) uning tarjima asarlari C) uning hikoyalari D) uning she’riyati. 11 / 25 “Ravshan” dostonining nasriy qismida ko`proq qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Tashbeh B) Mubolag`a C) Saj D) Ko`chim 12 / 25 Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xorodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan. A) Uchun, bilan B) To'g'risida, kabi C) Haqida, orqali. D) Qadar, singari. 13 / 25 Avaz O'tar devonining nomi? A) ,,Fidoiy xalqim,, B) ,, Maktab’’ C) ,,Til’’ D) ,,Saodat ul- iqbol’’ 14 / 25 Olmoshlarga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) So’z yoki so’z birikmalariga ishora qiladi B) Atash ma’nosiga ega bo’ladi C) Boshqa so’z, so’z birikmasi va gap o’rnida o’rnida almashinib qo’llanadi D) So’roq ma’nolarini ifodalaydi 15 / 25 «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Tog`lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) shoirning vatani Dog'istonga B) mavhum bir makon C) ilohiy maskan D) yer sayyorasi 16 / 25 Yorning quli emas, balki guli keladi. Ushbu gapda balki so’zi qanday vazifada kelgan? A) Modal so’z B) yuklama C) bog’lovchi vazifasida D) undov so’z 17 / 25 Mirmuhsinning qaysi asarlarida bolalar hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan? A) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar” B) “Ovchi bolalar”, “Jamila C) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” D) “Luqmon va O‘roqboy”, “Degrez o‘g‘li” 18 / 25 Olmoshlarning qaysi turiga –day, -dek qo’shimchasi qo’shilganda bitta n tovushi orttiriladi? A) ko’rsatish B) belgilash C) Kishilik D) o’zlik 19 / 25 “Gar bulbul yo’qotsa gulin, nolasin, Hasratin so’zlamasdan bo’lurmu?”. Turkman shoiri Maxtumquli ushbu misralarini nima munosabat bilan yozgan? A) Sevgilisi Menglixondan ayrilishi munosabati bilan B) Onasining o’limi munosabati bilan C) Vatanidan ayrilganligi munosabati bilan D) O’g’illarining o’limi munosabati bilan 20 / 25 Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi? A) bilan, singari, yarasha B) kabi, uchun, singari, sari C) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab D) -dek, yanglig‘, tomon, doir 21 / 25 Nima sababdan “birov” so’zi gumon olmoshi hisoblanadi? A) “Nimadir” so’zi bilan erkin almasha olgani uchun B) “Kimdir” so’zi bilan erkin almashina olgani uchun C) –ov qo’shimchasi mavjudligi uchun D) “birov” so’zi gumon olmoshi emas 22 / 25 Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?”Aziz tuprog’ingni ko’zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati ichaman qasam.” A) Mirtemir “Bu men tug’ilgan tuproq…” B) A.Muxtor “Tug’ilish” C) S.Zunnunova “Mening vatanim” D) Shuhrat “Mardlik afsonasi”balladasi” 23 / 25 Nima uchun Zulxumor uzukni ko`rganidan keyin Ravshanni qabul qildi? A) uzukning sehrliligini ko`rib B) uzuk ko`zida o`z qismatini ko`rib C) uzukning qimmatbaholigini ko`rib D) uzuk unga yoqib, unga erishish uchun 24 / 25 Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda? A) mustamlakachilik va istilo B) ichkilikbozlik va qimor C) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik D) ma'rifatsizlik, jaholat 25 / 25 Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping? A) paranji, qumg’on B) gavra beshik, belanchak C) arra, randa, qo’shish D) Olmosh, sifat, son, atoqli gap 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada